Davlat (o`zbek) tili o‘qituvchilari uchun testlar banki
Download 99.81 Kb.
|
500талик тест(1)
Davlat (o`zbek) tili o‘qituvchilari uchun testlar banki “O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi”. Ushbu jumlalar qaysi Qonunda ifodalangan? *a) “Davlat tili haqida”gi Qonunning 6-moddasida "Davlat tili haqida"gi Qonunning qayta ishlangan varianti qachon qabul qilingan? *a) 1995-yil, 25-dekabr “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida”gi yangi Nizom qachon qabul qilindi?*a) 2017-yil 15-mart Davlat ta’lim standarti o’z mohiyatiga ko’ra....*a) o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi O‘zbek tili fanidan Davlat ta’lim standarti shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning necha turi bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini belgilab beradi? *a) To‘rt turi: gapirish, nutqni tinglab tushunish, o‘qish, yozish Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili ta’limi mazmunining tarkibiy qismlarini belgilang. *a) Nutqiy kommunikativ malaka, grammatik bilim va malaka, adabiy o‘qish va milliy madaniyat Umumiy o‘rta ta’limning DTSnimani belgilaydi? *a) O‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 187- sonli «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘ g‘risida» gi qarori qachon qabul qilindi? *a) 2017 yil 6 aprel Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsadi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang. *a) O‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, eshitilgan axborotni idrok etish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirishdan iborat. Ta’lim usuli – *a) O‘qituvchi va o‘ quvchilarning ta’lim jarayonidagi aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari b o‘ lib, u o‘ quv materialini nazariy va amaliy jihatdan o‘ zlashtirish y o‘ llarini anglatadi. O’zbеk (Davlat) tili uchun 5-9 sinflarga nеcha soatdan ajratilgan? *a) 68 soat Umumta’lim o’rta maktablarida ichki nazoratlar kim tomonidan amalga oshiriladi? *a) ta’lim muassasining monitoring tomonidan; Umumta’lim o’rta maktablarida tashqi nazoratlar kim tomonidan amalga oshiriladi? *a) ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan; Sinfdan tashqari ishlar nomlari keltirilgan qatorni toping *a) savol-javob kechalari, uchrashuvlar, o’tkir zehnlilar mushoirasi, so’zlar olamiga sayohat, ko’rik tanlovlar, olimpiadalar, konferensiya, albom va devoriy gazeta Sinkveyn metodining ta’rifi keltirilgan qatorni toping *a) berilgan mavzu bo’yicha bir necha (5ta) so’z orqali o’quv matnini bayon etish metodi O’quvchilarga muayyan mavzular bo’yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradigan metod – bu… *a) BBB metodi BBB qisqartma so’zining izohi berilgan qatorni ko’rsating *a) bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim Taksonomiya bu .... *a) O’quvchilarning o’zlashtirish bosqichlarini belgilash Blum taksonomiyasining kategoriyalari ketma-ketligi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating. *a) bilish, qo’llash, tushunish, analiz, sintez, baholash O’quv maqsadlari toifalari va ketma-ketlik darajalarini tasniflab beruvchi pedagogik «Taksonomiya» so’zining ma’nosi nima? *a) yunoncha “taxis” – tartib bilan joylashtirish, “nomos” – qonun Dars tahlili shakllari to’g’ri va to’liq berilgan qatorni toping *a) qisqa (baholovchi ) tahlil, tizimli, strukturali, to’liq, aralash, psixologik, didaktik, aspektli, kompleks tahlil Dars mazmunini tahlil qilishda eng katta e'tibor nimaga qaratiladi? *a) Dars mazmunining Davlat ta'lim standarti talablariga mos kelishi Dars maqsadlarini tahlil qilishda asosiy e'tibor nimaga qaratiladi? *a) Mavzuga, o'quvchi yoshi, bilim darajasi, ta'lim-tarbiyaga Test-bu *a) Sinov, tadqiqot Dars rejasi- *a) lot. planum - tekislik, yassilik. Oldindan tuzilgan ma'lum dasturni amalga oshirish ketma-ketligi ishning bajarilishi, tadbirni o‘tkazish ketma-ketligi Loyihalar– *a) tinglovchilar tomonidan uzoq vaqt davomida turli mavzularni mustaqil ravishda o‘rganish Ilk bor testning nazariy asoslarini kim ishlab chiqqan? *a) 1883 yilda ingliz psixologi F.Galton Test topshiriqlari qaysi mezonlarga asosan tabaqalashtiriladi? *a) murakkablik, aniklik, ilmiylik, metodik Reyting tizimida qaysi so’rov turlarini qayta topshirish mumkin? *a) Joriy, oraliq, yakuniy 6-,7-sinf “O’zbek tili” -T. 2017 darsliklarining muallifi: *a) X.Muxiddinova va boshqalar 8-sinf “O’zbek tili” darsligining muallifi: *a)X.Muxiddinova, M.Yusupova, G.Akramova, N.Ikromova 9- sinf “O’zbek tili” darsligining muallifi: *a) A.Rafiyev 10-sinf “O’zbek tili” (-T., 2017y.) darsligining muallifi: *a) X.Muxiddinova, G.Muxamedjanova, F.Talipova, R.Eshbayeva 11-sinf “O’zbek tili” (-T., 2017y.) darsligining muallifi: *a) X.Muxiddinova, G.Muxamedjanova, F.Talipova, R.Eshbayeva Metod birlashmaning hujjatlari nimalardan iborat? *a) yillik ish reja, yig’ilish bayonnomalari, hisobotlar o’quv metodik hujjatlar nusxasi Metod birlashma faoliyati doirasiga nimalar kiradi? *a) metodik ishlar sinfdan tashqari ishlar, yosh mutaxassis maktabi «Yil o’qituvchisi» tanlovi necha bosqichda amalga oshiriladi? *a) 4 bosqichda «Yil o’qituvchisi» tanlovi ishtirokchisi nimaga asosan tayyorgarlik ko’radi? *a) «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, Nizom va talablarga asosan O`zbek tili fanidan majburiy ta’limning kompetensiyaviyyondashuvga asoslangan DTS va o‘quv dasturi asosida taqvim-mavzu rejani tuzuvchi: *a) D.Nuriddinova Bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar *a) muhit, irsiyat, yaxshi ustoz Har bir to‘garakka birinchi o‘quv yilida nechta o‘quvchi qabul qilinadi? *a) 10 tadan kam bo‘lmagan “Oila, maktab, mahalla hamkorligi” Konsepsiyasi qachon qabul qilingan? *a) 1994-yil Qaysi tushuncha ehtiyoj, intilish, qiziqish kabi ma`nolarni anglatadi? *a) Motiv Dars rejasi nima? *a) lot planum- tekislik, yassilik oldindan tuzilgan ma’lum dasiurni amalga oshirish ketma-ketligi ishning bajarilishi, tadbirni o’tkazish ketma-ketligi Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o’quv izlanish metodi bo’lib, tafakkurni rivojlantiradi. Bu qanday ta’lim turi? *a) evristik ta’lim Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. D’yui qaerda qanday maktabda qo‘llagan? *a) 1894 – yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan Fan o’quv xonasini jihozlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak? *a) darsliklar, o’quv metodik qo’llanmalar, ilmiy-tadqiqot ishlari, didaktik materiallar, ko’rgazmali materiallar “Kompetensiya” atamasi ilk bor kim tomonidan qo‘llangan? *a) N.Xomskiy “Texnologiya” so‘zining ma'nosi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *a) biror ishda, mahoratda, san'atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi Hozirgi kunda ta’lim sohasida faol qo‘llanayotgan «kompetensiya», «kompetensiyaviy yondashuv», «kompetentlilik» tushunchalari tilshunoslikda ilk bor kim tomonidan qo‘llanilgan? * a) XX asr o‘rtalarida N.Xomskiy tomonidan Kompetensiya – bu *a) bilim ko‘nikma va malakalardan kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va qo‘llay olish qobiliyatidir Lingvistik kompetensiyahaqidaberilganfikrqaysiqatordako’rsatilgan? *a) o’quvchining til bo’limlari bo’yicha olgan bilimlari, bu bilimlarni amaliyot bilan bog’lash ko’nikmasi va nutq hosil qilish malakasidir Nutqiy kompetensiya haqida berilgan fikr qaysi qatorda ko’rsatilgan? *a) o’quvchining notanish matnni ifodali o’qiy olish, o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og’zaki qayta bayon qila olish, fikrni yozma ravishda izchil ifodalay olish darajasi Tayanch kompetensiyalar to‘liq berilgan qatorni toping? *a) kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish va foydalanish Fanga doir kompetensiyalar to‘liq, to‘g‘ri keltirilgan javobni toping. *a) nutqiy, lingvistik kompetensiyalar Yozma nutq turlarini quyidagicha farqlash qabul qilingan? *a) bayon usuli, tasvir usuli, muhokama usuli Insho so‘zi qanday ma’noni anglatadi? *a) insho so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, «paydo qilish», «yaratmoq», «ijod», «yuzaga keltirish», «yozuv», «sochma asar», «xat» singari ma’nolarni bildiradi Insho bu… *a) insho bu – o‘quvchilarning tabiiy monologik nutqining yanada mukammal bo‘lishiga, nutqiy faoliyati tajribasining boyitilishiga qaratilgan mashq turi hisoblanadi Tasviriy insholar… *a) tasviriy insholar o‘quvchining fikrini o‘stiradi, ulardagi kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va tafakkur olamini kengaytiradi Innovatsion nazorat turlari qaysilar: *a) videinsho,videomatn, videolug‘at, videodiktant Videoinsho nima? *a) Videoinsho – tafakkur mahsuli «Videoinsho» va «Videomatn» nazorat turlarini qo‘llashdan asosiy maqsad nima? *a) o‘quvchining zamonaviy texnologik vositalar yordamida o‘z ijodkorligini mustaqil ravishda namoyon etishga o‘rgatish, o g‘zaki va yozma nutq malakalarini hamda tayanch, fanga doir kompetensiyalarini shakllantirish Videoinshoning «intervyu» qismi o‘quvchi yaratgan videoinshoning qanday nuqtasi hisoblanadi? *a) kulminatsion Videodiktant nima? *a) Videodiktant – o‘quvchilarning tafakkur va qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Videomatn nima? *a) Videomatn – o‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy va mustaqil fikrlashni shakllantiradi; Videoinshoning «asosiy qism»i umumiy ishning necha foizigacha bo‘lgan hajmini tashkil etadi? *a) 70 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi - Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 997-sonli Qarori qabul qilinishidan maqsad – ..................? *a) respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishdir; Maktabda diktant o‘tkazishdan asosiy maqsad – ................? *a) o‘quvchilarning imloviy malakalarini rivojlantirish, nazariy bilimlarini amalda tatbiq etish, nutqni to‘g‘ri o‘stirish va tayanch, fanga doir kompetensiyalarni shakllantirish; Ta’limiy diktantlarning o‘tkazilish maqsadiga ko‘ra turlari ................? *a) orfografik xarakterdagi ta’limiy diktantlar, nazariy bilimlarni mustahkamlash xarakteridagi ta’limiy diktantlar, nutq o‘stirish xarakteridagi ta’limiy diktantlar; Orfografik xarakterdagi ta’limiy diktantlarga qanday diktantlar kiradi? *a) ko‘ruv, eshituv, izohli, suhbat, rasmli, lug‘at, video, chalg‘itma diktantlar Nazariy bilimlarni mustahkamlash xarakteridagi ta’limiy diktantlarga qanday diktantlar kiradi? *a) topshiriqli, saylanma, test, misol diktantlar Ko‘ruv diktanti asosan.. *a) o‘zbek orfografiyasining tarixiy-an'anaviy tamoyillari asosida yoziladigan so‘zlarni yozishni o‘rgatadi. Rasm diktant necha variantda o‘tkaziladi? *a) uch variantda Diktantning qaysi turi o‘quvchilarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirib, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi? *a) videolug‘at diktanti Diktantning qaysi turida matndan mavzuga oid kerakli so‘z yoki so‘z birikmalari ajratib olib yoziladi? *a) saylanma diktant Bilim nima? *a) o‘rganilgan ma'lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish Malaka nima? *a) o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish Fidbek - *a) inglizcha “feedback” so‘zidan olingan bo‘lib, “qayta bog‘lanish” degan ma'noni bildiradi. Nutq o‘stirish xarakteridagi ta’limiy diktantlarga qanday diktantlar kiradi? *a) ijodiy, o‘z, erkin, tez diktantlar Diktantning qaysi turida o‘quvchilar o‘qib berilgan matnni deyarli yodga olishib erkin holda yozishadi? *a) erkin diktant Ko‘nikma nima? *a) o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish O‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘rgatishda lisoniy, psixologik to‘siqlarni yengishga yo‘naltirilgan innovatsiya qaysi javobda berilgan? *a) “Angla - anglat” O‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish orqali o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan innovatsiya berilgan javobni toping. *a) “yetib ol va o‘zib ket” Zamonaviy AKT vositalari hamda videokuzatuv moslamalaridan dars va mashg‘ulotlarning samaradorligini tahlil qilish jarayonida foydalanishga yo‘naltirilgan innovatsiya - *a) “Elektron ko‘z – yaxshi darsga do‘st” "Interfaol" so‘zi … degan ma'noni bildiradi. *a) “o‘zaro harakat qilmoq” Metod - *a) yunoncha co‘z bo‘lib, tadqiqot usuli, yo‘li Innovatsion nazorat turlari: …….....? *a) “Videoinsho”, “Videomatn”, “Videodiktant”, Videolug‘at Jonli muloqot nimani ta’minlaydi? *a) bugungi kun yoshlarini zamondosh yozuvchi, shoir, olim va taniqli insonlar bilan masofadan turib fikrlashishini ta’minlaydi “Videoinsho”, “Videomatn”, “Videodiktant”, Videolug‘at kabi nazorat turlari o‘quvchilarda nimani shakllantirishga yordam beradi? *a) tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beradi Tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beradigan innovatsion nazorat turlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang. *a) “Videoinsho”, “Videomatn”, “Videodiktant” “Masofaviy tahlil” qanday tahlil hisoblanadi? *a) bu innovatsion dars tahlili. Masofadan turib Vebkamera yodamida darslarni tahlil qilish yo‘l-yo‘riqlari Dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi xalqaro baholash dasturlari *a) PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS Trends in international mathematics and science study (TIMSS) qanday xalqaro baholash dasturi hisoblanadi? *a) 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun “TIMSS” xalqaro baholash dasturi... *a) matematik va tabiiy ilmiy ta’lim sifatini tadqiqot etadigan xalqaro monitoringdan iborat PISA (Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturi... *a) 15 yoshli o‘quvchilarning matematik, tabiiy ilmiy savodxonligi, o‘qish savodxonligi va muammolarni echa olish bo‘yicha o‘quv muvaffaqiyatlarini baholashning xalqaro dasturi TALIS (The Teaching and Learning International Survey) xalqaro baholash dasturi... *a) rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish xalqaro dasturi “Tadqiqot xarakteriga ega bo‘lib, o‘quvchilarda maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi” quyidagi ta'rif qaysi pedagogik texnologiya turiga tegishli? *a) kreativ PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro baholash dasturi... *a) matnni o‘qish va tushunish sifatini o‘rganish deb nomlangan xalqaro loyiha bo‘lib, unda 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi Ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo‘lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchalar (voqea va hodisalar, mavzular) o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish usul va vositalarini belgilang. *a) Klaster, Toifalash jadvali, Insert, BBB jadvali Ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalarini belgilang. *a) T-jadvali, Venna diagrammasi Debatlar– *a)qarama-qarshi nuqtai-nazarlarning o‘zaro bahsi (to‘qnashuvi) bo‘lib, u tinglovchilarni tanqidiy fikrlashga, turli masalalarni o‘rganish va o‘zlari haq ekanligiga boshqalarni ishontirishga o‘rgatadi. Ta'lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metod- *a)“Muammoli vaziyat” metodi “Bahs-munozara” metodidan foydalanilganda tinglovchilarda qaysi kompetensiyalar shakllanadi? *a) pedagogik kompetensiya Munozarali masalalarni hal etish hamda o‘quv jarayonining bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladigan metod – *a) “FSMU” ” Haqiqat ilmi muroqaba uchun zarurdir” fikrlari muallifi? *a) Navoiy Qaysi usul ingliz tilidan tarjima qilganda “mustahkamlash” va “taxta”ma'nolarini bildiradi? *a) “Pinbord” … yunoncha so‘z bo‘lib, “yo‘l” ma'nosini ifodalaydi. *a) metod Konstruktivizm nazariyasini ishlab chiqqan pedagog kim? *a) Djon Dyui Biror-bir masala yoki savolning muhokamasiga bag‘ishlangan qisqa press-konferensiya - *a) ”Brifing” Yan Amos Komenskiy natijali o‘quv jarayonini nima deb atagan? *a) “didaktik mashina” Bola intellekti rivojlanishi nazariyasini qaysi psixolog tomonidan ishlab chiqilgan? *a) Jan Piaje Metodika– *a) biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Bahs –munozara” metodi- *a) biror mavzu bo‘yicha ta'lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs-munozara va fikr almashuv tarzida o‘tkaziladigan metoddir. Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chiqargan qarori...*a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarori Axborot bilan ishlash kompetensiyasining A2 darajasida o’quvchi… *a) Mavjud axborotdan xulosa chiqaradi, ibrat oladi, faoliyatida qo’llay oladi Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining A2+ darajasida o’quvchi…*a) badiiy asarlarda aks etgan yuksak ma’naviy fazilatlar, shuningdek,yuksak badiiyat namunalarini anglay olish, his etish va boshqalargayetkazishga intilishi lozim Qaysi buyuk alloma ta’lim-tarbiya masalalariga doir asarlarida o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlariga katta e’tibor qaratgan? *a) Ibn Sino Rossiyalik psixolog Vigotskiy Lev Semyonovich qaysi nazariyani ishlab chiqqan? *a) Eng yaqin rivojlanish sohasi nazariyasi J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, “O’qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir o’quvchi hamda o’quvchilar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan strategiya qanday nomlanadi? *a) “Sinkveyn” (“Beshqator”) “Kichik guruhlarda ishlash” metodida guruh ishtirokchilari necha kishidan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi? *a) 3-6 kishidan Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich 2-4-sinflarida davlat tili ta’limidan o‘quvchilar A1 daraja bo‘yicha nechta so‘zdan iborat mtn mazmunini tushuna olishi kerak? *a) 30-40 ta so‘zdan iborat matn mazmunini tushuna olish Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 5-9-sinflarida davlat tili ta’limidan o‘quvchilar A2 daraja bo‘yicha nechta so‘zdan iborat matn asosida diktant yozishlari shart? *a) 80-90 so‘zdan iborat matn asosida Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich 2-4-sinflarida davlat tili ta’limidan o‘quvchilar A1 daraja bo‘yicha nechta o‘zbekcha so‘zni o‘zlashtirishi va o‘z nutqlarida qo‘llay olishi shart? *a) 650-700 ta so‘zni o‘zlashtirish va o‘z nutqlarida qo‘llay olishi shart Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 5-9-sinflarida davlat tili ta’limida o‘quvchilar A2 daraja bo‘yicha nechta so‘zdan iborat matn asosida bayon yoza bilishi kerak? *a) 120-130 so‘zli matn asosida bayon yoza bilishi «Keys-stadi» ...... *a) ta'lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sun'iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan o‘qitish usulidir. Keys-stadi so‘zining ma’nosini belgilang. *a) keys-stadi inglizcha “case” – vaziyat, holat, “study” – o‘rganish degan ma’noni bildiradi. Evristik ta’lim qanday ta’lim? *a) grekcha “izlayman”, “topaman” ma’nolarini anglatib, yo‘naltiruvchi savollarni berib borishga asoslangan o‘qitish tizimi; topqirlik, faollikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim Kognitiv texnologiya... *a) atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnoligiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi Kreativ ta’lim qanday ta’lim? *a) lotincha “yaratuvchanlik”, “ijodkorlik” ma’nolarini anglatib, o‘quvchi ijodiy qobiliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim Empirik texnologiya ... *a) sezgi a’zolari orqali bilim olish (sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda) bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi Download 99.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling