Davlat kadastrlari


Mustaqil o‟rganish uchun savollar


Download 3.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/89
Sana07.11.2023
Hajmi3.72 Mb.
#1753439
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
Bog'liq
Davlat kadastrlari

Mustaqil o‟rganish uchun savollar: 
1. Avstriyada nechanchi yildan kadastr ishlari yuritila boshladi? 
2. Buyuk Britaniyada davlat kadastrlarini yaratish va yuritish? 
3. Rossiya 
Federatsiyasida 
ko‗chmas 
mulk 
ob‘ektlarini 
texnik 
inventarizatsiyalash va davlat hisobini olib borish nechta tashkilot (organ)lar orqali 
amalga oshiriladi? 
4. Fransiyada kadastr ishlari qanday yuritiladi? 
5. AQSH da mulkni boshqa shaxsga o‗tkazish qaysi bosqichlarda amalga 
oshiriladi? 
6. Shvetsariya davlatida kadastr ishlarini qaysi organlar yuritadi? 
1.3 
O„zbekiston Respublikasida davlat kadastrlarini 
yaratish va yuritish 
 Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni. Tarmoqlar davlat 
kadastrlari davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi, hamda 
u tabiiy, xo‗jalik ob‘ekti yoki boshqa ob‘ekt muayyan turining geografik 


24 
joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‗g‗risidagi 
yangilanib turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo‗ladi. 
Kadastr tushunchasining zamonaviy ta‘rifi sifatida aytish mumkinki, kadastr 
- mamlakatimiz hududidagi tabiiy resurslar va inson yaratgan moddiy va ma‘naviy 
boyliklarning 
joriy 
holatiga 
oid 
ma‘lumotlarni yig‗ish, saqlash va 
foydalanuvchilarga havola qilish tizimidir. 
Tabiiy va moddiy boyliklar bir qancha turlarga bo‗linganligi uchun 
mutanosib ravishda davlat kadastrlari tizimi ham bir qancha tarmoq kadastrlarini 
o‗z ichiga oladi. Masalan, yer kadastri, energetika resurslari kadastri, hayvonot 
olami kadastri, temir yo‗llar kadastri, bino va inshootlar kadastri, suv resurslari 
kadastri, o‗rmon kadastri, arxitektura yodgorliklari va tarixiy obidalar kadastri, 
aloqa kadastri va h.k. Mamlakat hududidagi har qanday boylik yoki yer ostida, 
yoki yer ustida joylashganligi tufayli mazkur kadastrlar ichida yer kadastri alohida 
o‗rin tutadi. 
Xalq 
xo‗jaligining barcha tarmoqlarida o‗tkazilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning rivojlanishini hisobga olib, tabiiy va xo‗jalik resurslaridan oqilona 
foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni boshqarish tizimini takomillashtirish, 
hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini majmuaviy tahlil qilish va baholash eng 
zarur masalalardan biri hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy elementlaridan hisoblangan kadastr tizimi 
O‗zbekiston Respublikasi rivojlanishining asosiy tamoyillariga va mazmuniga to‗la 
muvofiq 
keladi, 
bugungi 
kunda 
iqtisodiy 
sohalardagi 
islohotlarni 
chuqurlashtirishda muhim rol o‗ynaydi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan 2000- yil 15-dekabrda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining 
―Davlat kadastri to‗g‗risida‖gi qonuni mazmuni va mohiyati bilan mamlakatimizda 
Davlat kadastrlarini yaratish va yuritish tomoiyllarini to‗liq belgilab berdi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005- yil 16- fevralda 
qabul qilingan ―Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi 
to‗g‗risida Nizomni tasdiqlash haqida‖gi 66-sonli qarori asosida respublikamizda 
21 ta davlat tarmoq kadastrlarini yaratish va yuritish bo‗yicha tegishli vazirliklar, 


25 
davlat qo‗mitalari va idoralar mas‘ul etib tayinlangan. Davlat kadastrlari yagona 
tizimi (DKYT) davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi ko‗p maqsadli 
axborot tizimi bo‗lib uni yuritish ―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasi zimmasiga 
yuklatilgan.
―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasi o‗z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni 
bajarishda vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati 
organlarini davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va 
davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi. Davlat kadastrlarining yagona tizimi 
yuritish metodologiyasini, ilmiy prinsiplarini va konsepsiyalarini ishlab chiqish 
davlat kadastrini yurituvchi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‗mitalari va idoralar 
tomonidan belgilangan bo‗lib bugungi kunda davlat kadastrlarini yaratish va 
yuritish 
borasida 
to‗laqonli normativ-huquqiy baza shakllantirildi va 
hukumatimizning tegishli qarorlari bilan davlat kadastrlarini yuritish va yaratish 
to‗g‗risida nizomlar tasdiqlanib ishga tushirildi.
Hozirgi paytda davlat kadastrlari; yer, konlar, foydali qazilmalar va 
texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri; davlat suv kadastri; 
davlat o‗rmon kadastri; qo‗riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri; binolar va 
inshootlar davlat kadastri; gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; madaniy meros 
ob‘ektlari davlat kadastri; avtomobil yo‗llari davlat kadastri; temir yo‗llar davlat 
kadastri; aloqa ob‘ektlari davlat kadastri; energetika ob‘ektlari davlat kadastri; 
chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; tabiiy xavf 
yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri (xavfli geologik jarayonlar bo‗limi) 
kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo‗yicha tematik qatlam ko‗rinishidagi 
ma‘lumotlar DKYT markaziy ma‘lumotlar bazasiga kirtib kelinmoqda. 
Bugungi kunda Davlat kadastrlari ma‘lumotlari asosida geografik axborot 
tizimi qatlamlari yaratilmoqda. Bu o‗rinda davlat er kadastri ma‘lumotlari alohida 
muhim ahamiyatga ega. Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy maqsadi – 
iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo‗lgan huquqlarning kafolatlarini 
ta‘minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish uchun kadastr 
ma‘lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat. 


26 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida 
joylashgan yer uchastkalari bo‗yicha kadastr hujjatlari tayyorlanib, yuridik va 
jismoniy shaxlarni yer uchastkasiga tegishli bo‗lgan huquqlari davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazilmoqda, shu bilan birgalikda yerdan foydalanuvchilar kesimida tuman, 
shahar hokimliklarning tasdiqlangan qarorlari asosida yer hisoboti tayyorlanib, 
viloyatda umumlashtirilgan holda ―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasiga har yil 
yakuni bo‗yicha 1- yanvar holatiga taqdim etilib borilmoqda. 
Hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxslarni yer uchastkasiga bo‗lgan
huquqlari davlat ro‗yxatidan o‗tkazilib, ro‗yxatga o‗tkazish jarayonidagi 
ma‘lumotlar Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar (tuman va shaharlar 
kesimida) va Toshkent shahri bo‗yicha navbatchi elektron xaritalarga 
kiritilmoqda. Bugungi kunda barcha tuman, shahar yer tuzish va ko‗chmas mulk 
kadastr xizmatlari qishloq xo‗jaligi ekinlarini tezkor va aniq o‗lchovini o‗tkazish, 
topogeodeziya ishlarining sifatini oshirish maqsadida eng zamonaviy 160 ta 
komplekt yo‗ldosh tizimli geodezik asbob-uskunalar hamda ularga tegishli dasturiy 
ta‘minotlar, zamonaviy kompyuterlar, shuningdek yagona dasturiy tizimni joriy 
qilish maqsadida viloyat boshqarmalari hamda tuman bo‗limlari ArcGIS dasturiy 
ta‘minoti bilan ta‘minlangan.
Davlat yer kadastri ma‘lumotlari har bir yuridik va jismoniy shaxslarga 
tegishli yer uchastkalariga bo‗lgan huquqlari belgilangan tartibda tuman va 
shaharlarda davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgandan so‗ng, joylarda ma‘lumotlar bazasi 
yaratilmoqda va koordinatlar sistemasida jadval shaklida davlat kadastrlari yagona 
tizimi ma‘lumotlar bazasiga kiritib borilmoqda. Hukumatimiz tomonidan keyingi 
yillarda qabul qilingan qarorlarga muvofiq, hozirgi paytda, ko‗chmas mulkka 
bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishning kompyuterlashtirilgan yagona 
milliy tizimini yaratish bo‗yicha, ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajakda ko‗chmas 
mulk to‗g‗risida atributiv va grafik ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan yagona 
ma‘lumotlar banki yaratilishi ko‗zda tutilmoqda. 
Yuridik va jismoniy shaxslar ko‗chmas mulk ob‘ektlariga kadastr yig‗ma 
jildini tayyorlash uchun o‗zlarining tanlovlariga ko‗ra telekommunikatsiya 


27 
kanallari bo‗yicha elektron raqamli imzoni qo‗llagan holda elektron hujjat 
ko‗rinishida arizalarini O‗zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasining Interaktiv davlat xizmatlari 
yagona portali va axborot resursi orqali elektron shaklda jo‗natishlarini yo‗lga 
qo‗yish ko‗zda tutilmoqda. 
Bu yo‗nalishda ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni elektron tarzda qabul 
qilish va ularga ishlov berish tizimi axborot tizimlari kompleksi, shuningdek aloqa 
kanallari va axborotni uzatish va qabul qilishning axborot xavfsizligi ta‘minlangan 
dasturiy - apparat vositalari, olingan axborotga ishlov berish, uni saqlashning 
dasturiy-apparat vositalari dasturlari ishlab chiqilmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014- yil 7- 
yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Ko‗chmas mulkka bo‗lgan 
huquqlarni va u haqida tuzilgan bitimlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish tartibi 
to‗g‗risida nizom‖ga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga, 
binolar va inshootlarga (shu jumladan yer osti inshootlariga), ko‗p yillik dov-
daraxtlarga bo‗lgan huquqlarini, shuningdek ipotekani hamda binolar va inshootlar 
va yer uchastkalariga bo‗lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‗g‗risidagi 
shartnomalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‗llab, «bir oyna» 
tamoyili bo‗yicha davlat ro‗yxatidan o‗tkazish tartibi joriy etilmoqda.
Hukumat qaroriga muvofiq, hozirgi paytda, ko‗chmas mulkka bo‗lgan 
huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishning kompyuterlashtirilgan yagona milliy 
tizimini yaratish bo‗yicha, yetakchi horij mamlakatlar tajribasini hisobga olgan 
holda ―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasi tomonidan «Davlat investitsiya dasturi» 
amalga oshirilmoqda. 
Kelajakda ko‗chmas mulk to‗g‗risida atributiv va grafik ma‘lumotlarni o‗z 
ichiga olgan yagona ma‘lumotlar banki yaratilishi ko‗zda tutilyapti. 

Download 3.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling