Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


Download 71.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.02.2023
Hajmi71.06 Kb.
#1178086
  1   2   3   4   5
Bog'liq
93-сон 18.02.2020. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
DAVLAT O‘RMON FONDIGA KIRMAYDIGAN DARAXTLAR VA BUTALARNING QIMMATBAHO
NAVLARINI SAQLASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston
Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-
oktabrdagi PF-5863-son 
Farmonining 
ijrosini ta’minlash, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan
yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston
Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-
oktabrdagi PF-5863-son 
Farmoni
bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar
qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha moratoriy joriy
etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
tomonidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va
idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar
qimmatbaho navlarining ro‘yxati 
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, moratoriy joriy etilgan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va
butalarning qimmatbaho navlarini kesish bo‘yicha:
davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali orqali arizalarni qabul qilishga;
hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan daraxtlar va
butalarni kesish uchun xulosalar berishga;
tuman (shahar) hokimliklari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnomalar
rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman
(shahar) hokimliklari ushbu band talablarini bajarish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar
ko‘rsin.
4. Belgilansinki:
davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda qimmatbaho navlardan tashqari daraxtlar va
butalar navlarini hamda tabiiy omillar yoki zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari ta’sirida
zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga,
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf tug‘diruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish
va qirqishga ruxsatnoma berish Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat
xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi
255-son va “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni
tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qarorlari asosida amalga oshiriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
“Obod mahalla” va “Obod qishloq” davlat dasturlari loyihalari asosida hududlarni
obodonlashtirish ishlarida tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida
shikastlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik
va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish
boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-

Download 71.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling