2. Xom-ashyomahsulotlarining tavsifi


Download 0.75 Mb.
bet1/10
Sana31.01.2024
Hajmi0.75 Mb.
#1819654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
javohir423


MUNDARIJA

1. Kirish…………………………………………………………………........3


2. Xom-ashyomahsulotlarining tavsifi……………………………….............5
3. Tayyor mahsulot tavsifi…………………………………………..............7
4. Jarayonning fizik – kimyoviyasoslari…………………….……………….9
5. Texnologik sxema bayoni…………………………………….……………11
6. Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy hisoblar………………………….18
6.1 Moddiy va issiqlik hisobi…………………………………….……………
7. Asosiy jixozning bayoni…………………………………………………..25
8. Аtrof muhitni muhofaza qilish…………………………………………….27
9. Xulosa………………………………………………………………………31
10. Adabiyotlar…………………………………………………………………32
1. Kirish
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» qaroriga аsosan bir qator chora tadbirlar olib borilmoqda.
Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatning mustaqil rivojlanishi davrida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo'yicha tizimli ishlar doirasida 30 mingdan ortiq davlat ob`yekti, shu jumladan, 6,5 mingta yirik va o'rta korxona xususiy mulk qilib sotildi. Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki mahsulotning 81 foizidan ko'prog'i, sanoat ishlab chiqarishining 94 foizi va barcha band aholining 82 foizidan ziyodi to'g'ri kelmoqda. 
Shu bilan birgalikda tanqidiy tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, «bir qator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi».
Xususan, respublika mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlarining borishi bilan tanishish natijalari xususiylashtirilgan korxonalarning mulkdorlari ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanmayotgani va korxonalarni uzoq muddatli rivojlantirish bilan shug'ullanmayotgani, ixtisoslashgan ishlab chiqarishlarni tiklamayotganligi va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining raqobatdoshligini ta`minlaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etmayotganligini ko'rsatmoqda. Mazkur holatlar Toshkent shahrida avval xususiylashtirilgan “Rele va avtomatika”, “Algoritm” zavodlari, Samarqand shahridagi “Qizil dvigatel” va Liftsozlik zavodlari, G'ijduvon ip yigiruv fabrikasi, Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi parranda fabrikasi, Termiz shahridagi “16-sonli g'isht zavodi” va boshqa ko'plab ob`yektlar misolida ko'rinib turibdi, deyilgan.
O'tkazilgan xatlov natijalariga ko'ra, avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida 2 mingdan ortiq past rentabelli va zarar ko'rayotgan kam quvvatli xo'jalik sub`yekti, shu jumladan, mingdan ortiq ishlamayotgan hamda deyarli bo'sh yotgan ob`yekt, samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalari va ishlab chiqarish xonalari aniqlangan. 
«Davlat organlari xususiylashtirilgan korxonalarning asl holatini o'rganish, ularning ishlab chiqarish faoliyati va moliyaviy-iqtisodiy ahvolini monitoring qilish, mavjud muammolarni tahlil etish va sabablarini aniqlash, ularni kredit va moddiy resurslar bilan ta`minlashda, muhandislik-ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklashda, ichki va tashqi savdo bozorlarini topishda amaliy ko'mak berish bilan sust shug'ullanmoqda», — deya davom etiladi qaror matnida.
«Yuzaga kelgan holat vakolatli organlarning xususiylashtirilgan korxonalarga yondashuvlari, ular bilan ishlash prinsiplari va usullarini tubdan o'zgartirishni, faoliyat samaradorligini oshirishga har tomonlama ko'maklashish, ishlab chiqarishni tiklash va rivojlantirish bo'yicha “yo'l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatining asoslarini o'rgatish, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarni qo'llab-quvvatlashning moliyaviy manbalarini kengaytirishni talab etadi», — deya qayd etilgan.
Qabul qilingan «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi»da iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishdagi muhim vazifa sifatida xususiy mulkning ustuvor rolini kuchaytirish va xususiylashtirilgan ob`yektlar negizida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish belgilangan. 



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling