Davlat mulkini xususiylashtirish-O`zbekistondada tashqi iqtisodiy siyosat


Download 0.67 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1416405
Bog'liq
Davlat mulkini xususiylashtirish-O`zbekistondada tashqi iqtisodiy siyosatK


S-7-IQ-21 ‘’’Iqtisodiy siyosatga kirish’’ fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu:Davlat mulkini xususiylashtirish-O`zbekistondada tashqi iqtisodiy siyosat
Bajardi: O’runov Shahzod
Tekshirdi:Ashurova M

Davlat mulkini xususiylashtirish-O`zbekistondada tashqi iqtisodiy siyosat

1.Iqtisodiy siyosatdа dаvlаt mulkining o’rni va аhаmiyati mаsаlаsi.

2.Iqtisodiyotning dаvlаt va хususiy sеktоrlаrining o’zаrо аlоqаdоrligi hаmdа tа’siri.

3.O’zbekistonda tashqi iqtisodiy siyosatini o’ziga xos xususiyatlari

Xususiylashtirish — bu davlatga qarashli mulkning fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk shaklida berilishidir.

  • Xususiylashtirish — bu davlatga qarashli mulkning fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk shaklida berilishidir.
  • Xususiylashtirish yakka xususiy mulk va shu mulkka asoslangan korxonalar tashkil etish yo’li bilan yoki guruhiy korporativ xususiy mulk, ya’ni ma’lum maqsadni ko’zlab o’zaro birlashgan mulk sohiblari mulki asoslangan korxonalar tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
  • Xususiylashtirish miqyosi va uslublari, muddati turlicha bo’lib, ular asosan har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Xususiylashtirish miqyosi avvalo, u yoki bu mamlakatda xususiy sektorni qay darajada milliylashtirish darajasiga bog’liq. Milliylashtirish uslubidan kam foydalangan AQSh, GFR,
  • Yaponiyada xususiylashtirish tendentsiyasi ancha sust bo’lgan holda Buyuk Britaniya, Frantsiya, ayniqsa, sobiq sotsialistik mamlakatlarda bu nihoyatda keng miqyosda amalga oshirildi.
  • Xususiylashtirishning uslublari turli-tuman bo’lib, ularni uchta guruhga bo’lish mumkin yoki boshqacha aytganda, xususiylashtirishning uch usuli bo’lib, muvofiq ravishda qator
  • uslublarni o’z ichiga oladi.

1. Davlat mulkini bepul bo’lib berish:

  • 1) mehnat jamoalariga bepul topshirish;
  • 2) barcha jamiyat a’zolariga bepul bo’lib berish;
  • 3) aholining ayrim sotsial qatlamlariga bepul berish;
  • 4) har bir jamiyat a’zosining davlat mulkiga qo’shgan hissasiga, ya’ni mehnat stajiga qarab bo’lib berish;
  • 5) foyda keltirmayotgan korxonani istisno tariqasida mehnat jamoasiga bo’lib berish.

2. Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish:

  • a) mehnat jamoalariga sotish;
  • b) barcha jamiyat a’zolariga sotish;
  • v) auktsionlarda (kim oshdi) fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga sotish;
  • g) korxonalarni mehnat jamoalariga ijaraga berish va keyinchalik butunlay sotish;
  • d) xorijdan qarzni uzish evaziga chet el firmalari va fuqarolariga berish;
  • e) ayrim sotsial qatlam: tadbirkorlar va menejerlarga sotish;
  • y) davlat korxonalarini xususiy investrlash yoki mulkni to’g’ridan-to’g’ri sotib olish yoki aktsiya paketini sotib olish yo’li bilan amalga oshiriladi;
  • j) davlat korxonasini alohida bo’linmalarga ajratish yoki bo’lish va qayta qurish yo’li bilan qismlarga bo’lib sotish va hokazolar.

3. Davlat mulkini bepul bo’lib berish bilan sotishni birgalikda qo’shib olib borish. Bu usulning ham qator uslublari bo’lib, u yuqoridagi har ikki usulga xos uslublarning turli kombinatsiya-laridan iborat.

  • 3. Davlat mulkini bepul bo’lib berish bilan sotishni birgalikda qo’shib olib borish. Bu usulning ham qator uslublari bo’lib, u yuqoridagi har ikki usulga xos uslublarning turli kombinatsiya-laridan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish. 

Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdi

Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilishga ko‘maklashishga qaratilgan.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling