Davlat pensiya taʼminoti tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash reja kirish
O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minotining huquqiy-me’yoriy asoslari
Download 0.83 Mb.
|
shshshhshshs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. O’zbekiston pensiya ta’minoti tizimi 8
- 2-jadval Yevropada pensiya yoshi (2018 yil yanvar oyi holatiga) 9
2. O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minotining huquqiy-me’yoriy asoslariFuqarolarning ijtimoiy himoyasi O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi – pensiya ta’minoti huquqi bilan mustahkam bog’liq. Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda pensiya ta’minotining yangi tizimi paydo bo’ldi. Pensiya ta’minoti tizimining huquqiy asosini yaratilishida xukumatimiz tomonidan qator qonun va boshqa me’yoriy xujjatlar qabul qilindi. Fuqarolarning birdamlashgan davlat pensiya ta’minoti tizimi, ya’ni hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mustaqillik yillari mobaynida bosqichma-bosqich rivojlatirib borildi va besh bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda, O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 14 yanvarda “SSJI Pensiya fondining O’zbekiston jumhuriyat bo’limini tashkil etish to’g’risida” gi № 9-sonli Qarori qabul qilindi va bu SSJI Pensiya fondining O’zbekiston jumhuriyat bo’limi qator vazifalarni yuklab qo’ydi. Ikkinchi bosqichda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1993 yil 4 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug’urta jamg’armasini tashkil etish to’g’risida” gi 391-sonli Qarori qabul qilindi. Uchinchi bosqichda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya jamg’armasini tashkil etish to’g’risida” gi 459-sonli Qarori tasdiqlandi. To’rtinchi bosqichda, - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 444-sonli Qarori qabul qilindi; - 2001 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasi O’zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini boshqarish bo’yicha quyidagi funksiyalar yuklandi: − byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari kelib tushishi va ularni sarflashning har yilgi hamda choraklar bo’yicha prognoz balanslarini shakllantirish; − pensiyalar, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan to’lanadigan nafaqalarni o’z vaqtida hisoblash va to’lash; − pensiyalar va ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan to’lanadigan nafaqalarning to’g’ri hisoblanishini hamda ularning o’z vaqtida to’lanishini nazorat qilish. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining rahbarlari budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larini boshqaruvchilar hisoblanishi ham belgilab o’tildi; O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi markaziy apparati tuzilmasida xodimlari soni besh kishidan iborat bo’lgan budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlari bo’limini tashkil etish belgilandi. Beshinchi bosqichda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 oktyabrdagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini boshqarishni yanada takomillashtirish to’g’risida” gi 490-sonli Qarori tasdiqlandi. Bunga ko’ra, birinchi marta pensiya ta’minoti Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi va 2019 yil 1 yanvardan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Ijro etuvchi direktsiyasi amalda tadbiq etildi. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohatlar bugungi kunda o’zining natijalarini namayon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. Davlatimiz tomonidan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tishda mamlakatni barqaror rivojlanishini, iqtisodiy o’sish sur’atlarini yuqori darajada bo’lishini ta’minlash maqsadida budjet–soliq siyosatini yanada takomillashtirish, davlat budjeti daromadlariga mavjud zahiralarni o’rganish muhim vazifa qilib olindi. Bunda pensiya jamg’armasini boshqarish jarayoni, daromad qismini belgilovchi moliyaviy manbalarni shakllantirish tahlili, xarajatlar qismini qay darajada maqsadli sarflanishini tahlili muhim o’rin egallaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni ushbu mexanizm samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi. Mazkur hujjatda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan o’z vaqtida moliyalashtirish hamda ularni to’liq hajmda to’lash, shuningdek, respublika fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladigan qator yangiliklarni joriy etish belgilangan. Ushbu Farmonga ko’ra 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning to’lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tashkil etiladigan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ayni paytda hujjatda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi zimmasiga qo’shimcha vazifalar xam yuklangan. yangi tuzilma fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarni tayinlash, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa to’lovlarning miqdori qayta hisoblab chiqilishini ta’minlaydi. Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo’yicha tayinlangan pensiyalarga doir munosabatlarni amalga oshiradi. Pensiya ta’minoti tizimiga kiritilgan bunday yangilik fuqarolarni ijtimoiy muhofazalash samaradorligini oshirish, tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmati faoliyatini tashkil etish imkonini beradi. Zotan, fuqarolarga pensiya tayinlashning amaldagi tizimini takomillashtirish, mavjud ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishni davrning o’zi taqozo qilmoqda. Mamlakat iqtisodiy salohiyati va odamlar ijtimoiy muhofazasi bilan bog’liq ushbu masalada belgilangan qonun-qoidalarga qat’iy amal qilinishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi PF-4161 sonli Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo’limlari tashkil etilib 2020 yil 1 yanvardan aholiga pensiya ta’minoti xizmatini ko’rsatib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiyalari to’g’risida”gi Qonuni O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro’yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to’lash tartibini belgilaydi. Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash davlatlararo bitimlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi. Ish stajiga ega bo’lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo’yadi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga ajratiladigan mablag’lar va badallar miqdorlari hamda ularni to’lash muddatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar davlat soliqlari va yig’imlariga tenglashtiriladi. Pensioner va nogironlarning turmush darajasi va hayot tarzi sifatini yanada oshirish hamda ijtimoiy muhofazasini mustahkamlash, davlat pensiya tizimini 2016-2020 yillarda baarqaror rivojlantirish, maqbul ijtimoiy muhitni shakllantirish yo’li bilan fuqarolarni kafolatlangan davlat pensiyalari bilan ta’minlash hamda bu borada joylardagi shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan Kompleks chora tadbirlar ishlab chiqildi va mazkur dastur o’rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasida tasdiqlandi. Pensiya jamg’armasi faoliyatini samaradorligini oshirish uchun unga biriktirilgan daromad turlarini ko’paytirish va o’z vaqtida shakllantirilishi pensioner va nogironlarning turmush darajasi va hayot tarzi sifatini oshirishga, pensiya jamg’armasi vazifasini o’z vaqtida bajarishga va pensiya tizimining barqarorligini ta’minlashga muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shu sababli, pensiya tizimi faoliyatini takomillashtirish uchun uning daromad manbalarini ko’paytirish va xarajat yo’nalishlari aniq va ravshan yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalarida tegishli bo’limlar tashkil qilinadi. Ular tomonidan yangi tayinlangan pensiya va nafaqalarning hisoblab chiqilishi, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar qo’llanilishi to’g’riligini, shu jumladan fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlar yig’ma jildida birlamchi hujjatlarning to’liqligi va ishonarliligini tekshirish yo’li bilan yoppasiga tekshiruvlar amalga oshiriladi. Ishlovchi pensionerlarga mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan pensiyalar hamda nafaqalarning hisoblab yozilishi va to’lanishi to’g’riligini reja asosida tekshiradi. Bu esa o’z navbatida fuqarolarga pensiya va nafaqalar o’z vaqtida va to’liq to’lanishining tizimli monitoringini olib borish, qoidabuzarliklarga qarshi tegishli choralarni ko’rish imkonini beradi. Umuman olganda biz yuqorida mamlakatimizda pensiya ta’minoti tizimini shakllantirilishining hamda uning huquqiy-me’yoriy bazasini yaratilishini uzviy bog’liqlikda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini asoslab yoritib berishga xarakat qildik. Shunday qilib, O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini va uning xuquqiy asoslarini yaratilishi xukumatimizning doimo diqqat e’tiborida bo’ldi. Buning natijasida respublikamizda axolini ijtimoiy himoya qilishning asosiy bo’g’ini bo’lgan mukammal pensiya ta’minoti tizimi yaratildi va xozirgi kunda ham uni takomillashtirish yuzasidan uzluksiz ishlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimi ikki turga ajratiladi. Davlat pensiya ta’minoti tizimi – fuqarolarning qonunchilikda belgilangan keksalik yoshiga etganida, nogironlik tufayli mehnat layoqatini yo’qotganida, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo’lganida va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda pensiya ko’rinishida moddiy ta’minot berish maqsadiga ega bo’lgan iqtisodiy institutlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar yig’indisi; Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi – fuqarolarni shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob varag’laridagi mablag’lardan davlat pensiyasiga qo’shimcha ravishda pul mablag’lari bilan ta’minlash maqsadiga ega bo’lgan iqtisodiy institutlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar yig’indisidan iborat. 2-rasm. O’zbekiston pensiya ta’minoti tizimi8O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida” gi 938-XII-sonli Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, boquvchisiz qolganda davlat pensiyalarini tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to’lash tartibini belgilaydi. Qonunning 2-moddasiga asosan davlat pensiyalarining turlari quyidagilar hisoblanadi: Yoshga doir pensiya. Ushbu pensiyani erkaklar - 60 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo’lgan taqdirda, ayollar - 55 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo’lgan taqdirda ega bo’ladilar. Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar faoliyat turi, mulk va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug’urtalangan holda bajargan har qanday ishda kamida 5 yil ish staji mavjud bo’lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi. Nogironlik pensiyasi. Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Sog’lig’ini yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 avgustdagi 175-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari to’g’risida”gi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi. Vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo’ladi. Marhumning qaramog’ida turmagan otaonasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag’ manbaidan mahrum bo’lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar. Pensiya jamg’armasi daromad manbalarining shakllanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qaroriga asosan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida”gi Nizom asosida olib boriladi. Pensiya jamg’armasi daromadlarining shakllanishi nazorati Davlat Soliq Qo’mitasiga yuklangan. Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo’lganidan so’ng istalgan paytda pensiya tayinlashni so’rab murojaat etishlari mumkin. Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. Harbiy xizmatchilarni, shuningdek ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslarni hamda ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi,ularga qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiyalar olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar organlari boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar pul ta’minotining barcha turlari fuqaro shaxslarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi. Shu o’rinda Yevropaning ayrim rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlaridagi fuqarolarning pensiyaga chiqish yoshlari bo’yicha tanishsak aytish kerakki ayni muddao bo’lardi. Keltirilgan 2-jadvalda huddi shu haqda ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin bo’ladi. Bunda Yevropa mamlakatlarining ko’pchiligida huddi bizning mamlakatimizdagi siyosatga mos kelishini ko’rishimiz mumkin. Yuqorida aytib o’tganimizdek, bizda ayollar 55 yosh, erkaklar 60 yoshga to’lganda albatta belgilangan ish stajiga ega bo’lgan taqdirda pensiyaga chiqishi belgilab qo’yilgan bo’lsa, Yevropaning Rossiya, Turkiya, Fransiya, Belorussiya davlatlarida ham huddi shu holatni ko’rishimiz mumkin. Biroq, Yevrpaning ayrim mamlakatlarda yuqori yoki o’rta holatdagi yoshda ham pensiyaga chiqilayotganligini guvohi bo’lamiz. 2-jadval Yevropada pensiya yoshi (2018 yil yanvar oyi holatiga)9
Demak, jadval ma’lumotlaridan aytishimiz mumkinki Yevropada yuqori pensiya yoshi 65 yoshdan katta, o’rta pensiya yoshi 60 yoshdan katta hamda past pensiya yoshi esa 60 yoshgacha tashkil etadi. Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiyalari to’g’risida”gi Qonuni 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil (hozircha 5 yil, 2016 yilning 1 iyulidan boshlab 7 yil) ish staji mavjud bo’lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro’yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar: − yoshidan qat’iy nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro’yxati; − umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning 2-sonli ro’yxati; − umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko’rsatkichlarning 3-sonli ro’yxati. Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Sog’lig’ini yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to’g’risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy- mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar ish stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi. 20 yoshga to’lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to’xtatilganidan keyin nogiron bo’lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling