Davlat koxonalari va aksionerlik jamiyatlari. Tadbirkorlik shakllariva ularning xususiyatlari


Download 15.4 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi15.4 Kb.
#1120794
Bog'liq
12-МАВЗУ. ФИРМА ВА УЛАРНИНГ ТАШКИЛИЙ-ИҚТИСОДИЙ АСОСЛАРИ


9-MAVZU. FIRMA VA ULARNING TAShKILIY-IQTISODIY ASOSLARI

  1. Tadbirkorlik shakllari va ularning xususiyatlari.

  2. Firmalarning mulk shakllari bo‘yicha tasniflanishi.

  3. Mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar.

Davlat koxonalari va aksionerlik jamiyatlari.


1. Tadbirkorlik shakllariva ularning xususiyatlari.

Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlaridan biri - bu firma hisoblanadi.


Firma deganda, mustaqil xo‘jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shuіullanuvchi iqtisodiy sub’ekt tushuniladi. Mustaqil xo‘jalik faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo‘yicha firmaning mustaqil qaror qabul qilishi tushuniladi.
Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institutsional tuzilma hisoblanadi.
Tadbirkorlik firmalarining asosiy tashkiliy shakllari: xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari).
Xususiy tadbirkorlik firmasi - bu firmaning egasi ishni mustaqil, o‘z manfaatidan kelib chiqib olib boradi, u tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi, firmaning barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni bo‘yniga oladi (ya’ni, mas’uliyati cheklanmagan jamiyat hisoblanadi), qolgan daromadni o‘zi o‘zlashtiradi.
Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib, birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo‘lib, ular firmaning barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni cheklanmagan ravishda o‘zlarining zimmalariga oladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatda firma egalari firmaning majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni Nizom fondiga qo‘shgan ulushi doirasida zimmasiga oladi, xolos.
Korporatsiya - paychilikka asoslangan jamiyat bo‘lib, har bir mulk egasining mas’uliyati ushbu korxonaga qo‘shgan hissasi bilan cheklangan. Korxona aksiyalarini sotib olgan shaxslar korxona mulki egalariga aylanadilar. Korporatsiya faoliyatini aksionerlar majlisi nazorat qiladi. Aksiyadorlar o‘z aksiyalariga daromad (dividend) oladilar. Korporatsiya kreditorlari o‘z talablarini aksiyadorlarga emas, korporatsiyaga qo‘yadilar.
Aksionerlik jamiyati ochiq turda bo‘lsa, korxona aksiyalari ochiq bozorda, ya’ni fond birjalarida erkin sotiladi. Aksiyadorlarga korporatsiya yoqmasa, ular o‘z aksiyalarini ochiq bozorda sotib korxona bilan aloqasini umuman uzishi mumkin.
Foyda olmaydigan tashkilotlar. Bozor sharoitida bunday turdagi tashkilotlarga foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari, klublar, machitlar, kasalxona, kollejlar, xayriya jamiyatlari va boshqalar kiradi.
Kooperativlar. Kooperativlar o‘z a’zolarining resurslarini foyda olish maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi.
Download 15.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling