Davlat sektorida ichki auditning axloq kodeksi va xalqaro standartlari


Download 78.71 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi78.71 Kb.
#1570647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat sektorida ichki auditning axloq kodeksi va xalqaro standartlari

Auditor va tashkilot hodimlarining o’zaro munosabatlari
Auditorlar boshqa auditorlarga nisbatan do’stona munosabatda bo’lishlari, ularning faoliyatlarini tanqid qilishdan va boshqa hamkasblariga zarar keltiruvchi ongli hatti-harakatlardan tiyilishlari lozim.
Mijoz auditorni almashtirganda, auditor hamkasblariga nisbatan odob doirasidan chiqmasdan munosabatda bo’lishi, ya’ni tayinlangan auditorga mijoz va auditorni almashtirish haqida ma’lumotlar olishda yordamlashishi kerak. Yangi tayinlangan auditorga ma’lumotlar axloq me’yorlariga rioya qilingan holda yozma shaklda beriladi. Yangidan taklif qilingan auditor, agar bunday taklif mijoz tomonidan o’tkazilgan tanlovning natijasi bo’lmasa, taklifga rozi bo’lishdan oldin avvalgi auditorga yozma so’rov yuborish va undan voz kechilishiga professional sabab yo’qligiga ishonch hosil qilishi zarur.
Yangi taklif qilingan auditor, avvalgi auditordan belgilangan vaqt davomida o’z so’roviga javob olmasa va qo’llangan choralarga qaramay, uning ushbu mijoz bilan hamkorlik qilishiga to’siq bo’luvchi holatlar haqida boshqa ma’lumotlarga ega bo’lmasa, olgan taklifga ijobiy javob berishi mumkin.
Auditor mijozining manfaatlarini ko’zlab va uning roziligi bilan kasbiy xizmat ko’rsatish uchun boshqa auditorlarni va mutaxassislarni taklif etish huquqiga ega. Qo’shimcha ravishda jalb etilgan boshqa auditorlar (mutaxassislar) mijozning vakili bilan asosiy auditorlarning ishonchlilik va kasbiy sifatlarini muhokama qilishdan tiyilishi, uni taklif qilgan hamkasblariga nisbatan maksimal darajada do’stona munosabatda bo’lishi lozim.
Malaka sertifikatiga ega va auditorlik tashkiloti xodimi bo’lishga rozilik bildirgan auditorlar unga nisbatan xayrihox bo’lishi, butun faoliyat davomida firmaning obro’si va kelgusida yanada rivojlanishi uchun yordam berishi, tashkilot rahbariyati va boshqa xodimlar, mijozlarning rahbarlari va xodimlari bilan xolisona munosabatda bo’lishlari zarur.
Xodimlar va auditorlik firmasining o’zaro munosabatlari kasbiy majburiyatlarni bajarishda o’zaro mas’uliyatlilikka, sodiqlik va noto’g’ri tushunchalarga ega bo’lmaslikka, auditorlik xizmatini tashkil etish, ularning kasbiy
mazmunini doimiy rivojlantirib, mukammallashtirib borishga asoslanishi kerak.
Auditorlik tashkilotini tez-tez almashtirib (o’zgartirib) turuvchi yoki uni to’satdan tark etuvchi va bu bilan firmaga ma’lum zarar keltiruvchi sertifikatlangan auditor kasb etikasini buzgan hisoblanadi.
Auditorlik tashkilotining rahbarlari (hodimlari) uchinchi shaxs bilan o’zlarining sobiq xodimlari yoki kasbdoshlarining kasbiy yoki shaxsiy sifatlarini muhokama qilishdan tiyiladilar: ushbu sobiq xodimlar o’z xatti-harakatlari bilan kasbga va tashkilotning qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar etkazgan holatlar bundan mustasno.
Auditor (boshqa) auditorlik tashkilotiga ishga kirayotgan bo’lsa, ushbu tashkilotning rahbarligining yozma so’rovi bo’yicha auditorning avval ishlagan auditorlik tashkiloti rahbari uning kasbiy va shaxsiy sifatlarini ko’rsatib, yozma ravishda tavsiyanoma berishi mumkin. Biror bir sabab bilan auditorlik firmasini tark etayotgan auditor o’z ixtiyori bilan va to’liq hajmda o’zidagi mavjud hujjatlar va boshqa kasbiy ma’lumotlarni tashkilotga topshirishga majbur.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.04.2022 yildagi 171-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga muvofiq mamlakat hududida auditning xalqaro standartlarini joriy etish belgilangan.
Auditning xalqaro standartlari Xalqaro buxgalteriya standartlari bo’yicha qo’mita tarkibida doimiy qo’mita huquqlariga ega bo’lgan Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu qo’mita 1973 yilda to’qqiz mamlakat, ya’ni Kanada, Avstriya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQShning professional buxgalteriya tuzilmalari tomonidan ta’sis etilgan.
Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etdi, shuningdek, audit tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari ishlab chiqilgan. Respublikamizda esa 2014 yil 1 yanvar holatiga 21 ta auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilgan. Bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy integratsiyani rivojlanish sharoitida moliyaviy axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz jarayonlardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda O’zbekiston suveren davlat sifatida audit bo’yicha hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi lozim. Bu esa milliy auditorlik standartlarini xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu tadbirlar oxir-oqibatda respublikamizning jahon iqtisodiy integratsiyasiga tobora chuqurroq qo’shilishiga imkon beradi.
Xalqaro standartlarga binoan auditorlik xulosalarining quyidagi turlari mavjud:

  1. ijobiy auditorlik xulosasi;

  2. shartli ijobiy auditorlik xulosasi;

v) salbiy auditorlik xulosasi;

  1. xulosa berishdan bosh tortish.

Download 78.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling