Iqtisodiy siyosatda davlat mulkining o’rni va ahamiyati.
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili hisoblanadi. Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e’tibor berilib, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi ustuvor yo’nalish etib belgilandi. Jumladan,makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish dolzarb masala hisoblanadi.
Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayot-gan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, jahon bozorida mavqei va salmog‘ini oshirish choralarini ko‘rishni ilgarisuradi.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uni yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari -bu mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:
4.1-Chizma. Mulkchilik munosabatlari o’zaro bog’liqligi
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:
4.2-Chizma. Mulkchilik huquqining o’zaro bog’liqligi
Mulk sub’ektlari ko’p darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi .
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar soqasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni qamrab oladi. Shu sababli «O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga guruhlanadi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk (4.3-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |