Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish iqtisodiyotni tartibga solish vositasi

Download 145.87 Kb.
bet2/7
Sana08.05.2023
Hajmi145.87 Kb.
#1447276
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish - iqtisodiyotni tartibga solish vositasi

Rejali iqtisodiyot tizimidan xalos bo`lgan O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish davlatning bosh vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonini davlat bosh islohotchi sifatida boshqarib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. Karimov: “Murakkab o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi bo`lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lishi, iqtisodiy taraqqiyotning etakchi yo`nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o`zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ruyobga chiqarishi kerak”, – deb ta`kidlagan edi.

Davlatimizning bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo`yicha rivojlangan mamlakatlarda hozirgacha to`plangan boy tajribalarni o`rganishi va ularni respublikamizning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda tadbiq etishining maqsadga muvofiqligi bugungi kunda hech kimda shubha tug`dirmaydi.

Bozor munosabatlari sharoitida baho (narx)lar iqtisodiyotni tartibga solishning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunda baho bozor pasangisi, regulyatori bo`lib, ikki asosiy vazifani bajaradi. Birinchidan, u resurslar, tovarlar va xizmatlar iste`molini cheklaydi va ikkinchidan, tovar ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) uchun rag`bat vazifasini o`taydi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling