Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda milliy huquq tizimining o’rni


Download 1.28 Mb.
bet81/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda milliy huquq tizimining o’rni


Inson huquqlari masalasi davlatning faqat ichki masalasi bo’lmasdan, xalqaro ahamiyatga ega. Inson huquqlarini ta’minlashda xalqaro tashkilotlar, ular tomonidan qabul qilingan hujjatlar alohida rolь o’ynaydi.
Lekin har bir shaxs, inson asosan biror bir mamlakat hududida yashaydi va ko’pincha ma’lum mamlakatning fuqarosi hisoblanadi. SHuning uchun alohida shaxslar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda davlat markaziy o’rinda turadi.
Davlat buning uchun eng avvalo insonlarning huqiqini ta’minlovchi huquq tizimini yaratadi. Ya’ni ichki huquqlarini ta’minlovchi huquq tizimi, milliy huquq tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlovchi milliy huquq tizimida O’zbekiston Konstitutsiyasi alohida o’rin tutadi.
Konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari mustahkamlanadi, ularni ta’minlash yo’llari belgilanadi.
Mamlakatimizning inson huquqlarini ta’minlovchi qonunlari qatoriga “Fuqarolik to’g’risida”, “Saylov to’g’risida”gi barcha qonunlar, “Mehnat kodeksi”, “Ta’lim to’g’risida”, “Ijtimoiy ta’minot to’g’risida” va ko’plab boshqa qonunlarni ko’rsatish mumkin.
Ular Konstitutsiyada qayd qilingan inson va fuqarolarning huquqlarini ta’minlash mexanizmlarini ham yaratgan.
Huquq va erkinliklarni davlat tomonidan ta’minlanishi


Davlatning asosiy vazifasi huquq va erkinliklarni belgilab ko’yish bilan cheklanmaydi. Bu masalada muhimi huquq va erkinliklarni davlat tomonidan ta’minlashdir. Bu borada davlat o’z zimmasiga katta mas’uliyat oladi.
Davlatga baho berishda, mamlakat qonunlarida huquq va erkinliklarni belgilab qo’yilishi holatidan tashqari, ularni amalga oshishi uchun qanday imkoniyatlar yaratib berganligi e’tiborga olinadi.
Ayrim huquq va erkinlarni belgilash davlatning ixtiyori bo’lsa, ayrim huquqlarni ta’minlash uning to’g’ridan-to’g’ri majburiyati hisoblanadi. Masalan yashash huquqini, daxlsizlik erkinligini va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Davlatning fuqarolarning huquq va erkinlarini ta’minlash vazifasi (majburiyati) Konstitutsiyada belgilangan bo’lib, 43-moddada “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinlarini ta’minlaydi” deb qayd qilingan. Bu borada davlat tegishli va yetarli vakolatlarga ega.
Davlat tomonidan huquq va erkinliklarni ta’minlovchi qonunchilikni yaratilishi; huquq va erkinliklarni ta’minlovchi organlar tizimini o’rnatilishi huquq va erkinliklarni ta’minlashga qaratilgan faoliyatdir. Barcha hokimiyat tarmoqlaridagi davlat organlarida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash vazifasi va vakolati mavjud.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini davlat tomonidan ta’minlashni amalga oshirish tizimida O’zbekiston Prezidenti alohida rolь o’ynaydi. CHunki u fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining kafili ekanligi Konstitutsiyaning 93-modda 1-bandida belgilangan. Bu bilan Prezidentga juda katta mas’uliyati yuklangan. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini davlat tomonidan ta’minlanishini, ko’plab huquqini muhofaza qiluvchi organlar amalga oshiradi. Bular Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura va boshqalardir. Bu organlar fuqarolar huquqlarini ta’minlashda maxsus tuzulmalari faoliyatiga tayanadi. Adliya vazirligining “Inson huquqlarini himoya qilish”, “Tadbirkorlarni huquqlarini himoya qilish” va boshqa boshqarmalari bevosita inson huquqlarini ta’minlash vazifasini bajaradi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling