Yoqilg‘i-energetika resurslari


Download 107.63 Kb.
bet1/3
Sana19.10.2023
Hajmi107.63 Kb.
#1710002
  1   2   3
Bog'liq
Yoqilg


Yoqilg‘i-energetika resurslari

Reja:


  1. Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari

  2. Shartli yoqiIg‘i

  3. 0‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasining tavsiflari



  1. Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari.

YoqiIg‘i-energetika resurslari (YOER) - bu material obyekt bo‘Iib, unda inson tomonidan amaliy foydalanishga yaroqli energiya to‘plangan.
Energetika resursi deb - tabiiy yoki sun’iy faollashgan har qanday energiya manbaiga aytiladi. Energiya resurslari – hozirgi vaqtda ishlatilayotgan yoki kelajakda ishlatilishi mumkin bo’lgan energiya tashuvchilardir.
Tabiiy resurslarni, shu jumladan, energetika resurslarini, o‘rganishda ularning ilmiy tasnifi, ya’ni xomashyo, obyektlar va tabiiy muhit hodisalar yig‘indisini funksional muhimlik belgilari bo‘yicha ajratish kerak.
Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri - bu tugallanish belgisi bo’lib , unga muvofiq energetika resurslari tugallanadigan va tugallanm aydiganlarga bo‘linadi (1.1-rasm ). 0‘z navbatida tugallanadigan energetika resurslari tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo‘lishi mumkin. Tiklanuvchi energetika resurslariga tabiat (yer, o‘simliklar, hayvonlar va h.k.) tomonidan tiklanadigan resurslar kiradi, tiklanmaydigan energetika resurslariga — ilgari tabiatda to‘plangan lekin, yangi geologik sharoitlarda hosil bo‘lmaydigan resurslar (neft, k o ‘mir va boshqa yer osti zaxiralari) kiradi. Tugallanmaydigan energetika resurslariga kosmik, iqlimiy, suv resurslari kiradi.
Energiya resurslarining barcha turlaridan quyosh energiyasi muhim ahamiyatga ega. Energiya resurslarining barcha turlari quyosh energiyasini tabiiy o ‘zgartirish natijasidir. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog‘ jinslari va 0‘tinlar - bu o‘simliklar tomonidan olingan va o‘zgartirilgan quyoshning nurli energiyasi zaxiralaridir. Surat sintezi (fotosintez) reaksiyasi jarayonida atrof- muhitning noorganik elementlaridan, ya’ni suv (H20 ) va karbonat angidrid gazi C02 lardan quyosh nuri ta’sirida o‘simliklarda asosiy elementi uglerod(C) boigan organik modda hosil bo‘ladi.
Million yillar o‘tgandan so‘ng, ma’lum geologik davrda, bosim va harorat rejimi ta’sirida qotib qolgan o‘simliklardan asosini oldin o‘simliklarda yig’ilgan uglerod tashkil etadigan organik energetik resurslar hosil bo‘ ladi va bu yerga tushayotgan quyosh energiyasining aniq miqdori natijasida amalga oshadi. Suv energiyasi ham suvni bug‘lantiradigan va bug‘ni atmosferaning yuqori qatlam lariga ko‘taradigan quyosh energiyasi hisobiga hosil bo‘ladi.



Download 107.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling