Yillarda pokiston va afg ‘oniston pokiston


Download 20.98 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi20.98 Kb.
#194745
1   2
Bog'liq
13-mavzu

Afg’oniston. SSSR tarqalib ketgandan so‘ng A fg ‘onistonda holat ancha ogirlashdi. 1992-yil aprel oyida Kobul shahriga mujohidlar otryadlari kirib keldi. Afg‘onistonda hokimiyatni Jihod kengashi deb atalgan guruh o‘z qo’liga oldi. Mamlakat nomi Afg‘oniston Islom Respublikasi deb o‘zgartirildi, barcha qonunlar bekor qilinib, shariat qoidalari joriy qilindi. Ammo mujohidlar o‘rtasida boshlangan kclishmovchilik yangi urush harakatlariga olib keldi, minglab kishilar halok boidi, elchixona va xalqaro missiyalar Afg‘onistonni tark etdi. 1994-yili mojaroga yangi siyosiy kuch — islom fundamentalislarining tolibonlar harakati qo’shildi.

Ularning yetakchisi mulla Umar A fg ‘onistonda fuqarolar urushini tugatib,

islomiy tartib o‘rnatishini eion qildi. Ular 1996-yil sentabrda Kobulni egallab, mamlakatni “Afg‘oniston Islom amirligi” deb eion qildi. Tolibonlar Afg’ onistonda qat’iy islomiy tartiblarni o‘rnata boshladi. Ayni paytda bu yerda turli xil terrorchilar qo‘nim topdi. Tolibonlar rejimi bilan hamkorlikni yoiga qo‘ygan xalqaro terrorchi Usoma bin Lodin ham Afg‘onistonga keldi. U terrorchilar tayyorlash uchun harbiy bazalar va lagerlar tizimini yaratdi. Tolibonlar rejimi Usoma bin Lodinni xalqaro sudga topshirishdan bosh tortgandan so‘ng BMT Xavfsizlik Kengashi (XK) Afg‘onistonga qarshi iqtisodiy sanksiyalar eion qildi.

Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishdan umidini uzgan mulla Umar islomgacha boigan barcha e’tiqod obyektlari, tarixiy yodgorliklarni yo‘q qilishga buyruq berdi. V asrga oid ikkita noyob yodgorlik — qoyaga o‘yib ishlangan Buddaning ulkan haykallari yo‘q qilindi. Musulmon bo‘lmagan aholining o‘z kiyimiga sariq belgi taqib yurishi haqida qabul qilingan dckret jahon jamoatchiligining g‘azabini kcltirdi. BMT XK tolibonlar hukumatiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish to‘g ‘risida yangi rezolutsiya qabul qildi. 2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda uyushtirilgan terrorchilik aktlari uchun javobgarlikni AQSH ma’muriyati ≪Al-Qoida≫ tashkiloti bilan Usoma bin Lodinga yukladi va terrorchilarning bazalarini bombardimon qildi. Tolibonlar qo‘shinlariga qarshi kuchlarning muvaffaqiyatli hujumlaridan so‘ng tolibonlar hukumati ag‘darilib, mamlakatga xalqaro harbiy kuchlar joylashtirildi. 2002-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan umumafg‘on Loyya Jirgasida Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi. Afg‘onistonga 5 mlrd dollar xalqaro yordam ajratildi. Biroq, mamlakat iehkarisida terrorchilik harakatlari davom etdi.

2003-yili Afg‘onistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakat ≪Afg‘oniston Islom Respublikasi≫ nomini oldi. Yangi konstitutsiya mamlakatda prezidentlik boshqaruvini o‘rnatdi, ikki palatali parlament, mustaqil sud tizimi tuzilishini ko‘zda tutdi, shuningdek, fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini e’lon qildi. Konstitutsiya kichik millatlarning huquqlarini kafolatladi, barchaning, jumladan, erkak va ayollarning qonun oldida tengligini va e’tiqod erkinligini o‘rnatdi. Konstitutsiya saylovlar va siyosiy partiyalar tuzish

uchun yo‘l ochib berdi. 2004-yil bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi. 2005-yil sentabrda o‘tkazilgan parlament saylovlarida islom dini tarafdorlari bo‘lgan partiyalar katta ta’sirga

ega bo‘ldi va umuman parlament muxolifat xarakterida edi. Shu davrda mamlakatning asosiy muammo-laridan biri narkotik savdosi bilan bogiiq edi. BMT axborotiga ko‘ra, 2005-yili dunyodagi narkotik savdosining 87%i Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. 2007-yildan narkotik savdosi susaya bordi, ammo 2017-yili yana keskin o‘sdi. H. Karzay hukumatining inavjud muammolarni

yechishga ojizligi jahon hamjamiyatini Afg‘onistonga yordamni kuchaytirishga,

mamlakatni tiklashda faol ishtirok etishga undadi. Shuningdek, ta’lim tizimini kengaytirish, ijtimoiy masalalarni hal etish va qashshoqlikka qarshi kurash, transport va energetika infratizimini modernizatsiya qilish rejalashtirildi. 2014-yili bo‘lib o4gan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida Muhammad Ashraf G ‘ani Afg‘oniston prezidenti, Abdulla Abdulla esa hukumat raisi lavozimlarini egalladi. Ammo Afg‘onistonda hamon mustahkam tinchlik o‘rnatilgani yo‘q.

2016 — 2017-yillari bir qator terrorchilik harakatlari amalga oshirilib, oqibatda obnlab kishilar halok boidi, yuzlab kishilar jabrlandi. Afglonistonning sobiq prezidenti Homid Karzay bayonot berib, mamlakatdagi beqaror ahvolning sababi sifatida mintaqada AQSH olib borayotgan siyosatni ko’rsatdi va AQSH hukumatini o‘z xatolarini tan olishga chaqirdi.


Uyga vazifa
Loyya jirgasi —

Afg‘oniston siyosiy xaritasi bilan tanishing va tarixiy voqeliklar bilan bog‘liqlikda sharh yozing.


I. Pokistonda P.Musharrafning qanday siyosati uning iste’fosiga sabab bo‘ldi?

2. Pokistonda iqtisodiyotning qaysi sohalari yaxshi rivojlangan?



3. Zamonaviy Afg‘onistonning asosiy muammolari nimalardan iborat?
Download 20.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling