15-modda. Xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minotiga qo‘yiladigan sanitariya talablari
Davlat idoralari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minotining markazlashtirilgan tizimlari yetkazib beradigan suvning sifati gigiyena talablariga va davlat standartlariga mos bo‘lishini ta’minlashlari shart.
Markazlashtirilgan tartibda xo‘jalik-ichimlik suvi yetkazib beradigan suv quvurlari va ularning manbalari uchun maxsus tartiblar o‘rnatilgan sanitariya muhofazasi maydoni belgilab qo‘yiladi.
Suv quvurlarining, ular suv oladigan manbalarning sanitariya muhofazasi maydonlari, ularning sanitariya tartiboti mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosa
Atrof muhitni sog‘lomlashtirish, ovqatlanishni, mehnat, turmush, dam olish, ta’lim-tarbiya berish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik, sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tashkiliy tadbirlar majmuini amalga oshirish asosida odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash huquqlarini kafolatlash;
xalq xo‘jalik obyektlari, texnologiya uskunalarini va asboblarini, transport vositalarini rivojlantirish, joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushurish chog‘ida atrof muhit omillari aholi salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olishga qaratilgan faoliyatining ustivorligini ta’minlash;
aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish;
sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish va ijtimoiy faoliyatning majburiy qismi sifatida amalga oshirish;
Adabiyotlar rо`yxati:
Антонов И. П. Основи правовой системи Федеративной Республики ГерманиЙ. (Теоретический и историко-правовой аспекти). – М.: Академия управления МВД России, 2013. – 147 c.
Боботов С. В., Жигачев И. Й. Введение в правовую систему США. – М.: Норма, 2015. – 333 с.
Введение в шведское право. – М.: Прогресс, 2006. – 387 с.
Давид Р., Жоффре-Спинози К. Основние правовие системи современности. – М.: Междунар. отношения, 2006. – 400 с.
Давид Р. Основние правовие системи современности. – М.: Международние отношения, 1986. – 380 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |