Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish shartnomasi 663979/123-23 son


Download 20.45 Kb.
bet1/6
Sana14.05.2023
Hajmi20.45 Kb.
#1460512
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish


Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish
SHARTNOMASI
663979/123-23 - son

02.05.2023 yil.Farg`ona viloyati.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlar markazining Farg`ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Eshonov Eliyorjon Bakirjonovich (keyingi o‘rinlarda “Ijaraga beruvchi” deb yuritiluvchi) bir tomondan, AXMEDOVA SHOIRA MAKSIMOVNA nomidan ish yurituvchi __________ (keyingi o‘rinlarda “Ijaraga oluvchi” deb yuritiluvchi) ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
I. SHARTNOMANING PREDMETI
1.1. Ushbu shartnomaga muvofiq “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga vaqtincha foydalanishi uchun Qo'qon shahar axborot-kutubxona markazi (keyingi o‘rinlarda “Balansda saqlovchi” deb yuritiluvchi) balansidagi, Farg`ona viloyati, Qo`qon shahri, Turon ko'chasi 7-uy manzilida joylashgan Qo`qon shahar axborot-kutubxona markazining bo`sh turgan binosi (ijaraga) (keyingi o‘rinlarda “obyekt” deb yuritiladi) ijaraga beriladigan obyekt maydonining 151.46 kv.m ni ijaraga beradi.
1.2. “Obyekt” 60 oygacha muddatga ijaraga beriladi.
1.3. “Ijaraga oluvchi” “obyekt”dan foydalangani uchun “Ijaraga beruvchi”ga shartnomaning qo‘shimcha kelishuvi 2-ilovasida belgilanadigan muddatlar va miqdorlarda ijara haqi to‘lovini ta’minlaydi.
1.4. “Obyekt” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlari, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida xususiylashtirilgan taqdirda, mazkur shartnoma “obyekt” xususiylashtirilgan kundan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi.
II. SHARTNOMANING KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISHI
2.1. Bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tuzilgan shartnoma “Ijaraga beruvchi” tomonidan belgilangan tartibda hududiy boshqarmada ro‘yxatga olingan kundan kuchga kiradi.
2.2. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan yoki amal qilish muddati keyingi yilga uzaytirilgan shartnoma qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan kuchga kiradi.
2.3. Shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “Ijaraga beruvchi” tomonidan ilovalarini tasdiqlash haqidagi qo‘shimcha kelishuv imzolangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida amalga oshiriladi.
2.4. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi uning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.
2.5. Shartnoma kuchga kirgan kunidan 02.05.2028 kunigacha bo‘lgan muddatda amal qiladi.

Download 20.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling