Davlat maqsadli jamg’armalarining ahamiyati va vazifalari. Davlat maqsadli jamga’rmalarining turlari va tashkiliy-huquqiy asoslari


Download 55.76 Kb.
bet2/2
Sana13.04.2023
Hajmi55.76 Kb.
#1350905
1   2
Bog'liq
Davlat maqsadli jamg�armalarining ahamiyati va vazifalari. Davla

Byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etishning maqsadi2 jamiyat uchun muhim bo’lgan xarajatlarni byudjet mablag’laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir.
Byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etilishining muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu byudjet taqchilligidir. Xarajatlarni daromaddan o’sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag’larni qayta guruxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo’jalik yuritishning va xususiylashtirishning ko’p qirrali shakllari, byudjet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag’larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo’llash zaruriyatini qat’iy talab etadi.
Byudjetdan tashqari fondlar dastlab, mahsus fondlar shaklida yoki byudjet kelib chiqqunga qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo’lganw. Hukumat o’zining faoliyatining kengayishi bilan ularni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag’lar mahsus maqsadlar uchun mo’ljallangan alohida fondlarda yig’ilar edi. Bu fondlar qoidaga ko’ra vaqtinchalik xarakterga edi. Davlatning rejalashtirgan tadbirlarini amalga oshirib bo’lganidan keyin ushbu fondlar o’z faoliyatini to’xtatar edi. Shu bilan bog’liq ravishda fondlar soni doimiy o’zgarib turar edi.Davlat o’z tadbirlarini moliyalashtirish uchun aholi daromadlarining bir qismini fondlarga jalb etadi.
Byudjetdan tashqari fondlar ikkita asosiy vazifani bajaradi:

  • iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash;

  • aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish.

Byudjetdan tashqari fondlar moliya tiziminingbir bo’g’ini bo’lishi bilan birgalikda bir necha xususiyatlarni o’zida kasb ettiradi:

  • hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat’iy maqsadli yo’naltirilgan bo’ladi;

  • fondlar mablag’laridan byudjetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi;

  • asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi;

  • fondlarga sug’urta badallari va ularni to’lashda yuzaga keladigan o’zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat majburiy xisoblanadi;

  • fondlar pul mablag’lari davlat qaramog’ida bo’lib, ular byudjetlar, shuningdek boshqa fondlar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujjatlarida e’tirof etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi;

  • fondlar mablag’laridan foydalanish ko’rsatmaga asosan foydalaniladi.

Shunday qilib, byudjetdan tashqari fondlar – davlat organlari tomonidan milliy daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir.




c markazlashtirilgan jamg’arma:
Respublika jamg’armasi va hududiy jamg’armalar mablag’laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Respublikajamg’armasi mablag’lari-faqat O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan dasturlar, topshiriqlar asosida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkaziladigan zararlarni qoplash;
hududiy jamg’armalar mablag’lari – Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlilari tashabbusi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash.
3.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi:
Jamg’arma mablag’lari:
a) ishlamaydigan fuqarolarga:

  • davlat pensiyalarining barcha turlari;

  • dafn marosimi uchun nafaqalar;

  • davlat pensiya ta’minotiga huquqi bo’lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan moliyalashtiriladigan kompenstsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni to’lash uchun;

b) ishlaydigan fuqarolarga:

  • davlat pensiyalarining barcha turlari;

  • dafn marosimi uchun nafaqalar;

  • 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo’shimcha dam olish kuni uchun to’lovlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan moliyalashtiriladigan kompenstsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar uchun sarflanadi.

4. O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi:
Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida (keyingi o‘rinlarda bandlikka ko‘maklashish markazi deb ataladi) ish qidirayotgan va ishsiz maqomiga ega shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir ishlarni moliyalashtirish;
bandlikka ko‘maklashish markazlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketishi munosabati bilan ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, ishsizlarga kompensatsiyalar, moddiy yordam, shuningdek, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vaqtida fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan to‘lanadigan stipendiyalarni to‘lash;
ishsizlarga muddatidan oldin pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining xarajatlarini qoplash;
ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash bo‘yicha xizmatlarga bo‘lgan davlat buyurtmasini moliyalashtirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklariga, ishsizlarni va band bo‘lmagan aholini o‘qitish markazlariga hamda malaka oshirish markazlariga haq to‘lash;
bandlikka ko‘maklashish markazlari, vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari, ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlar, ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv markazlarining ayrim bo‘linmalarini qonun hujjatlariga muvofiq moddiy-texnik ta’minlash va saqlab turish, shuningdek, mehnat organlarini joylashtirish uchun binolar, xonalar va inshootlarni xarid qilish, qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlashni moliyalashtirish;
nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa ijtimoiy zaif fuqarolar toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlarini yaratishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish;
axborot-ma’lumot va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish;
bandlik, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, normalash va mehnatga haq to‘lash masalalari bo‘yicha normativ-metodik va instruktiv materiallar ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
respublika va hududiy darajalarda ijtimoiy o‘rganishlar o‘tkazish, aholining ayrim guruhlari o‘rtasida bandlik, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish;
band bo‘lmagan aholiga ishga joylashtirish, shu jumladan maslahat berishda va kasbga yo‘naltiradigan ishlarni, transport va boshqa xizmatlarni tashkil etishda, shu jumladan yo‘lda ovqatlanish, yordamini ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
kovorking-markazlarni tashkil etishni va saqlab turishni moliyalashtirish;
mehnat bozoridagi vaziyat keskin bo‘lgan tumanlar va shaharlarda yashovchilar uchun bandlik va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqishni, shu jumladan ayrim hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalarini tayyorlashni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirishni va xizmatlar sohasi, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida obyektlar yaratish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqishni moliyalashtirish;
maslahatlashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish, maqolalar, risolalar, qo‘llanmalar va boshqa axborot materiallari tayyorlash, shu jumladan video va audioroliklar va filmlar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar hamda bandlik va mehnatni muhofaza qilish masalalariga taalluqli boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash;
ishga joylashtirish, aholi bandligini ta’minlash va mehnatni muhofaza qilish, vakansiyalar va band bo‘lmagan aholini hisobga olish sohasida axborot-kompyuter tizimlari va texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish va texnik qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan dasturiy ta’minot ishlab chiqish va texnik vositalarni xarid qilish;
ishsiz fuqarolarni va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish hamda malakani baholash markazlarini tashkil etish, saqlash, qayta ixtisoslashtirish;
mehnat organlarining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, uning idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlari va hududiy bo‘linmalari balansida turgan binolar va inshootlarni saqlab turish, ekspluatatsiya qilish, qurish va ta’mirlash, ularni zarur inventar, shu jumladan jihozlar, aloqa, kompyuter va boshqa vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish;
Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida, shu jumladan Toshkent shahridagi Sergeli tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazining o‘quv-amaliy bazasida, shuningdek, chet davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlarini o‘qitish, ularning malakasini oshirish va amaliyot o‘tkazishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, uning idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlari va hududiy bo‘linmalar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shu jumladan dasturiy ta’minot ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlarining ham mamlakat ichiga, ham tashqarisiga safar qilishi bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash;
aholi bandligi sohasida xalqaro hamkorlikni moliyalashtirish;
xorijga ishga yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishga joylashtirilishini tashkil etish va ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro loyihalar va shartnomalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan xalqaro va milliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar va treninglar o‘tkazish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, xorijiy hukumatlar, davlat organlari va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun mehnat organlari xodimlarini xorijga yuborish, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va milliy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
xodimlar mehnatini rag‘batlantirish va mehnat organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash jamg‘armasini moliyalashtirish, shu maqsadlarga Bandlik jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga tushadigan mablag‘larning 10 foizini yo‘naltirish;
qo‘llangan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha undirilgan jarimalar summasining 10 foizigacha miqdorda Davlat mehnat inspeksiyasining mehnat organlari rahbarlariga va xodimlariga to‘langan mukofotlar o‘rnini Mehnat organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash jamg‘armasiga qoplash;
yengil issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiyalar taqdim etish, “Tomorqa xizmati” MChJ, bandlikka ko‘maklashish markazlari va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish;
tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari bo‘yicha resurslar joylashtirish, keyinchalik banklar tomonidan respublika tumanlari va shaharlarida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik va mini-loyihalarni amalga oshirish uchun mikrokreditlar ajratish;
bandlikka ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatga olingan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun sarflanadigan xarajatlarni to‘lashda bir martalik subsidiyalar berish;
aholining ijtimoiy zaif qatlamiga mansub shaxslarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni zaxiralangan (kvotalangan) eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga bir martalik subsidiyalar berish;
bandlikka ko‘maklashish markazlarining yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan aholining ijtimoiy zaif qatlamiga mansub xodimlarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbga o‘qitish va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun ish beruvchilarga bir martalik subsidiyalar berish;
bandlikka ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatga olingan ishsiz shaxslarni, ayniqsa kam ta’minlangan oilalarga mansub xotin-qizlarni kasbga o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun kasb-hunar ta’limi muassasalariga grantlar ajratish;
kasbga o‘qitish markazlarida, kollejlarda va oliy ta’lim muassasalarida kasbga o‘qitishga, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va xodimlarini hamda tomorqa yer egalarini agrotexnologiyalar, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohasiga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun grantlar ajratish;
o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini olgan fuqarolarga rag‘batlantiruvchi imtiyozlar berish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar.
5.O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo’llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg’armasi:
Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor bo‘lgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, mablag‘larsiz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda jarohat olishi, baxtsiz hodisaga uchrashi, og‘ir kasallikka chalinishi tufayli tibbiy yordam talab etilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat migranti mablag‘lari yoki tibbiy sug‘urta hisobidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini to‘lash imkoni bo‘lmaganda tibbiy xizmat ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib bo‘lgan yoki og‘ir jarohat olgan fuqarolarni olib kelish;
avval uyushgan holda tanlash doirasida xorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik to‘langan mablag‘larni mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan sharoitlar bilan ta’minlanmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ketish oldidan moslashtirish, kasbga tayyorlash, ularga chet tillarni o‘qitish va chet tillarni bilishini imtihon qilish, ularning kasbiy malakasini tasdiqlash markazlarini respublika hududlarida tashkil etish va jihozlash;
fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalariga doir axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
xorijda Agentlik vakolatxonalarini tashkil etish va jihozlash;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ish bilan ta’minlanishining ular ishga joylashgan joylarga borish orqali monitoringini yuritish.
6.O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg’armasi:
Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagilarni moliyalashtirishda foydalaniladi:
jamoat ishlariga jalb etilgan ishsizlar va band bo‘lmagan shaxslarning mehnat haqiga to‘lovlar;
jamoat ishlarida, jumladan ularni ijara asosida berish yo‘li bilan foydalanish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlarni xarid qilish;
jamoat ishlarini bajarish uchun xavfsizlik texnikasi mablag‘lari va maxsus kiyim xarid qilish;
Jamg‘armani saqlab turishga, jumladan, xodimlar mehnat haqi, bino va inshootlarni, aloqa va axborot kompyuter texnologiyalari vositalarini saqlab turish, xo‘jalik va boshqa xarajatlar to‘lovi;
jamoat ishlarini amalga oshirishni tashkil etish masalalari bo‘yicha axborot materiallarini, ko‘rgazmali axborotlarni tayyorlash, ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish.
Jamg‘arma xodimlariga mehnat haqi to‘lash shartlariga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
7.O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Bog’dorchilik va issiqxona xo’jaligini rivojlantirish agntligi qoshidagi Bog’dorchilik va issiqxona xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasi:
Jamg’arma mablag’lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:

  1. bog’dorchilik va issiqxona xo’jaliklarini barqaror rivojlantirish ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish;

  2. quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar berish:

bir gektar ekin maydoniga tomchilatib sug’orish texnologiyasini joriy etish uchun 8 million so’mdan oshmaydigan miqdorda;
maydoni 35 gektardan ziyod bog’larda suv chiqarish uchun burg’ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurish uchun 120 million so’mdan oshmaydigan miqdorda.
Agar shartnomada suv tejovchi sug’orish texnologiyalarini joriy etishga, burg’ilangan quduq va suvni tortish uchun nasos stantsiyasini qurishga sarflangan xarajat mazkur kichik bandda belgilangan summadan kam bo’lgan taqdirda subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi.
v)Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarning xizmat safarlari bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan, Agentlik xodimlarini moddiy rag’batlantirish, qo’shimcha haq, ustamalar, mukofotlar va qonunuchilikda ta’qiqlanmagan boshqa to’lovlarni amalga oshirish;
g)bog’dorchilik va issiqxonachilik sohasiga xorijiy mutaxasislar va konsultantlarni jalb etish,shuningdek, Agentlik xodimlari, bog’dorchilik va issiqxona xojaliklari egalarini kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
d) mamlakatimizda ishlab chiqarilgan meva va issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulotlar,shu jumladan, ushbu mahsulotlarini tanishtirish bo’yicha konferensiyalar, seminarlar, treninglar, mahorat darslari, festivallar, ko’rgazmalarva yarmakalarda ishtirok etish va tashkil qilish bilan bog’liq xarajatlarni moliyalashtirish, ushbu tadbirlarda, shu jumladan, chet elda o’tkaziladigan bog’dorchilik va issiqxonachilik sohasi korxonalari ishtirok etishida ko’maklashish,madaniy-ommaviy tadbirlarni o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplash;
e) mahalliy tashkilotlar va xalqaro tashkilotlarda a’zolik badallarini va boshqa badallarni to’lash;
j) ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, e’lonlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, to’plamlar va boshqa axborot-ma’rifiy materiallar) ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, bog’dorchilik va issiqxona xo’jaliklari sohasida videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratishga sarflangan xarajatlarni moliyalashtirish;
z) ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan bog’dorchilik va issiqxonachilik sohasida normalar, reglamentlar va qoidalar ishlab chiqilishini moliyalashtirish.
Jamg’arma mablag’lari Agentlikning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tadbirlarni o’tkazish uchun ham sarflanishi mumkin.
8.O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilik rivojlantirish agentligining Uzum yetishturuvchilar va vino tayyorlovchilarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi:
Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
yangi uzum plantatsiyalarini yaratish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish (modernizatsiya qilish), uzum, mevalar va reza mevalardan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
uzumchilik va vinochilik bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy loyihalarini moliyalashtirish, shu jumladan, uzumning yangi seleksiya navlarini yaratish, uzumni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish va o‘rganish, shuningdek, uzum, mevalar va reza mevalardan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sifatini yaxshilash;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini boshqarish bo‘yicha inspeksiyaning budjetdan tashqari jamg‘armasini alkogolli mahsulotlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalarning ajratmalari summasidan o‘n foiz miqdorida shakllantirish;
Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning markaziy apparati ta’minoti bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan, Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, qo‘shimcha haq, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy va Agentlik direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomga muvofiq boshqa to‘lovlarni, shuningdek, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash;
uzumchilik va vinochilik sohasida chet el mutaxassislari va maslahatchilarni jalb qilish, shuningdek, uzum yetishtiruvchilar, Agentlik va vinochilik korxonalarining xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish.
9. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg’armasi:
Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagilarga sarflanishi belgilab qo‘yilsin:
tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransportini xarid qilish va transport parkini o‘z vaqtida yangilash, shuningdek, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallarni xarid qilish;
tez tibbiy yordam xizmatining xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish va amaliyot o‘tashini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish;
tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga ustamalar, mukofot pullari va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash;
tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Tez tibbiy yordam xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan moliyalashtirishning amaldagi tartibi va hajmlari saqlab qolinadi.
10.O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi:
Jamg‘armaning mablag‘lari:
nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, texnik reabilitatsiya vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlashni;
tashkilotlarda protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash loyihalarini amalga oshirishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, organizmning izdan chiqqan yoki yo‘qolgan funksiyalarini tiklash va ularni kompensatsiya qilish, hayot faoliyati cheklanganligini bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslarga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatiga ko‘maklashishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadlarini moliyalashtirish uchun sarflanadi.
11. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi:
Jamg‘arma mablag‘lari faqat quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
o‘rnatilgan tartibda shakllantirilgan va tasdiqlangan kvotalarga asosan budjet mablag‘lari hisobidan chop etilishi va qayta chop etilishi mo‘ljallangan darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalarni xarid etish va yetkazish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishga;
har bir umumta’lim maktabi bo‘yicha shakllantirilgan kvota asosida va ijara to‘lovlaridan tushgan mablag‘lar doirasida ijara tizimi uchun darsliklarni xarid qilish va yetkazib berish shartnomalariga to‘lovlarni amalga oshirishga;
Jamg‘armaning aylanma mablag‘lari hisobidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari hamda o‘qituvchilarini bepul ta’minlash uchun chet tillari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni sotib olish hamda yetkazib berish xarajatlarini moliyalashga;
nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdo korxonalari uchun ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirishga maqsadli ssudalar ajratishga;
jamg‘armaning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan smeta xarajatlariga ko‘ra amalga oshirilgan boshqa operatsion xarajatlarni qoplashga.
Jamg‘arma:
a) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maktab kutubxonalarini darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash xarajatlarini qoplashga mablag‘lar ajratadi:
birinchi sinf o‘quvchilari uchun;
“Mehribonlik” uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilar uchun;
ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilar uchun;
ijara tizimi uchun;
b)O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga chet tillari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni sotib olish va yetkazib berish xarajatlarini to‘lash uchun.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan mablag‘larni (shu jumladan, nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdosi korxonalari, shuningdek darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagani uchun jarimalar va yoki penyalarni qo‘llashdan olingan mablag‘lar)ni sarflash taqiqlanadi va mazkur mablag‘lar Jamg‘armaga qaytarilishi lozim.
Xaridlar bo‘yicha tasdiqlangan kvotalariga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni xarid qilish uchun buyurtmalarni tanlov asosida joylashtiradi. Bunda darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni umumta’lim maktablariga yetkazib berish “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat ntensi korxonasi tomonidan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi chet tillari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni xarid qilish va yetkazib berish uchun buyurtmalarni tanlov asosida joylashtirishni amalga oshiradi.
Umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun chet tillari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni xarid qilish va yetkazib berish borasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha xarajatlarni Jamg‘arma hisobidan moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Chakana savdo tarmog‘i orqali sotiladigan darsliklarni ishlab chiqarish uchun taqsimlangan ham kvotalariga ega bo‘lgan nashriyotlar, bosmaxonalar va kitobsavdo korxonalariga aylanma jamg‘armalari yetmay qolgan taqdirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab beradigan tartib asosida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ssudalar ajratilishi mumkin
12.Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi:
kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 2 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lish;
tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi ekvivalentda kompensatsiya berish:
milliy valyutada, qiymati 8 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foizli punkt miqdorida;
milliy valyutada, qiymati 8 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdorda, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga tumanlarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun — 8 foizli miqdorida;
milliy valyutada, qiymati 8 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdorda — yosh tadbirkorlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyasi bilan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha — banklar xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli miqdorida;
xorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 8 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdorda — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
xorijiy valyutada — 2017-yil 5-sentabrgacha issiqxonalar qurish, ntensive bog‘lar yaratish va sovutgichlar qurish uchun xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobiga ajratilgan valyuta kreditlari bo‘yicha — belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida.
Jamg‘arma bosh bitimlar asosida tijorat banklari orqali milliy va xorijiy valyutada kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.
13. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi:
Jamg‘arma mablag‘lari faqat tegishli litsenziyalar asosida o‘z faoliyatini respublika hududida amalga oshiruvchi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar yuridik shaxslarga, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘quv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga, tartibga solish, boshqarish organlariga hamda ushbu soha tashkilotlariga ma’lumotlar bazasini saqlash va shakllantirishning idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish uchun berilishi mumkin.
Jamg‘arma mablag‘lari:
beg‘araz moliyaviy qo‘yilmalar va grantlar, tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida maqsadli beg‘araz moliyalashtirish;
Jamg‘arma tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus komissiyasi tanlovidan va Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ekspertizadan o‘tgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida rivojlantirish loyihalari uchun beriladigan qarzlar.
Jamg‘armaning aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida ajratiladi.
Jamg‘arma tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ekspertizadan o‘tgan hamda Jamg‘armaning tasdiqlangan budjetiga muvofiq Ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ochilgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini, radioeshittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi hamda ushbu mablag‘larga foydalanilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladigan mablag‘lar uchun nazarda tutilgan soliq solish tartibi tatbiq etiladi.
14.O’zbekiston Respublikasi Turizimni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi:
Turizm sohasini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larni turizm sohasining va turistik industriyaning rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlashga, turistik bozorlarda O‘zbekiston Respublikasining turistik mahsulotlarini hamda turizm sohasidagi milliy tanitish belgisini targ‘ib qilish uchun yo‘naltiradi.
15.O’zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi:
Jamg‘arma mablag‘laridan:
tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish uchun tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish;
tijorat banklariga tadbirkorlik subyektlarining kreditlari bo‘yicha taqdim etilgan kafilliklar bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lash;
Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida Jamg‘arma ulushi bilan ishtirok etish;
tegishli ko‘nikmalarga ega, band bo‘lmagan yoshlar yashaydigan uy xo‘jaliklari uchun parranda va quyon bolasi, mayda va yirik qoramol sotib olishda ko‘maklashish;
davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari qurilishi qiymatining 30 foizigacha bo‘lgan qismini moliyalashtirishda mazkur mablag‘larni ularning ustav jamg‘armasi (kapitali)ga keyinchalik kapitallashtirgan holda ishtirok etish;
Jamg‘arma va uning filiallarini saqlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish;
Jamg‘armaning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish;
Jamg‘arma va uning filiallari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha va ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, shuningdek, qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish;
Jamg‘arma kafillik portfelini sug‘urta yo‘li bilan qoplash bo‘yicha sarf-xarajatlarini amalga oshirish;
Jamg‘arma Ustavida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
16. Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi:
Jamoat fondining mablag‘lari Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq quyidagi tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi:
xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish;
xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashish;
xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda imtiyozli kreditlar berish;
onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilishiga ko‘maklashish;
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni turar-joy bilan ta’minlashda boshlang‘ich badallarini qaytarilmaslik sharti bilan to‘lab berish;
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash;
Ijro etuvchi direksiyani saqlash.
17.O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg’armasi:
Jamg‘armaga mazkur Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 404-son Qarorida keltirilgan Nizomning 3-bandining “b” kichik bandida ko‘zda tutilgan kelib tushgan mablag‘larni, mazkur Nizomning 7-bandida ko‘zda tutilgan mablag‘lar bunda mustasno, taqsimlash quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:
a) 73 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
b) 24 foizi — Jamg‘armaga;
v)3 foizi—mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga.
Davlat aktivlarini boshqarish, transfarmatsiya va xususiylashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni (simpoziumlar, konferensiyalar, forumlar, seminarlar, trening va o‘quv kurslari, tashriflar, aksiyalar, ko‘rgazma va tanlovlar, ommaviy axborot vositalarida chiqish va yoritishlar va boshqalarni) o‘tkazishga;
xo‘jalik jamiyatlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlashga;
ilmiy-tadqiqot, auditorlik, moliyaviy, konsalting xizmatlari, boshqa mahalliy va xorijiy tashkilotlar, amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil ekspertlar, uslubiy xujjatlar, davlat aktivlarini oldindan sotishda mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy va konsalting tashkilotlarini jalb qilishga – Davlat mulkini sotish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan shartlarga va mezonlarga muvofiq jalb etilgan taqdirda;
xususiylashtirishdan oldin chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan aksiyalari (ulushlari) boshqariladigan xo‘jalik jamiyatlariga foizsiz qarz (zayom) mablag‘larini ajratishga;
Agentlikning ma’muriy va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan, davlat aktivlari ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish xarajatlariga;
Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga, shu jumladan, ular tomonidan uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirishga, shuningdek, Agentlik rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek Agentlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarga.
18.“O’zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg’armasi:
Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagilarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
baliqchilik tarmog‘ida ilmiy-tadqiqot va seleksiya-naslchilik ishlarini amalga oshirish;
tabiiy suv havzalarida baliq zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida baliqlantirish ishlarini amalga oshirish;
baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari shakllantirilishini moliyalashtirish.
Yuqorida keltirib o’tilgan barcha turdagi xarajatlarni optimallashtirishning har bir jamg’arma uchun o’ziga xos usulini joriy etish lozim, biroq bu yerda keltirib o’tilgan aksariyat jamg’armalar ko’p yillar oldin tashkil etilgan bo’lib ularning bajaradigan ishi hozirgi kunga kelib sayqallanib bo’lgan deb fikr yuritishimiz maqsadga muvofiq. Davlat maqsadli jamg’armalarining deyarli yarmidan ko’pi yaqin yillar ichida tashkil etilgan bo’lib ularning faoliyatini va xarajatlariga tanqidiy ko’z bilan qarash uchun bir necha besh yillar kerak.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi rivojlanayotgan, islohotlar majmuyini o’zida mujassam etgan davlat sifatida dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.
Davlat maqsadli jamg’armalarini rivojlantirish uchun ulardagi qonunchilik bazasini qaytdan ko’rib chiqish lozim va ushbu ishlarni Xalqaro tan olingan ekspert xizmatlarini ko’rsatuvchi moliyaviy tashkilotlar va huquqiy maslahatlar beruvchi yuridik tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish darkor.loyihalarni amalga oshirish uchun yo’naltirish o’ziga xos ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.
Bundan tashqari jamg’arma faoliyatida yuzaga keladigan barcha turdagi ishlarni maksimal darajada qisqa fursat ichida raqamli information kommunikatsion texnologiyalarga o’tishini qo’llab quvvatlashi lozim.


1 “Moliya” darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov, “Iqtisod-Moliya” T-2019 492-493 bet.

2



Download 55.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling