Davlat sektorida ichki auditga tayyorgarlik O‘zbekiston Respublikasi davlat sektorida ichki audit bo‘yicha dastlabki nizom Jahon bankining «O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi auditni institutsional rivojlanishi va takom illashtirish»


Download 31.27 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi31.27 Kb.
#1571293
1   2   3
Bog'liq
Davlat sektorida ichki auditga tayyorgarlik

Nazorat muhiti. «Ichki nazorat muhiti» tushunchasi juda oddiy va aniq.
U tashkil etishning hamma umumiy xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, nazorat tizimini yengil harakatga keltirish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Haqiqatda esa tegishli yo‘lga qo‘yilgan «muhitsiz» hech qanday ichki nazorat va audit tizimini hayotga tatbiq etib bo‘lmaydi.
U ning asosiy xususiyati Davlat moliyasini boshqarish islohotlarini samarali joriy etish hisoblanadi. Unga tegishli qo‘shimchalar kiritiladi:
1) tashkiliy strukturani ishonchli tashkil etish deganda, javobgarligi va rahbariyatga bo‘ysinishi tushuniladi va 2) yaxshi boshqarish inson resurslari siyosatiga to‘g‘riligi va asosliligini o ‘z ichiga oladi.
Riskni baholash. Riskni baholash (yoki riskni aniqlash) riskni tahlil qilish asosida tashkilot yoki idoralarning maqsadga erishishlarini ta’minlash uchun ichki nazorat hususiyatiga asoslanadi. Rahbariyat riskni pasaytirish m aqsadida nazoratni joriy etish yo‘li bilan riskni baholaydi. Riskni baholash bilan bog‘liq tushuncha davlat sektori uchun yangi hisoblanadi. Haqiqatda esa rahbariyatni yashirin amaliyotidagi rasmiyatchilik hisoblanadi. Lekin bunday rasmiyatchilik daromad usuli bilan ichki nazorat va auditorlik ishlari amaliyotlari uchun katta yordam beradi.
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasining ko‘rsatishicha, bunday vazifa yechim ini topish u chun boshqaruv risklari amaliyotidan foydalanish lozim.
Risk deganda, budjet tashkilotlari o ‘z faoliyatini amalga oshirishda negativ hodisalarni paydo b o ‘lishi ehtim oli tushuniladi. Risklarni klassifikatsiyasi turli xil bo‘lishi va ko‘p jihatdan budjet tashkilotlarining faoliyatiga bog‘liqdir. Bizning fikrim izcha, risklam i operatsion va auditorlik risklariga bo‘lish mumkin.
Operatsion risk deganda, davlat funksiyasi va davlat xizmatlarini taqdim qilishda budjet tashkilotlarida operatsiyalarni bajarishdagi belgilangan jarayon va amaliyotlarining buzilishini paydo bo'lishi tushuniladi. O‘z navbatida,
auditorlik risklari deganda, xato yoki noto‘g‘ri fikr bildirish, aniqlash, identilikatsiya va xato hamda kam chiliklarni baholash tushuniladi.
Risklarni boshqarish protseduralari risklarni identifikatsiyalash, uni miqdori va sifatini baholash, risklarni kam aytirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni qabul qilish va risklarni doimiy monitoring qilishni o‘z ichiga oladi.
Budjet tashkilotlari risklarini boshqarishda protseduralarni amalga oshirishda analitik va amaliy metodlardan foydalaniladi. Analitik metod risklarning ta ’sirini aniqlash instrumenti hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- risklarni prognozlashtirish tizimini joriy qilish;
- risklarning oldini oluvchi ogohlantiruvchi mexanizmlarni joriy qilish;
- risklarning ustuvorligini aniqlash;
- risklarning doimiy monitoringini amalga oshirish.
O’z navbatida. amaliy usullar risk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishda paydo bo‘ladigan negativ holatlarni kam aytirish uchun mo‘ljallangan va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- sodir bo‘lishi mumkin bo’lgan negativ holatlari operativ bartaraf etish mexanizmini ishlab chiqish;
- sug‘urta risklari tizimini yaratish.
Nazorat bokyicha tadbirlar bo‘yicha «siyosat va jarayonlar, muassasa belgilagan risk masalalarini yechish va muassasa maqsadlariga erishish» sifatida aniqlanadi. Ular ma’lum muassasa moliyaviy yoki operatsion faoliyati sifatida o‘rnatiladi va muassasaning hamma funksiyasi hamda barcha darajasi bo‘yicha o’tkaziladi. Lekin ichki nazoratni umumiy xususiyatlari bo’lib, ular ichki nazoratning har qanday tizimiga taalluqli b’oladi:
Tizim va siyosat:
- Axborotlarni boshqarishni ishonchli tizimi, ketma-ketlikda «Davlat moliyasini boshqarishni axborot tizimi»ni amaliyotga joriy etish hisoblanadi;
- Hisobot tizimi, boshqaruv zanjirining har bir darajasida aniq javobgarliklari aniqlangan va operatsiyalarning obzori, jarayonlar va faoliyatni hamda rahbariyatni o‘z ichiga oladi ;
- Qoida: vazifalarni ajratish (ruxsat berish, qayta ishlash, yozuv, obzor faqat bir agent yoki bir bo‘lim tomonidan bajarilmasligi kerak);
Protseduralar:
- ijobiy baho berish va ruxsat berish protsedurasi;
- resurs va yozuvlarga ruxsat berishning nazorati;
- tekshirish, muvofiqlashtirish;
- mohyaviy holat, protseduralarni qamrab olish va mablag‘lar saqlanishini hujjatlashtirish hamda moliyaviy yozuvlarning ishonchliligi;
- hamma tizim, qoida va protseduralar hujjatlashtirish protsedura, qoida, jaryonlar ketma-ketligi bo‘yicha chizma, guruhlashtirish va boshqalar.
Har bir asosiy moliyaviy yoki operatsion protsesslar yoki sikllar bo‘yicha operatorlar yoki operatsiyalar aniqlanadi va kuzatib boriladi. Shunday qilib, «auditor izi» yaratiladi, natijada ichki audit funksiyasini samarali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Almashinuv va axborotni samarali jarayonlari yaxshi ichki nazorat tizimining kaliti hisoblanadi. Haqiqatda ishonchli, o‘rinli va muhim axborot identilikatsiya qilinadi, qayta ishlanadi va shakl hamda muddatlarda beriladi, natijada odamlarga
o‘zining ichki nazorati va boshqa vazifalarini amalga oshirish imkonini beradi.
Monitoring rahbariyat tomonidan nazorat tadbirlarini doimiy o‘tkazish imkonini beradi. Monitoring jarayoni, tegishli nazorat jarayonlari hamma biznes tadbirlari bo‘yicha amalga oshirilishi va ushbu protseduralarga rioya qilinishi rahbariyat tomonidan doimiy amalga oshiriladigan nazorat tadbirlaridan director hamda rahbariyatga ishonchli kafolat beradi. Rasmiy protseduralar zaif tomonlarini aniqlash uchun talab qilinadi va tegishli tuzatish tadbirlari bilan ta’minlaydi hamda ular maqsadga erishish uchun qo‘shimcha nazorat tadbirlarini amalga oshirish imkonini beradi. Monitoring auditor tavsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
Ichki auditning funksiyasi organ (m axsus tuzilgan ichki tarkibiy bo‘linm a) tom onidan am alga oshiriladi, uning to ­ m onidan rahbariyatga ichki nazorat tizim i sam arali faoliyat yuritm oqda va iqtisodiy resurslardan sam arali foydalanishga nazorat tizim ining hissasi b o ‘yicha tavsiyalar beradi.
Ichki auditning maqsadi — bu tavsiyalarni tuzish, rahbariyat tomonidan hisobga olinadigan majburiy tadbir hisoblanadi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish rahbariyat javobgarligi hisoblanadi.
Xatolar bilan ishlash ichki audit faoliyati doirasiga kiradi, lekin qalloblikka qarshi choralar qabul qilish uning vazifalari doirasidan tashqariga chiqadi. Qalloblikka qarshi kurash, rahbariyat tizimining markaziy elementi bo‘lib, asosiy xususiyatidan kelib chiqadi.
Ichki audit xalqaro tan olingan standartlarni tan oladi va qo‘llaydi. Ichki Auditorlar Instituti tomonidan ishlab chiqilgan Audit Standartlari Tasnifiy Standartlar, Ijro Standartlari va Realizatsiya Standartlaridan tashkil topadi. Tasnifiy Standartlar tashkilot va tomonlarning ichki audit faoliyatini amalga oshirishni tasnifiga taalluqli bo‘ladi. Ular asosan mustaqillik, xolislik va kasbiy mahoratlarini o‘z ichiga oladi.
Aktivlarning holatini tekshirish natijalari aktivlarni xatlovdan o’tkazishning asoslanishi hamda ularning harakati, amalda mavjudligi va saqlanishi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olshi kerak.
Shuningdek, o’tkaziladigan tekshirishlar bo’yicha barcha hisobotlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari faoliyati baholanishini, aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlari bartaraf etishga doir tavsiyalarni, tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga oladigan yakuniy qism bo’lishi kerak.
O’tkazilgan ichki audit yakunlari bo’yicha, yuqoridagilarga asosan, ichki audit rahbari tomonidan imzolanadigan yig’ma hisobot tuziladi. Ichki audit yig’ma hisoboti:

  • tahliliy qismni;

  • yakuniy qismni;

  • tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga olishi kerak.

Ichki audit yig’ma hisobotining tahliliy qismi, yuqoridagilarga asosan, ichki audit xodimlari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari to’g’risidagi umumlashtirilgan axborotni o’z ichiga olishi kerak.
Ichki audit hisobotining yakuniy qismi:

  • korxonaning ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari faoliyatiga, shuningdek, likvidligigiga umumiy bahoni;

  • aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etish bo’yicha ichki audit xizmatining tavsiyalarini hamda korxonaning moliya- xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir umumlashtirilgan takliflarni o’z ichiga olishi kerak.

Yig’ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida tugallanishi lozim.
Yig’ma hisobotlar bevosita korxonaning kuzatuvchi kengashiga uning ko’rib chiqishi va keyinchalik tasdiqlashi uchun taqdim etilishi kerak. Hisobotlar nusxalari tasdiqlanganidan keyin korxona ijro etuvchi organiga taqdim etilishi kerak.
Korxonaning ijro etuvchi organi ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rishi shart. Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek umuman korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarning o’z vaqtida va zarar darajada bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmati xodimlari:

  • o’zlari o’tkazgan tekshirishlar natijalari buzib ko’rsatilganligi;

  • ularga taqdim etilgan yoki ular tomonidan xizmat vazifalarining bajarilishi munosabati bilan ularga ma’lum bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning sirini tashkil etadigan axborotning maxfiyligiga rioya qilinmaganligi;

  • olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishi ta’minlanishi uchun javob beradilar.

Аudit obʼekti xavf darajalarini aniqlashda quyidagi xavf omillaridan foydalaniladi:

  • obʼektning yillik moliyalashtirish hajmi;

  • obʼektga ajratilgan mablagʼlarning oʼzlashtirilishi;

  • obʼektda rahbariyat va moliya-xoʼjalik tuzilmalari xodimlarining qoʼnimsizligi;

  • obʼektning moliyaviy faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari;

  • faoliyat yuritayotgan xodimlar soni;

  • oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan tranzaktsiyalar soni;

  • tuzilgan shartnomalar soni;

  • ichida moliyaviy nazorat va ichki audit tadbiri amalga oshirilmagan davr;

  • debitor va kreditor qarzdorlik hajmining oʼsishi.

Ichki auditni o’tkazish bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Ichki auditni rejalashtirish

  2. Ichki auditni o’tkazish

  3. Ichki audit hisobotini tuzish

  4. Keyingi auditorlik tekshiruvini o’tkazish

Ichki auditning asosiy jarayonlari rejalashtirish, dalil to’plash, natijalarni umumlashtirish, berilgan tavsiyalarning bajarilishi ustidan nazorat va paydo bo’lgan nomuvofiq holatlarni to’g’rilash hisoblanadi. Ichki auditning asosiy xususiyatidan biri uning oldindan puxta tuzilgan reja asosida olib borilishidir. Buning uchun korxona - tashkilotning ichki auditga bo’lgan zaruriyatlarini o’rganish va quyidagi bosqichlarni amalga oshirish kerak bo’ladi:
1. Ichki auditni rejalashtirish. Bu bosqichda quyidagi ishlar tartib bilan bajarilishi lozim:
• tekshiruvga tayyorgarlik;
• tekshiruvni o’tkazish rejasi va dasturini tuzish.
2. Ichki auditni o’tkazish. Tekshiruv jarayoniga ichki auditorlarning ishtiroki shunday rejalashtirilishi kerakki, u

  • ishni joyida tashkil qilish;

  • kutilmagan inventarizatsiyani o’tkazish;

  • tekshirilayotgan ob’ektni tekshirish;

  • xo’jalik muomalalarini hujjatli tekshirish (zarur hollarda ekspertlarni jalb qilish);

  • tekshiruvning boshqa jarayonlarini amalga oshirish.

3. Ichki audit hisoboti – tekshiruvning yakuniy bosqichi va u quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• tekshiruv materiallarini bir tizimga keltirish;
• tekshirilayotgan ob’ektning mas’ul shaxslari roziligi va imzosi bilan tasdiqlangan tekshiruv hisoboti hujjatlarini tuzish;
• kuzatuv kengashiga tayinlangan mas’ul shaxslarning tekshiruv natijalari haqidagi axboroti.
4. Keyingi auditorlik tekshiruvini o’tkazish – bu kelgusi hisobot davri uchun amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, u quyidagilarni ta’minlashi zarur:
• Xatolarni, kamchiliklarni, noaniqliklarni bartaraf etish;
• Bartaraf etilishi lozim bo’lgan kamchiliklar yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Ichki auditning bosqichma-bosqich rejalashtirilishi ichki audit xizmati ishining qay darajada olib borilishiga bog’liq.
Ichki auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. tekshiruvga tayyorgarlik;

  2. tekshiruvni o’tkazish rejasi va dasturini tuzish.

Ichki audit tekshiruvini o’tkazishga tayyorgarlik:
1. Guruh qatnashchilari: reja bilan to’liq tanishish, tekshiriv chegaralarini aniqlab olish, o’ziga tegishli bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlar bilan tanishish orqali eng muhim savollarga javob topish;
2. Bosh auditor quyidagi vazifalarni bajaradi: rejada belgilangan va tekshiruv ob’yektiga aloqador bo’lgan barcha hujjatlarni to’plash, chunonchi, tashkiliy-boshqaruv va lavozim yo’riqnomalarini, jarayon xaritalari, ularning batafsil bayoni, huquq va majburiyatlar taqsimoti jadvali va hokazo. Bundan tashqari, auditorlik guruhini tayinlashi, tekshiruv jadvalini tuzishi, savol varaqasini tayyorlashi va auditorlarni ishchi materiallar bilan, ya’ni nazorat savolnomasi, auditor jurnali, nomuvofiqliklarni rasmiylashtiruvchi hujjat blankalari va shunga o’xshash materiallar bilan ta’minlashi zarur.
Ichki audit rahbari quyidagilarni bajarishi lozim:

  1. Ichki audit dasturining hajmini belgilash, ichki audit dasturi uchun xatarlarni aniqlsh va baholash

  2. Ichki audit o’tkazish uchun javobgarlik o’rnatish, ichki audit dasturi uchun tadbirlar ishlab chiqish

  3. Zarur resurslarni belgilash, ichki audit dasturining bajarilishini ta’minlash

  4. Ichki audit dasturi bo’yicha ishchi hujjatlarni to’ldirish va ularni saqlanishini ta’minlash, ichki audit dasturini takomillashtirish, uni tahlil qilish va monitoringini o’tkazish

Ichki auditorlik tekshiruvi oldindan belgilangan amallar orqali amalga oshiriladi. Ularning algoritmi quyidagich bo’lishi mumkin:
1. Kirish yig’ilishi;
2. Ma’lumotlarni yig’ish va ularni qayta ishlash;
3. Yakuniy yig’ilish;
4. Auditorlik tekshiruvi haqida hisobotni tuzish;
5. Hisobotni tasqiqlash uchun taqdim etish;
6. Hisobotni korxonaning manfaatdor shaxslariga yuborish;
7. Kamchiliklarni bartaraf etish;
8. Tuzatuv va ogohlantiruv amallarini ishlab chiqish va yo’lga qo’yish;
9. Inspektsion nazorat;
10. Tekshirish natijalarini ro’yxatga olish;
11. Kamchiliklar bartaraf etilishi haqida axborot berish;
12. Ichki auditor faylini shakllantirish.
Ichki auditorlarni o’tkazgan tahlillari:

  1. Moliyaviy hisobotning haqiqiy ko’rsatkichlarini korxonaning reja ko’rsatkichlari bilan solishtirish

  2. Moliyaviy hisobotning haqiqiy ko’rsatkichlarini ichki auditor belgilagan prognoz ko’rsatkichlari bilan solishtirish

  3. Moliyaviy hisobotning haqiqiy ko’rsatkichlarini amaldagi qonunchilik, normativ aktlar va korxonaning o’zi o’rnatgan normativ ko’rsatkichlar bilan solishtirish

  4. Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmagan ma’lumotlar bilan solishtirish

  5. Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini sohaning o’rtacha ma’lumotlari bilan solishtirish

  6. Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlaridagi vaqt o’tishi bilan kechgan o’zgarishlar va ular bilan bog’liq nisbiy koeffisiyentlar tahlili

Ichki audit dasturini bajarish:

  1. ichki audit o’tkazishga oid faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, bu faoliyatni boshqarish va uni yaxshilash uchun zarur moliyaviy resurslar

  2. Ichki auditni o’tkazish usullari, ichki audit dasturi va unga tegishli xatarlar hajmi

  3. Ichki audit dasturining aniq maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmaga ega ichki auditorlar va texnik ekspertlarning mavjudligi

  4. Ichki audit paytida yuzaga keluvchi vaqt va moliyaviy chiqimlar

  5. Mavjud axborot texnologiyalari va kommunikasiya vositalari

Ichki auditorlar ishtirokining shakli va usullari:

  1. Tegishli komissiya va qo’mitalar yig’ilishlarida tegishli masalalarning muhokama qilinishida qatnashish

  2. Korxonaning turli darajadagi rahbarlari bilan ishchi uchrashuvlari o’tkazish

  3. Korxona rahbariyatiga ichki nazorat tizimini qayta qurishda ko’maklashish

Korxonada ichki audit xizmatini tashkil etishda “Ichki auditni o’tkazish tartibi” ishchi hujjatni tayyorlash va tasdiqlash juda muhim. Tasdiqlangan bu hujjat keyingi tekshiruvlarda muhim axamiyat kasb etadi. Hujjatni tayyorlashda yillik reja va ichki auditorlik tekshiruvlarining reja-grafiklarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.
Korxonalarda ichki audit o’tkazish tartibi:

  1. Auditorlik tekshiruvini o’tkazishga tayyorgarlik - Audit qilinadigan ob’ektning holati va faoliyatining asosiy parametrlarini aniqlash. Risk omillarini sifatli baholash “Ichki nazorat tizimlarini” baholash

  2. Axborot ta’minoti - Huquqiy, iqtisodiy tashkiliy- texnologik va tashkiliy ta’minot hujjatlari tarkibini aniqlash

  3. Ishlarni o’tkazish rejasini tuzish - Tekshirish masalalari bo’yicha zarur axborotlarni olish. Ishlarning kalendar grafigini tuzishlar va majburiyatlarni taqsimlash. Ishchi hujjatlar tarkibini aniqlash (ish daftari, test blankalari, savolnoma)

  4. Ishlarni bajarish jarayoni - Har bir masala bo’yicha ishlarni bajarish metodlarini aniqlash zarur axborotlarni olish va uni tizimlashtirish

  5. Auditorning hisobotida keltirilgan takliflarni korxona rahbariyati bilan muhokama qilish - Dastlabki takliflarni berish, auditor xulosasini (taklifni) asoslash uchun ma’lumotlarga zarurat tug’ilsa, qo’shimcha axborotlar olish

  6. Auditorning hisobotini va takliflarini tayyorlash - Masalalar bo’yicha auditorlik xulosalarini tizimlashtirish, umumlashtiruvchi xulosalarni rasmiylashtirish, umumiy va xususiy xulosalarning asosiy ishonchlilik darajalariga ajratish

  7. Auditorlik tekshiruvlari natijalari bo’yicha qarorlar va takliflarni joriy etish - Berilgan parametrlardan buzilishlar va og’ishlarni dasturiy bartaraf etish bilan mos holda buyruq va ko’rsatmalar loyihalarini tayyorlash

Ichki audit o’tkazish tartibi :

  1. Tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini tekshirish

  2. Hisob siyosati bo’yicha korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilish

  3. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning holati

  4. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi

  5. Moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi

  6. Aktivlarning holati va ichki nazoratni olib borish

Standart 2200: O’zaro harakat Rejalashtirilishiga qaraganda, ”Ichki auditorlar har bir o’zaro harakat uchun reja ishlab chiqarishi va hujjatlashtirishi shart, buning ichiga o’zaro harakat maqsadlari, vaqt taqsimlanishi,va manbalarning taqsimlanishi ham kiradi ”
O’zaro harakat rejalashtirilishida ichki audit funksiyasi quyidagilarni hisobga olishi kerak:
• Faoliyatning ko’rib chiqilayotgan maqsadlari va faoliyaning o’z ijrosini nazorat qilish usullari;
• Faoliyatga nisbatan bo’lgan ahamiyatli xavf-xatar,uning maqsadlari, zahiralari, shuningdek, operatsiyalar, va xavf-xatarning salohiyatli ta’sirini maqbul darajasida ushlab turish usullari;
• Tegishli doirasida yoki modelga nisbatan faoliyatini boshqarish, xatarlarni boshqarish va nazorat qilish jarayonlari malakasi va samaradorligi
• Faoliyatni boshqarish , xavf-xatarni boshqarish va jarayonlar nazorati uchun muhim yaxshilashlar kiritish imkoniyatlari
Quyidagi standartlar o’zaro harakat ichki auditini rejalashtirganda qo’llaniladi:
• “Har bir Ichki harakat uchun maqsadlar o’rnatilgan bo’lishi kerak” (Standart 2210 : Ichki Harakat Maqsadlari)
• “O’rnatilgan ko’lam ichki harakat maqsadlariga erishish uchun yetarli bo’lishi shart “ (Standart 2220 : O’rnatilgan ko’lam ichki harakati)
• "Ichki auditorlar har bir o’zaro harakatning murakkabligi va tabiati, vaqt cheklanishlarini va mavjud resurslarni baholash asosida ish maqsadlariga erishish uchun tegishli va yetarli resurslarini aniqlash kerak".(Standart 2230: O’zaro Harakat resurslari Taqsimlanishi)
• “Ichki auditorlar o’zaro harakat maqsadlariga erishadigan ish dasturlarini ishlab chiqarishi va hujjatlashtirishi zarur ”( Standart 2240 :O’zaro harakat Ish Dasturi)
Ichki audit xalqaro tan olingan standartlarni tan oladi va qo‘llaydi. Ichki Auditorlar Instituti tom onidan ishlab chiqilgan Audit Standartlari Tasnifiy Standartlar, Ijro Standartlari va Realizatsiya Standartlaridan tashkil topadi.
Tasnifiy Standartlar tashkilot va tomonlarning ichki audit faoliyatini amalga oshirishni tasnifiga taalluqli bo‘ladi. Ular asosan mustaqillik, xolislik va kasbiy mahoratlarini o‘z ichiga oladi.

Download 31.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling