Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida
Download 71.06 Kb. Pdf ko'rish
|
93-сон 18.02.2020. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
apreldagi 153-sonli
qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida rasmiylashtiriladigan hujjatlarda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarida, shuningdek, elektron onlayn-auksion natijalari bayonnomalarida yer uchastkasida o‘sayotgan daraxtlar soni, ularning aniq koordinatalari, navlari, diametri, balandligi ko‘rsatilishi shart, shuningdek, ularni saqlab qolish va muhofaza qilish choralari va talablari belgilanishi kerak; loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish maydonida o‘sayotgan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari to‘liq saqlab qolinishi yoki ko‘chirib o‘tkazilishi ta’minlanishi shart, daraxtlar va butalar boshqa navlarining kamida 50 foizi saqlab qolinishi yoki ko‘chirib o‘tkazilishi yoxud ularning o‘rniga o‘ntadan kam bo‘lmagan daraxtlar kompensatsiya sifatida ekib berilishi kerak; 2020-yil 1-martdan boshlab qurilish, qayta ta’mirlash, qayta tiklash, kapital ta’mirlash, qurilish obyektlarini obodonlashtirish, buzish bo‘yicha loyiha hujjatlarida, shuningdek, qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilishda majburiy tartibda o‘simlik dunyosi obyektlariga va ularning o‘sish muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olishni ta’minlaydigan, ularni bunday ta’sirdan himoya qiladiganchoralar, kompensatsiya tadbirlari hamda ushbu sohadagi qoida va me’yorlar asosida ko‘kalamzorlashtirish choralari nazarda tutiladi. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratishda ushbu yer maydonlarida joylashgan daraxt va butalarni saqlab qolish uchun zarur choralarni ko‘rsinlar; obodonlashtirish boshqarmalarini daraxt va butalarni parvarish qilish sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, zarur bo‘lgan texnik vositalar bilan ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-martdan qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, qurilish obyektlarini obodonlashtirish, buzish, qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish paytida loyihalash hujjatlariga quyidagi majburiy talablarni kiritsin: o‘simlik dunyosi obyektlariga, ularning o‘sish muhitiga salbiy ta’sirning oldini olish, shuningdek, ularni bunday ta’sirdan himoya qilishni ta’minlaydigan choralar; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik hujjatlariga muvofiq kompensatsiya choralari; (6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) ko‘kalamzorlashtirish ishlarini loyihalashtirish qoidalariga hamda shu sohadagi me’yorlarga muvofiq amalga oshirish. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, temir yo‘l hamda avtomobil yo‘llari va boshqalar) barpo etishda, shu jumladan, daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini qo‘llash orqali ularning saqlab qolinishi qat’iy ta’minlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘p yillik daraxtzorlarga egalik xuquqini aniqlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda 2020-yil 1-iyungaqadar Toshkent davlat agrar universiteti bazasida obodonlashtirish boshqarmalari va boshqa tegishli tashkilotlar uchun daraxtlarni parvarish qilish bo‘yicha mutaxassislar (arboristlar) tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda iqlim va boshqa sharoitlardan kelib chiqib, aholi punktlarida ekishga tavsiya etiladigan manzarali daraxt navlari ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uni zaruratga qarab yangilanib borilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalarni parvarish qilish, butash, kesish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqqan holda, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; davlat o‘rmon fondidan tashqari yerlarda daraxt va butalarni kesish, ularniboshqa erga ko‘chirib o‘tkazish tartibi hamda kompensatsiya tadbirlarini amalga oshirish shartlari buzilganligi, davlat o‘rmon fondidan tashqari yerlarda noqonuniy daraxt va butalar noqonuniy kesilganligi, shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxtlar va butalar tashilishi va qabul qilinishi uchun, jumladan, bunday harakatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikgacha javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin. Download 71.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling