Davlat iqtisodiyot


Download 51.36 Kb.
bet1/15
Sana10.02.2023
Hajmi51.36 Kb.
#1186853
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Nazarova G mo-53

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI KORPORATIV BOSHQARUV FAKULTETI
Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi



Ro’yxatga olindi” “Korporativ boshqaruv” fakulteti


Ro’yxatga olindi” “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi






_
2023yil
_
2023yil

“Xalqaro menejment va inson resurslarini boshqarish” fanidan “ Alibaba group” mavzusidagi


Kurs ishi


BAJARDI: 5231100 – “Jahon
iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta’lim yo’nalishining 4-kurs, MO-53-guruhi talabasi
Sodiqova Gulobar
ILMIY RAHBAR: “Jahon
iqtisodiyoti” kafedrasi o`qituvchisi





Kirish.


Mundarija:


  1. Alibaba groupning tarixiy taraqqiyot yo`li va rivojlanishi.

  2. Kompaniyaning jahon bozoriga o`z mahsulotini olib kirish va marketing strategiyasi.

  3. Kompaniyaning SWOT tahlili.

  4. Kompaniying kelajakdagi istiqbol rejalari

  5. Alibabaning O’zbekistonda tutgan o’rni

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham, davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Internet dastlab onlayn-vitrina kabi, keyinroq esa onlayn-magazin rolida oflayn-biznesga qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqilgan vaqtlar o‘tib ketdi. Hayot sahnasiga yangi avlodlar – internet tarmog‘ida 19 «yashaydigan» yoshlar kiqib kelishi biznesning onlayn («raqamli») bo‘lishga olib keldi. Insoniyat global o‘zgarishlar davriga qadam qo‘ydi. Yaqin vaqtlardainson hayot faoliyatining asosiy sohalari – iqtisodiyot va boshqaruv, fan va havfsizlik bo’lgan bo’lsa, endi yangicha shakl va mazmunga ega bo‘la boshladi. Insoniyat o‘zgacha bo‘lib qoldi, bu esa ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelayapti. Raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib borishni davom ettirishi – kelajak dunyosiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir.
Hozirgi zamonda ijtimoiy saytlar orqali sotuvlarni yo’lgan qoyish ham katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi va olingan boshlang’ich natijalar barcha bashoratlardan ham katta bo’lib chiqdi. Chunki, masalan, Instagram ning bir haftada milliarddan ortiq faol foydalanuvchilari mavjud. Flurry ma’lumotlariga ko’ra, rivojlangan mamlakatlarda o’rtacha hisobda har bir katta yoshli inson internetda kuniga besh soat atrofida ishlaydi va ularning yarmi ijtimoiy saytlarda, messenjerlarda va qiziqazli kanallarda vaqtini o’tkazadi. Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu foydalanuvchilarning 18% dan ortig’i ijtimoiy saytlarda nimalardir sotib olishgan. Kelajakda bunday sotuvlar hajmi yanada ko’payib boradi hamda foydalanuvchilar tajribasi ortadi.
Oxirgi besh yilda internet foydalanuvchilari soni 29% dan 39% gacha ortdi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni esa 53% dan 64% gacha ortdi. Bu ma’lumotlar internetdan foydalanish ko’pchilik mamlakatlardagi insonlar uchun oddiy bir xolat bo’lib qolganini ko’rsatadi. Yoshlar va bolalar esa qandaydir darajada raqamli qurilmalar va ijtimoiy saytlarga bog’lik bo’lib xam qoldilar. Raqamli texnologiyalarning misli ko’rilmagan imkoniyatlari tufayli ko’pchilik tashkilot va korxonalar raqamli muxitga ulanib, mijozlar bilan onlayn muloqot qilgan xolda o’z bizneslarini elektron usulda tashkil etmoqdalar. Turli darajalardagi faoliyat turlarining integratsiyasi yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib, konkret biznes modellarning rentabelliligini oshirayapti. Xuddi shuning uchun xam ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat turlarini raqamlashtirish avvalgidan xam ko’ra ko’proq dolzarb bo’lib bormoqda. Chunki bu amal iste’molchilarning afzalliklaridan tortib, to yangi biznes modellargacha bo’lgan jaxon iqtisodiyotining bir qancha aspektlarini o’zgartirib yuboradi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy munosabatlarnig tubdan o’zgarishiga va raqamli iqtisodiyot tushunchasining paydo bulishiga olib keladi. O’tgan asrning 90 yillari
Xitoydagi eng yirik kompaniyalardan biri – Alibaba Group ning asoschisi va direktorlar kengashi raisi Djek Maning ta’kidlashicha, «Taxminan 30 yillardan so’ng, biznesning 80% dan ortigi internet orqali amalga oshiriladi . . . . Agar bu paytga kelib, ertangi kun uchun qandaydir yechimingiz bo’lmasa, bu yechim kimdadir albatta bo’ladi». Xaqiqatan xam, bugungi kunda informatsion va kommunikatsion texnologtyalar xayotimizning barcha soxalariga shiddat bilan kirib kelmoqda. Insonning kundalik xayotini ancha yengillashtiradigan va ma’lumot uzatilishini xamda uning qayta ishlanishini tezlashtiradigan texnologiyalarning va internetning bunday tezkorlik bilan rivojlanishi industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o’tishining o’ziga xos katalizatori sifatida namoyon bo’la boshladi.

Download 51.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling