Davlat sektorida ichki auditning axloq kodeksi va xalqaro standartlari


Soliq munosabatlari va professional xizmat uchun haq to’lash


Download 78.71 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi78.71 Kb.
#1570647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat sektorida ichki auditning axloq kodeksi va xalqaro standartlari

Soliq munosabatlari va professional xizmat uchun haq to’lash


Auditorlar soliqqa tortish to’g’risidagi qonunchilikka har tomonlama qat’iy rioya qilishga majburlar: ular o’z daromadlarini soliqqa tortilishdan ongli ravishda yashirmasliklari yoki boshqa tarzda o’z manfaatlari yo boshqa shaxslar manfaatlari
uchun soliq qonunchiliklarini buzishlari mumkin emas.
Soliqqa tortish bo’yicha professional xizmat ko’rsatishda auditor mijoz manfaatlariga tayanadi. Shu bilan birga u soliq qonunchiligiga amal qilishga majbur va mijozning soliq to’lashdan bosh tortish va soliq xizmatini aldash maqsadlaridagi soxtakorliklarga yordam berishi mumkin emas.
Majburiy audit o’tkazish davomida aniqlangan soliq qonunchiligining buzilishlari, hisoblashlardagi va soliq to’lovlardagi xatoliklar haqida auditorlar mijozning ma’muriyatiga va aktsionerlik jamiyatiga yozma shaklda xabar qilishi, ularni ehtimoliy oqibatlar va qoida buzishlar hamda xatolarni tuzatish yo’llari haqida ogohlantirishi zarur.
Soliqqa tortish sohasidagi tavsiyalar va maslahatlarni auditor mijozga faqat yozma shaklda taqdim etishga majbur. Bunda u o’z tavsiyasi soliq idoralari bilan har qanday muammoni hal qilish borasida mijozni umidvor qilmasligi, shuningdek, mijozning soliq deklaratsiyasini va boshqa soliq hisobotlarini tuzish va ularning mazmuni uchun javobgarlik mijozning zimmasida bo’lishi haqida ogohlantirishi zarur.
Auditorning professional xizmati uchun to’lovlar, agar u bajarilgan xizmatning hajmi va sifatiga bog’liq holda to’lansa, kasb etikasi me’yorlariga javob beradi. U ko’rsatilayotgan xizmatning murakkabligiga, auditorning malakasiga, tajribasiga, kasbiy obro’siga va javobgarlik darajasiga ham bog’liq bo’lishi mumkin.
Auditorning professional xizmatiga to’lovlar miqdori qandaydir ma’lum bir natijaga erishishga yoki yuqorida ko’rsatilgan holatlardan boshqa vaziyatlarga bog’liq bo’lmasligi lozim.
Auditor mijoz bilan o’z xizmatiga haq to’lash shartlari va qoidalarini oldindan kelishib olishi va yozma ravishda mustahkamlab qo’yishi lozim.
Bitta mijozning to’lagan haqqa auditorning ko’rsatgan xizmatlari uchun yillik to’lovni yoki uning katta bir qismni tashkil etishi holati kasb etikasiga rioya qilinganligini shubha ostiga qo’yadi.


Download 78.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling