Davlat inson uchun tamoyili – demokratik islohotlar mezoni


Download 0.9 Mb.
Sana16.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1778119
Bog'liq
Davlat inson uchun tamoyili – demokratik islohotlar mezoni


Davlat inson uchun tamoyili – demokratik islohotlar mezoni

Milliy taraqqiyotning yangi islohotlar bosqichida xalqchil O‘zbekistonni barpo etish jarayonida inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan asosiy masalaga aylandi. Ma’lumki, har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotida inson huquqlari masalasi demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisi hisoblanadi.


Bugungi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan inson huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Shunday qadamlardan biri, Prezidentimizning 2020 yil
22 iyunda “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvarda qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga binoan mamlakatimizda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Bunda:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish;
inson kapitalini rivojlantirish;
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish kabi dolzarb vazifalar ko‘zda tutilgan.
Inson huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yangi pog‘onaga ko‘tarish maqsadida mamlakatimizda sud-huquq sohasini demokratlashtirish, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi tamoyillarini hayotga tatbiq etish, insonparvarlik, adolat, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, sud protsessida tortishuvchilik, “Xabeas korpus” institutini kengaytirish, tergov olib borishda sud nazoratini kuchaytirish kabi jihatlarni inobatga olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bo‘lib o‘tgan “Xalqparvar davlat barpo etish, inson qadrini ulug‘lash taraqqiyotimizning bosh mezoni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida shu haqda so‘z bordi.
Konferensiyada Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov “Xalqparvar davlat barpo etishning nazariy va amaliy muammolari”, akademik Saidahror G‘ulomov “Inson kapitalini rivojlantirishning dolzarb masalalari”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qo‘mitasi raisi Shuhrat Bafoev “Davlat – inson uchun tamoyili ijrosini ta’minlashning ilmiy-amaliy jihatlari”, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Aliya Yunusova “Bolalar huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari”, Jamoat xavfsizligi universiteti professori Muhammadi Usmonov “Yoshlar huquqini himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzularida ma’ruza qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasi
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Avvalo, barchangizni, butun xalqimizni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yillik bayrami bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Hurmatli doʻstlar!
Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, oʻz xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega boʻlgan mamlakat oʻzi belgilagan yuksak marralardan hech qachon ogʻishmasdan, doimo oldinga qarab boradi.
Tarixga nazar solsak, asrlar davomida shakllangan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida Konstitutsiya shakliga kelganini koʻramiz.
Konstitutsiya bashariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega boʻlish, taʼlim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, soʻz hamda eʼtiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga koʻtardi.
Mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyamiz shaxs, jamiyat va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda oʻzaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berdi.
Bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini eʼtirof etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi.
Aynan shu sababli Konstitutsiyamizni ehtirom bilan ulugʻlashimiz, har tomonlama oʻrganishimiz, unga izchil amal qilishimiz, Asosiy qonunimizda mujassam boʻlgan ajdodlarimizning buyuk merosi va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz qalbiga singdirishimiz zarur.
Hurmatli yurtdoshlar!
Sohibqiron Amir Temur bobomiz “Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yoʻqoladi”, deb taʼkidlagan edilar. Shu nuqtayi nazardan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash biz bunyod etayotgan demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni hisoblanadi.
Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi taʼminlanishi bilan bevosita bogʻliq.
Qonun ustuvorligi – bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq boʻlishi shart, deganidir.
Shu boisdan ham barcha boʻgʻindagi kadrlar, u xoh vazir, hokim yoki oddiy fuqaro boʻlsin, Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini toʻgʻri tashkil etishi hamda birinchi navbatda bu qoidalarga butun jamiyat aʼzolari qatʼiy amal qilishi shart boʻlgan muhit yaratishimiz zarur.
“Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – farovon hayot garovi” degan tushuncha fuqarolarimizning ongi va qalbida chuqur oʻrin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi uchun quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratish lozim, deb hisoblayman.
Birinchidan, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, tizimli muammolarni oldindan koʻra bilish, qonun buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan tizimni shakllantirish ayniqsa dolzarbdir. Afsuski, ushbu talablar bizda hali toʻliq bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz.
Shu yilning oʻzida 70 dan ortiq qonun, 350 dan ziyod Prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Bu qonun hujjatlari kim uchun va nima maqsadda qabul qilinmoqda?
Albatta, xalqimiz farovonligi uchun.
Masalan, iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishning muhim sharti boʻlgan “Davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilganimizga 7 oy boʻldi. Koʻpdan buyon kutilgan, hayotning oʻzi talab etayotgan bu qonun loyihasi ustida biz uzoq vaqt ishladik.

Ushbu hujjat fuqarolarning davlat va jamiyat vazifalarini bajarishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishning taʼsirchan mexanizmidir.


Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – farovon hayot garovi” degan tushuncha fuqarolarimizning ongi va qalbida chuqur oʻrin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi uchun quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratish lozim, deb hisoblayman.
Birinchidan, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, tizimli muammolarni oldindan koʻra bilish, qonun buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan tizimni shakllantirish ayniqsa dolzarbdir. Afsuski, ushbu talablar bizda hali toʻliq bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz.
Shu yilning oʻzida 70 dan ortiq qonun, 350 dan ziyod Prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Bu qonun hujjatlari kim uchun va nima maqsadda qabul qilinmoqda?
Albatta, xalqimiz farovonligi uchun.
Masalan, iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishning muhim sharti boʻlgan “Davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilganimizga 7 oy boʻldi. Koʻpdan buyon kutilgan, hayotning oʻzi talab etayotgan bu qonun loyihasi ustida biz uzoq vaqt ishladik. Ushbu hujjat fuqarolarning davlat va jamiyat vazifalarini bajarishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishning taʼsirchan mexanizmidir.
Hozirgi vaqtda ayrim tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik boʻyicha loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Ammo sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport, yoʻl qurilishi, kommunal xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda, aksariyat hududlarda hali bu borada tashabbus umuman sezilmayapti.
Vazir yoki hokim qonunning mazmun-mohiyatini tushunmasa, anglab yetmasa, uni hayotga tatbiq etishda jonbozlik koʻrsatmasa, islohotlarimizning oldinga yurishi, odamlarda tashabbus uygʻotish qiyin boʻladi.
Hududlardagi ekin maydonlarida ruxsatnomasiz, oʻzboshimchalik bilan qurilish qilish, bino-inshootlarni betartib buzish kabi noxush holatlar qonunlar ijrosini nazorat qilish ishlari oqsayotganidan dalolat beradi. Shu bois Parlament, Hukumat va Oliy sud qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini taʼminlashning samarali mexanizmlarini qoʻllashi zarur.
Bu borada kadrlarni oʻqitish va malakasini oshirishga, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazishga, qonunlarni bilish va qoʻllash boʻyicha mutasaddi rahbarlar faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqishga birinchi darajali eʼtibor qaratish lozim.
Buyuk yunon olimi Aflotun shunday degan edi: “Xalq qonunlarga ehtiyoj sezib, ularni puxta oʻrgansa, bu faqat uning oʻziga foyda keltiradi. Aks holda qonundan koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmaydi”.
Haqiqatan ham, xalqimiz qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qonun ustuvorligini taʼminlash qiyin boʻladi.
Bugun jamoatchiligimiz tom maʼnoda uygʻondi, endi turli lavozimdagi shaxslarning xatti-harakatlariga odamlarimiz bevosita baho berib, oʻz fikrini erkin ifoda etishga oʻrganmoqda.
Yakunlanayotgan yilda Davlat byudjeti ilk bor keng muhokama etilib, ochiqlik va oshkoralik ruhida qabul qilindi. Unda turli vazirlik va idoralar har bir soʻmni nimaga va qanday xarajat qilishi aniq koʻrsatib berildi.
Fuqarolarimiz va deputatlarimiz bildirgan fikrlar asosida maktablarga mebel va kompyuterlar xarid qilish uchun byudjet xarajatlarini qisqartirish hisobidan 50 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratildi. Bunday ijobiy holat bizning tajribamizda birinchi marta yuz berayotganini alohida qayd etish lozim.
Yoki koʻpchiligingiz xabardorsiz, keyingi paytda joylarda daraxtlarni ommaviy ravishda kesish kuchayib ketgan edi. Bu odamlarning noroziligiga sabab boʻldi. Shuning uchun yaqinda daraxtlarni sababsiz kesishga qarshi moratoriy eʼlon qilindi. Bu ham jamoatchilik fikri qanday kuchli taʼsirga ega ekaniga misol boʻla oladi.
Bularning bari odamlarimizning ijtimoiy jarayonlarga nisbatan masʼuliyat va daxldorlik hissi oshib borayotganini koʻrsatadi.
Ayni vaqtda jamoatchilik nazorati “bir tomonlama vosita”ga aylanib qolmasligi kerak.
Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki oʻzlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis koʻrib chiqishlari lozim. Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini oʻzgartirish, qurilish va obodonchilikka oid qarorlar, dastlab oʻsha hududdagi aholi oʻrtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazilishi shart.
Yana bir masalaga diqqatingizni jalb qilmoqchiman.
Konstitutsiyaga asosan sudlar oʻz faoliyatida mustaqil, lekin ularning chinakam nazoratchisi xalq boʻlishi kerak.
Sudlar va tergov idoralari biron-bir ish yuzasidan chiqarilgan qaror boʻyicha fuqarolarning jamoaviy murojaatlariga tushuntirish va huquqiy izohlar berishi zarur.
Shuni aniq tushunib olish lozimki, jamoatchilik nazorati – bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning oʻzini oʻzi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.
Shuning uchun Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kelgusi yilda har bir soha va tarmoq boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning taʼsirchan tizimini yaratishga bosh-qosh boʻlishi va tashabbus koʻrsatishi lozim.
Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling