Davlat sektorida ichki auditning axloq kodeksi va xalqaro standartlari


Download 78.71 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi78.71 Kb.
#1570647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat sektorida ichki auditning axloq kodeksi va xalqaro standartlari

Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati. Auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik tashkiloti obro’sini ko’tarish va rivojlantirish bo’yicha harakat qilishi, boshqa xodimlar va rahbarlar bilan samimiy munosabatni qo’llab-quvvatlashi lozim. Auditorlik tashkiloti professional faoliyat bo’yicha usullarni amalga joriy etish, o’zining xodimlari malakasi va bilimini oshirish bo’yicha doimo qayg’urishi lozim.

Auditorlar doimo o’zining ishini sidqidildan bajarishi lozim. Auditorlarning o’z auditorlik firmalarini tez-tez o’zgartirib turishi axloq me’yorlariga zid holat hisoblanadi. Auditor auditorlik tashkilotini tark etayotganida auditorlik tashkilotiga tegishli barcha holatlarni to’liq hajmda va vijdonan topshirishi lozim.

  1. Nashr qilinadigan axborot va reklama. Auditorlar haqidagi ma’lumotni nashr qilish va auditorlik xizmatlarini reklama qilish ommaviy axborot vositalari, auditorlarning maxsus nashrlari va boshqalarda amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik xizmatini reklama qilish to’g’ri, aniq va ishonchli bo’lishi lozim. Axloq kodeksiga zid bo’lgan quyidagi reklama va nashrlarga ruxsat berilmaydi:

  • mijozlar to’g’risidagi maxfiy axborotni ochish mumkin bo’lgan ma’lumot;

  • muayyan sohadagi biron-bir mutaxassisga asoslanmagan shikoyat.

  1. Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada auditorning harakati. Auditor auditorlik faoliyati davrida boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmasligi lozim.

  2. Xalqaro faoliyat. Axloqiy talablarni qo’llashda xalqaro amaliyotda bir qator vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Auditor faqat bir davlatning kasbiy tashkiloti vakili hisoblanishi yoki o’zi xizmat ko’rsatayotgan davlatda kasbiy

tashkilot vakili hisoblanishi holati har bir alohida vaziyatda ishni yuritish usuliga ta’sir etmasligi lozim.
Bir davlatda attestatsiyalangan auditor boshqa davlatda yashashi yoki xizmat ko’rsatishi maqsadida u erda vaqtincha bo’lishi mumkin. Har qanday holda ham auditor audit standartlari va axloqiy talablarga muvofiq ravishda kasbiy xizmatlar ko’rsatishi lozim. Agar auditor «A» davlatda xizmatlar ko’rsatsa va ushbu davlatning axloqiy talablari «V» davlatda qabul qilingan talablardan farqlansa, quyidagi qoidalar qo’llaniladi:

  • xizmat taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra engilroq bo’lsa, bu holda «V» davlat auditorlarining axloq kodeksi qo’llanilishi lozim;

  • xizmatlar taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra qattiqroq bo’lsa, bu holda xizmatlar ko’rsatilayotgan «A» davlatdagi axloqiy talablar qo’llanilishi lozim.

  • mamlakatning milliy (axloqiy) talablari mamlakat tashqarisida xizmatlarni bajarishda majburiy hisoblansa va yuqorida bayon etilganlardan ko’ra qattiqroq bo’lsa, bu holda milliy talablar qo’llanilishi lozim.

Download 78.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling