Давлат молияси ва уни тараққиётининг концептуал асослари


Download 160.51 Kb.
bet1/3
Sana14.02.2023
Hajmi160.51 Kb.
#1196239
  1   2   3
Bog'liq
2 5386407572125256199


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ
Молия ва бухгалтерия хисоби факультет
ДАВЛАТ МОЛИЯСИ
катта укитувчи Шомансурова Зилола
Бр 51,52,53,55 гурух талабалари учун

Режа: 1. Davlat moliyasining mazmun-mohiyati, ahamiyati 2. O‘zbekiston Respublikasida Davlat moliyasini tashkil etish va boshqarishning taraqqiyot bosqichlari va tarkibiy tuzilishi 3. 4. Даромадлар тенгсизлиги- давлат молиясидаги долзарб муаммо сифатидаКО 5. Ўзбекистон Республикаси Давлат молияси тизимини такомиллаштириш


Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham moliyaga daxldordir
Moliya arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi.
Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat moliyasining mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi.
Davlat moliyasi - pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. Davlat moliyasi tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.
Birinchi marta “Davlat moliyasi" atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila boshladi. Oʻsha davrda Davlat moliyasi turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan naqd pulga ehtiyoj oʻsdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yigʻib olinadigan boʻldi. Buning oqibatida Davlat moliyasining murakkab tizimi vujudga keldi.

Hozirgi vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda Davlat moliyasi katta ahamiyatga ega. U takror ishlab chiqarish jarayonlarini taʼminlash, xalqning moddiy va maʼnaviy turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablagʻ bilan taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotini oʻstirish, xalq xoʻjaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash, davlatni idora qilish va boshqarishda yetakchi vosita hisoblanadi. Mavjud barcha korxonalar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari moliyasi Davlat moliyasi va moliya tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir.
Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining asosiy sohasi bo’lishi bilan bir qatorda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik funksiyalarini amalga oshirishda moliyaviy rеsurslar bilan ham ta'minlab turadi.
Davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati bu – jami ijtimoiy mahsulotning qiymatini hamda milliy boylikning bir qismini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida davlat va davlat korxonalari ixtiyorida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy rеsurslarning shakllanishi, shuningdеk, kеngaytirilgan ishlab chiqarish bilan bir qatorda jamiyatning o’sib borayotgan ijtimoiy-madaniy tadbirlarini moliyalashtirishdagi pul munosabatlari yig’indisidir.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “...barchamiz so‘zsiz tushunamiz, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish eng avvalo iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bog’likdir. Ular yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga doir strategik vazifalarni nafaqat ishlab chiqishi, balki amalga oshirishni ta’minlashi zarur.”
Aslida «Moliya» arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «pul mablag'lari»ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda quyidagi ko'rinishlardaishlatiladi:
• maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash vaishlatish yuzasidan paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui bo’lib, pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi(masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi); • biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlattasarrufidagi pul mablag'lari (masalan, korxona moliyasi);
• shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug'ullanuvchi davlat organi (so'zlashuv tilida)6 .
Arab tilidagi «mol», ya’ni «boylik, mulk, pul jamg'armasi»,shuningdek, «moliyat», ya’ni «pul mablag'lari, soliq» so'zlari ham moliyaga daxldordir7 . Lug'aviy ma’nosi jihatidan «moliya» so'zi inglizcha «finance» va ruscha «финансы» so'zlarining ekvivalenti yokima’lum ma’noda sinonimi 8 hisoblanib, eng avvalo, «daromad»,«pul mablag'lari» yoki «to'lov» degan ma’nolarda ham ishlatiladi
Iqtisodiy munosabatlar jarayonida turli pul fondlaridan shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlarning turli sohalari majmuiga moliya tizimi deyiladi.
moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo‘linadi: - davlat moliyasi va mahalliy moliyasi; - xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi. O‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlami shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘lishi mumkin: - Davlat byudjeti; - Davlat maqsadli jamg‘armalari; - Davlat krediti
Shuningdek, o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:
-tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi
- moliyaviy vositachilar moliyasi;
-notijorat tashkilotlari moliyasi
O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi
Davlat byudjeti
Davlat maqsadli jamg’armalari
Davlat krediti
Tijorat korxonalari moliyasi
Moliyaviy vositachilar moliyasi
Notijorat korxonalari moliyasi
Davlat moliyasi va mahalliy moliya
Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi
Davlat moliyasi davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi asosiy dastaklaridan biri bo‘lib, u tarkibiga davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, davlat kreditini oladi. Bu sohaning nazariy asoslari mamlakat moliya tizimi holatini ko‘rsatib beradi. davlat moliyasi davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar yig‘indisi bo‘lib, davlat moliyasining mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi
Aynan mamlakatda tarkib topgan davlat moliya strukturasi orqali mamlakatning YaIMi, davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining shakllantirilishi, jamg‘arilishi, sarflanishi, taqsimlanishi va qayta taqsimlanish jarayonlari ifodalanadi. Jamiyat o‘z holatini yangilab borgani, insonlar yangilikga intilib borayotgani sari davlat moliyasi ham sayqallanib yangilanib boradi. XIV asrda mavjud moliya tizimi va hozirgi moliya tizim o‘rtasida qanchalik farq bo‘layotgan bo‘lsa, kelgusida tarkib topayotgan moliyaviy tizimda ham davlatning yangi moliyaviy resurslari, ularni boshqarish richagi shakllanib boradi. Davlat moliyasining nazariy jihatdan ifoda etsak, tom ma’noda davlat va unga aloqador subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlarni tizimlashtirishdir. Buning sababi shu bilan izohlanadiki: jamiyat rivojlangani sayin barcha iqtisodiy munosabatlar, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar ham rivoj topib boradi va tartibga solishga ehtiyojmand bo’ladi.
Davlat moliyasining nazariy jihatdan ifoda etsak, tom ma’noda davlat va unga aloqador subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlarni tizimlashtirishdir. Buning sababi shu bilan izohlanadiki: jamiyat rivojlangani sayin barcha iqtisodiy munosabatlar, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar ham rivoj topib boradi va tartibga solishga ehtiyojmand bo’ladi.
Davlat moliyasini rivojlantirish borasida xorijiy mamlakatlar tajribasi Har bir mamlakat o‘zining moliya tizimiga ega. Faqat uning tarkibi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin. Aynan mamlakatlarning moliya tizimi qay darajada shakllanganligi nafaqat mamlakatning rivojlanish darajasini, balki uning tanlagan yo‘li, tuzilmaviy ko‘rinishini ham ifodalab beradi. Rivojlangan mamlakatlarda moliya atamasi kengroq tushuncha bo‘lib, u davlat, korporatsiyalar, xorijiy davlatlar va boshqa turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini ifodalaydi.
Moliya tizimi
Tashkilotlar moliyasi
Sug’urta
Davlat moliyasi
Xorijiy mamlakatlarda moliya tizimining ko‘rinishi:
Shuningdek xorijiy mamlakatlar moliya tizimi tarkibida qarz beruvchi, qarz oluvchi va investorlar o‘rtasidagi fondlar ham kiritilishi mumkin. Moliya tizimida sug‘urta tashkilotlari ham alohia ahamiyat kasb etib ular aholi va korxonalarning mablag‘larini qayta taqsimlashda faol ishtirok etadi
AQSH davlatining moliya tizimi
Byudjetdan tashqari fondlar
Tijorat va notijorat tashkilotlar
Davlat moliyasi va mahalliy moliya
Korxona va korporatsiyalar moliyasi
Barcha darajadagi byudjetlar
Davlat va munitsipal krediti
Xususiy korxonalar
Davlat korporatsialari
AQSH davlatining moliya tizimi ko‘rinishi:
AQSH davlati federal ko‘rinishda bo‘lganligi uchun uning byudjet pog‘onasi uch pog‘onali bo‘ladi. AQSH davlati dunyoda YaIM hajmi bo‘yicha yuqori darajada bo‘lishiga qaramasdan, davlat qarzi hamda davlat byudjetining defitsiti har yili kuzatilmoqda.
AQSH federal davlatida byudjet tizimi 3 bo‘g‘indan iborat:
Davlat byudjeti (federal yoki markaziy hukumat byudjeti);
Federal a’zolar byudjeti (shtatlar byudjeti);
Mahalliy byudjetlar;
AQSH davlati federal byudjet xarajatlari yildan-yilga o‘sib bormoqda va u mablag‘lar ichida salmoqli o‘rin egallaydi. Jami xarajatlarda YaIMning 27-32 % miqdorida mablag‘ ajratiladi. AQSh davlat byudjeti xarajatlari tarkibida asosiy rolni sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish xarajatlari (jamiga nisbatan 24 %) egallagan, keyingi o‘rinlarda ijtimoiy himoya xarajatlari, faxriy ishlar xarajatlari, mudofaa xarajatlari, davlat majburiyatlari bo‘yicha foizlar va boshqa xarajatlar o‘rin olgan.

Download 160.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling