Davlat moliyasining iqtisodiyotdagi o’rni


Download 18.4 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi18.4 Kb.
#1226410
Bog'liq
davlat moliyasi leksiya


Davlat moliyasining iqtisodiyotdagi o’rni

Kirish
1.Davlat moliyasining mazmuni va mohiyati.


2.Byudjet siyosatining Davlat moliyasida tutgan o’rni.
3.Davlat korxonalari va tashkilotlari moliyasi.
Xulosa

Moliya ilmiy tushuncha sifatida ijtimoiy hayotning turli jabhalarda har xil shakllardan namoyon bo’lib pul mablag’lari harakati bilan birgalikda amalga oshiriladi. Moliya xo‘jalik yuritishning barcha darajalaridagi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Moliyaning mavjudligisiz kengaytirilgan ishlab chiqarishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Davlatning qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish ma’lum moliyaviy asosni talab etadi. Bu borada davlat moliyasini boshqarish tizimidagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar, davlat moliyasning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallab turganligidan dalolat beradi.


1.Davlat moliyasi – moliyaviy resurslarning markazlashgan jamg‘armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq real pul aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir. Davlat moliyasi davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy funktsiyalarni bajarish uchun zaruriy pul mablag’lari bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan mamlakatning moliya tizimini muhim bo’g’inidir. Birinchi marta “Davlat moliyasi” atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila boshladi. O‘sha davrda Davlat moliyasi turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan naqd pulga ehtiyoj o‘sdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yig‘ib olinadigan bo‘ldi, majburiy soliqlar va zayomlar davlat zayomlari bilan almashindi. Buning oqibatida Davlat moliyasining murakkab tizimi vujudga keldi.Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xil emas: uning tarkibida alohida bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos funktsiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat byudjeti; Davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari; davlat krediti; davlat korxonalari moliyasi. Har bir bo‘g‘inning turlicha funktsional tayinlanishga ega ekanligidan foydalanib, davlat keng ko‘lamli iqtisodiy va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni xal qiladi.
2.Davlat byudjeti davlatning qonun kuchiga ega bo‘lgan asosiy moliyaviy rejasi hisoblanadi. Byudjet hokimiyatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan tasdiqlanadi.Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlari rivojlanishida asosiy manba rolini ham o‘ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida Milliy iqtisodiyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo‘lsa, uning paydo bo‘lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari bilan qaytaqurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi.Byudjet siyosatining asosiy maqsadi- Jamiyatda yaratilgan boylik va ne’matlarning jamiyat a’zolari o’rtasida maksimal darajada adolatli taqsimlanishini ta’minlashdan iborat.Byudjet iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Chunki uning moddiy asosini ijtimoiy ishlab chiqarish natijasida olinadigan pul daromadlari hisoblanadi. Shuning uchun ham har qanday mamlakatda byudjet munosabatlarini tashkil qilish jarayonida ishlab chiqarish manfaatlari hisobga olishini lozim.
3.Korxonalar moliyasi mamlakatda yaratiladigan moliyaviy resurslarning aksariyat qismini tashkil shakllantiruvchi iqtisodiyotning muhim bo‘g‘inidir. Korxonalarda moliyaviy resurslarning yetarliligi – uning hamkor sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to‘lovga layoqatliligi garovi hamda xaridorlar oldida majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning va kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash kafolatidir.Korxonalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushumning taqsimlanishida birlamchi moliyaviy resurslar (amortizatsiya fondi, foyda va boshqalar) shakllanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish zarurligi tufayli moliyaviy resurslar qayta taqsimlanadi: ularning ma’lum qismi budjet va budjetdan tashqari fondlarga ajratiladi. Umumdavlat moliyaviy resurslari, o‘z navbatida, qayta taqsimlanadi va ularning ma’lum qismi korxonalar ixtiyoriga kelib tushadi.
Xulosa :Biz ushbu darslik bo’yicha shularni xulosa qilishimiz mumkin. Davlat moliya munosabatlarini tashkil qilishning huquqiy asoslari, davlat moliyasini boshqarish, tartibga solish masalalari, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tizimi, davlat moliyasining holatlari va byudjet taqchilligi, turli soha va tarmoqlardagi davlat korxonalarini tashkil qilish asoslari, shuningdek, davlat moliyaviy nazoratini tashkil qilish masalalarini o’rgandik. Bundan tashqari yana davlat moliyasining mohiyati, uning zarurligi, davlat moliyasi tizimi, davlat moliyasi nazariyalari, davlat moliya siyosatining mazmuni, vazifalari,rivojlanish bosqichlari, davlat moliyasi tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish, ular mablag‘laridan foydalanishni tashkil etish shakllari haqida tasavvurga ega bo’ldik.
Download 18.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling