Davlat metrologiya nazorati


Download 8.09 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi8.09 Kb.
#1408768
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat metrologiya nazorati-fayllar.org

O’zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («TJTS» agentligi) metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqaruvini amalga oshiradi.


  • «TJTS» agentligi vakolatiga

  • metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;

  • milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash;

  • o‘lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;

  • davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;

  • metrologiya masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda qabul qilish;

  • metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;

  • O’zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish;

  • O’zbekiston Respublikasining o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchovlar tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;

  • iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.

  • O’zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.

Download 8.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling