“davlat moliyasi” Тайёрлади: mm 70-2 guruh talabasi Bobomurodov Shahzodbek Venn diagrammasi


Download 208 Kb.
Sana21.10.2020
Hajmi208 Kb.
#135182
Bog'liq
MM 70-2 Bobomurodov Shahzod. D.M

“DAVLAT MOLIYASI”

Venn diagrammasi

  • B
  • Neoklassik iqtisodiyot vakillarining Davlat Moliyasiga oid nazariyalari

A

  • A
  • Klassik iqtisodiyot nazariyasining asoschilari U.Petti, А.Smit, D.Rikardo, P.Buagilber kabilar hisoblanadi.
  • Аdam Smitning fikricha, davlatni farovonlikning eng quyi bosqichidan eng yuqori bosqichiga koʼtarish uchun faqatgina tinchlik, soliqlar va boshqaruvchilik kerak, qolganlarning barchasi tabiiy harakat tufayli boʼladi.
  • Mumtoz iqtisodchi D.Rikardo ham mehnat qiymati nazariyasidan kelib chiqqan holda har qanday soliqlar kapitalga yoki daromadga taʼsir qilishini taʼkidlaydi.
  • Ingliz iqtisodchisi Jon Styuard Mill mamlakatdagi ijtimoiy ziddiyatlarni susaytirish maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida oʼzgartirishni amalga oshirish lozimligi haqidagi taklifni ilgari suradi.
  • B
  • Neoklassik iqtisodiyot nazariyasi deb nomlanuvchi yo‘nalishda ko‘pgina mamlakatlarning iqtisodchilari АQSh da А.Xansen, S.Xarris, Buyuk Britaniyada R.Xarrod, А.Ilersik, Frantsiyada F.Perru tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy kontsetsiya muhim o‘rin egallaydi.
  • Uning mohiyati davlat daromadlari va xarajatlarini balanslashtirilgan iqtisodiy oʼsishni taʼminlash maqsadida oʼzgartirishni koʼzda tutadi. Ular «samarali talab»ga erishish usuli sifatida «kamomadli moliyalashtirish» gʼoyasida qattiq turib oldilar. Mazkur nazariyaning shakllanishi aksariyat davlatlar tomonidan vujudga keluvchi byudjet kamomadini obyektiv hol sifatida tan olinishini anglatdi.
  • Аmerikalik iqtisodchi А.Lafferning soliq kontseptsiyasi neoklassiklar orasida keng tanildi.

Venn diagrammasi

  • A
  • “Davlat Moliyasi” fani
  • B
  • “Moliya” fani

A

  • A
  • “Davlat moliyasi” davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a‘zolarining ortib borayotgan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta‘minlash bo’yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo’ladigan pul munosabatlari yig’indisidir.
  • “Davlat moliyasi” fani davlatning markazlashgan pul fondlari va boshqa markazlashgan moliyaviy resurslarining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi.
  • B
  • Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
  • Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir.
  • Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon moliyasi yuzaga keladi.

Venn diagrammasi

  • A
  • Neokeynschilik nazariyasi namoyondalarining davlat moliyasiga oid qarashlari

A

  • A
  • Neokeynschilik - iqtisodiyotni tartibga solish boʻyicha nazariya, keynschilikning Ikkinchi jahon urushidan soʻng yuzaga kelgan, tarixiy sharoitga moslashgan shakli. Neokeynschilikning taniqli vakillari R. Harrod, N. Kaldor, J. Robinson, Ye. Domar, A. Xansen. N. 20-asrning 50- yillari boshida jahondagi iqtiso-diy inqiroz, ilmiy-texnika inqilo-bi, mustamlakachilikning yemirilishi taʼsirida shakllandi. Yangi tarixiy sharoitda iqtisodiy oʻsish surʼatlari ancha pasaydi, inqirozlar davri tez-tez takrorlanadigan boʻlib qoldi.
  • B
  • Keynsning takror ishlab chiqarish, shuningdek, multiplikator nazariyasi toʻldiriladi. Neokeynischilik akselerator nazariyasini ilgari surdi. Ikkala nazariyani birlashtirish natijasida takror ishlab chiqarishning kengayishini ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida emas, balki texnika-iqtisodiy jarayon deb tushuntiriladi.
  • Ye. Domar va R. Harrod tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy oʻsish modelida (Harrod— Domar modeli) iqtisodiyotni moʻtadil surʼatlarda oʻsishi dinamik barqarorlikning asosiy sharti sifatida qaraladi.

Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling