Mavzu: Gaz taqsimlash quvurlarda avariyalar sabablarini vizual va maxsus vositalar yordamida aniqlash bartaraf etish. Reja


Download 101.03 Kb.
bet1/7
Sana21.02.2023
Hajmi101.03 Kb.
#1216628
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28 mavzu


Mavzu:Gaz taqsimlash quvurlarda avariyalar sabablarini vizual va maxsus vositalar yordamida aniqlash bartaraf etish.
Reja:

  1. Gaz quvurlarining sinovi va ularni foydalanishga topshirish.

  2. Gaz quvurlari va gaz boshqaruv shaxobchalari GBSH lar uchun sinov bosimining me’yoriy miqdorlari.

  3. Gaz quvurlari gaz boshqaruv shahobchalari va gaz boshqaruv qurilmalaridan foydalanish ularga xizmat ko‘rsatish va sozlash.

  4. Gaz tarmoqlaridan foydalanishda texnika xavfsizli.



1.Gaz quvurlarining sinovi va ularni foydalanishga topshirish.
SHahar gaz tarmoqlari, er ostidan yotqizilganda, yopiq inshoat hisoblanadi, shuning uchun yotqizilgan quvurdagi bajarilgan ishning sifatini, ko‘rilish ishlari tugagandan sung aniqlash mumkin emas. Tajribalar ishni ko‘rsatadiki, qurilish ishlarining bajarilishidagi nuqsonlar ularning avariya holatiga uchrashiga asosiy sabab bo‘ladi, ish tartibining buzilishiga olib keladi. Gaz quvurlarini mustahkamligi va zichligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazish ham, qurilish ishlarining hamma kamchiligini ochib bermaydi. Masalan er osti gaz quvurlarini chuqurlikga yotqizilishda uning asosi (pastki qismi) tekis va talab darajasida bo‘lmaganda, quvurlar payvandlangan (bog‘langan) joyda kuchlanish hosil bo‘lishi mumkin, quvurlar ximoyalanishning sifatsizligi, quvurlarning karroziyaga uchrashiga olib kelishi mumkin bu esa quvurdan gazning chiqishga olib keladi.
Bunday nuqsonlarni sinov da’vomida aniqlash juda qiyindir. Ishning sifatli bajarilganligini ko‘rilish ishlari ketayotgan jarayonda nazorat olib borish kerakdir. Bunday nazoratni qurilish tashkiloti va foydalanishga qabul qiluvchi texnik nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Payvandlash ishlarining sifatini tekshirishda, ishlatilayotgan materiallarning sifati va uskunalarning texnik holati tekshiriladi. Payvandlanuvchi choklarning sifati, tashqi tekshiruv bo‘yicha, fizikaviy usul va namuna nazoratini mexanikaviy sinovda tekshiriladi. Gaz quvurlari ximoya qatlamlarining sifati tashqaridan qarab chiqiladi va maxsus uskunalar yordamida tekishriladi.
Gaz quvurlariga o‘rnatilgan armaturalar va jixozlar, tuproqqa ko‘milishdan oldin tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruvda quvurning yotqizilish chuqurligi, nishabligi, ximoyalanish holati, armaturalarning to‘g‘ri payvandlanish holati va ishlashi tekishriladi.
Agarda tekshiriluvlardan so‘ng haqiqatdan payvandlangan ishlar loyihaga mos, texnik shartlar talabiga mos bo‘lganda, gaz quvurlari havo yordamida turli xil namlik, ifloslanishlardan tozalanadi. Gaz quvurlari ximoya qatlamlari tuproqga ko‘milganda so‘ng, uskunalar yordamida tekshiriladi. Qurilish payvandlash ishlarining sifatining tekshiruv natijalari bo‘yicha akt tuzilib gaz quvurlarini qabul qilish komissiyasiga topshiriladi.
Gaz quvurlari siqilgan havo yordamida ikki pog‘onada sinovdan o‘tkaziladi: mustahkamligi va zichligi bo‘yicha. Gaz quvurlarni mustah-kamligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazish, birlamchi sinov hisoblanadi, anik nuqsonlari aniqlanadi. Quvurlarning haqiqiy mexanikaviy mustahkamli-gini va payvandli bog‘lanishlarning mustahkamligini aniqlash uchun uning bosimi etarlicha emasdir. Sinovdan o‘tkazilishdan oldin gaz quvurlari 20÷25 sm qalinlikda mayda tuproq bilan ko‘miladi.
Tuproq bilan to‘ldirilish esa, quvurning ikkala tomonidan bir vaqtning o‘zida zichlab to‘ldiradi. Sinovni o‘tkazishdan oldin quvurlarning bog‘langan joyi tuproq bilan to‘lg‘azilmaydi. Gaz quvurlari uchun sinov bosimi qiymatlari 8.1.1. jadvalda keltirilgan.
Sinov bosimida gaz quvurlarida saqlanib turish vaqti mustahkamlik sinovida 3soat (faqat binolarga kiritilish joylarida sinov vaqti 1soat) bo‘ladi undan keyin bosim me’yori darajasigacha kamaytiriladi va zichlik sinoviga kirishiladi, quvurlar va armaturalarning holati tashqi tekshiriluvdan o‘tkaziladi. Nuqson joylari sovun eritmasi bilan bo‘yalib aniqlanadi.
Zichlik sinovi gaz quvurlari loyiha belgisi bo‘yicha tuproq bilan to‘lg‘azilgandan so‘ng boshlanib va sinov havosining harorati, tuproqning haroratiga tenglashilgandan so‘ng sinov tugatiladi (8.1.1. rasmga qarang)
Zichlik sinovi vaqti gazning bosimiga va quvurning diametriga qarab 3soatdan 48-soatgacha bo‘lishi mumkin.
Sinov da’vomida bosimning kamayish farqi qo‘yidagi formula yordamida aniqlangan qiymatdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
a) bir xil diametrdan tashkil topgan gaz quvurlari uchun:
Δ Ρ ═ 20 T ∕ d ; (8.1.1.)

b) Turli xil diametrdan tashkil topgan gaz quvurlari uchun


(8.1.2.)






Download 101.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling