Odamning qulay atrof muhit sharoitlariga ega bo‘lish huquqi - Odamning qulay atrof muhit sharoitlariga ega bo‘lish huquqi
- Har bir odam qulay atrof muhit sharoitlariga ega bo‘lishga haqli.
- Aholi salomatligi va atrof muhitning ahvoli haqida axborot olish huquqi
- Har bir kishi kasalliklar, epidemiya va radiatsiya vaziyati, atrof muhitning holati hamda ularning odamlar salomatligiga ta’siri haqida, shuningdek gigiyena sohasidagi va maxsus o‘tkazilgan boshqa ekspertizalar haqida haqqoniy ma’lumot olish huquqiga ega.
Odamning salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘latish huquqi - Odamning salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘latish huquqi
- Har bir odam atrof muhitning zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa omillari, shuningdek sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’moli mollari va boshqa sanoat buyumlari ta’sirida o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘latib olishga haqlidir.
- Tibbiy ko‘rikdan o‘tishning majburiyligi
- Yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xodimlari dastlabki hamda davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbkiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Sanitariya nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalar - Sanitariya nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalar
- O‘zbekiston Respublikasining davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati qaysi idoraga bo‘ysunishidan va mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |