Mavzu: Gaz taqsimlash quvurlarda avariyalar sabablarini vizual va maxsus vositalar yordamida aniqlash bartaraf etish. Reja


Texnika xavfsizligi ishlarini tashkil etish


Download 101.03 Kb.
bet7/7
Sana21.02.2023
Hajmi101.03 Kb.
#1216628
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28 mavzu

Texnika xavfsizligi ishlarini tashkil etish. Aholi turar joy binolari va umum jamoa binolarida gazdan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash uchun «Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari»ga qattiq rioya qilinishi kerak. Qoidaga zid bo‘lgan har qanday holatda va maxsus ko‘rsatma bo‘yicha, gaz xizmatini olib boruvchi rahbar javobgar hisoblandi, chilangar - gazchi brigada xizmatining majburiyatiga qo‘yidagilar kiradi.
Gaz chiqqan joyni aniqlash va uni sozlash.
Gazlangan va gaz xavfli binolarda ish bajarish.
Uskunalar va qurilmalarga saqlagichlar va ximoyalanuvchini qo‘llash.
Zararlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish.
Gaz yoqilg‘isiga bog‘liq holatda bo‘lgan baxtsizlik va nosozlik ishlarini tekshiruvga qatnashishi.
Xavfli gaz ishlarini bajarishda va gaz chiqayotgan joyni aniqlashda baxtsiz holatning oldini olish uchun texnika Xavfsizligi ishlarini tashkil etuvchi tashkilot bo‘lishi kerak. Gaz chiqayotgan joyni aniqlashdan oldin, gazning hidi bo‘yicha binolarning gazlanganligi darajasi holatini gaz analizatori yordamida aniqlash bekitish va gazning chiqish joyini sozlash kerak. Gaz quvurlaridan gaz oqimining chiqishi miqdori ko‘p bo‘lganda yoki gaz uskunalari, jixozlaridan ham gazning chiqishi ko‘p miqdorda bo‘lganda «nosozlikni tuzatish xizmati»ga (avariynuyu slujbu) xabar berish kerak. SHahar gaz xizmatida sutkaning istalgan vaqtida nasozlikni tuzatish ishlarini bartaraf etish kerak.
CHilangir gazchi - qo‘yidagi texnik jihozlar bilan taminlangan bo‘lishi kerak. Protivogaz qutqaruvchi saqlagich belbog‘, ipi bilan birgalikda, sinov uchun uskunalar, himoya ko‘z oynagi, yongin havfsizligi taminlangan yoritgich, texnika xavfsizligi bilan tanishtirish va zararlangan holda birinchi yordam ko‘rsatish.
Gazning chiqishi salnikli yoki cho‘zilgan kranlarning ichki nosozligidan ichki gaz chiqishi, ya’ni kran yopik holatda gaz chiqishi bo‘ladi. Kranlarning to‘liq germetik yopilishda nosozlik bo‘lgan holatlarda kranlarni almashtirish maqsadga muvofiqdir. Baxtsizlik va nosozlik holatlari bo‘lishning oldini olish uchun gaz xizmati tomonidan profilaktik quruv va gaz jixozlarini tamirlash hizmati tashkish etilishi kerak.
Nosozlik va baxtsizlik holatlari istalgan gaz ishlarida quvurlarni payvandlashda, gaz uskunalari va jihozlaridan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin.
Gaz quvurlarining nosozligiga sabab, quvurlar tayerlanishda texnologik qoidalariga rioya qilinmaslik.
Gaz quvurlarini qurilishdagi ishlarida qoidaga rioya qilinmaslikdan (sifatsiz payvandlanish, ximoyalanishdagi shikastlanish-lar, va h.k.z.)
Gaz quvurlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaslik (gaz bosimining ro‘xsat etilganligidan ortiqcha bo‘lishi, daydi toklar ta’sirida gaz quvuri devorining zaiflashib borishi, gaz quvurlarining zanglashdan yaxshi himoyalanmaganligi va h.k.z.lar kiradi.)
Bundan tashqari nosozlik holatlariga, turli xil kommunal inshoatlarida ta’mirlash er kovlash va qazish ishlarining bajarilishda shikastlanish-lar ham sabab bo‘lishi mumqindir.
Gaz quvurlari nosoz hisoblanadi, qachonki qisman yoki to‘liq quvurlarning ajralishda atrof muhitga gazning chiqishi, sodir bo‘lganda, gaz quvurlari va uskunalaridan foydalanishdagi turli hil ishlarni bajarishda, nosozlikni oldindan aytish ishlari chilangir gazchi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Gaz jixozlaring ishonchli va xavfsiz ishlash ko‘p hollarda chilangir - gazchilar tomonidan reja asosida profilaktik ko‘riklardan o‘tishi va gaz jihozlarning tamirlanganligiga bog‘likdir. Ko‘riklar oralig‘idagi gaz jihozlari ta’mirlash ishlari xizmat ko‘rsatuvchi chilangir chaqiriluvdan amalga oshiriladi.
Download 101.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling