Davlat shakllari ( boshqaruvi, tuzilish shakli, siyosiy rejimi va funktsiyalari).
Darsning maqsadi:Talabalarga davlat shakllari va ularning hilma-hilligi ularning
o’zgarishi va rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillarni tushuntirish.
Darsning ko’rgazmasi: Davlatning shakllari, boshqaruv shakllari, tuzilish shakli,
siyosiy tartibi chizmalari.
Asosiy so’z va tayanch tushunchalar: Davlat shakli-siyosiy hokimiyatni uyush tirish elementlari,
siyosiy rejim-davlat idora usuli, monarxiya unoncha) yakkahokimiyatchilik,dispotiya-cheklanmagan
hokimiyat. Davlat funktsiyasi,davlat vazifalari, Davlat funktsiyalarini tasniflash asoslari (mezonlari)
tashqi funktsiyalar,ichki funktsiyalar, doimiy va muvaqqat funktsiyalar, iqtisodiy, mudofaa
funktsiyalari.
Parlament
–
(ingl.Gapirmoq)
–
qonun
chiqaruvchi
oliy
vakolatli
organ.
O’zbekiston Respublikasi parlamenti – bu Oliy Majlisdir.
-Prezident – (lot. – oldinda turuvchi) – idora usuli respublika bo’lgan
davlatlarda davlat boshlig’i. Shuningdek, jamoat va ilmiy muassasalar, tashkilotlar
va shu kabilarda saylab qo’yiladigan rahbar, rais.
-Respublika – (lot. – umumiy ish) – davlatni idora qilish (boshqarish) shakli bo’lib, unda
davlatni saylab qo’yilgan kishilar boshqaradi
-Unitar – (lot. Uniya – birlik) – yagona. Davlatning tuzilish shakli bo’lib, muayyan ma'muriy
hududiy bo’linishga ega bo’ladi. Biroq bu mustaqil hududlar (tumanlar, viloyat, kontonlar) davlat
suverenitetiga ega bo’lmaydi.
-Federatsiya – (lot. Ittifoq, birlashma) – davlatning tuzilish shakli bo’lib, uning
asosi – ikki yoki bir necha mustaqil davlatning bitta ittifoq davlatga birlashishdir.
- Konfederatsiya – (lot. – uyushma) – shartnoma asosida qat'iy muayyan
maqsadlar yo’lida birlashadi.
-
Syo’zerenitet – frants., bir davlatning ikkinchi davlatga (vasallik)ga nisbatan
ustuvorlik huquqi.
-
Anarhiya – hokimiyatsizlik.
-
Despotizm – zolimlik, zulmkorlik.
- Antidemokratik rejim – demokratik qoidalarga rioya etmaydi.
Reja:
1.Davlat shakllari tushunchasi. Davlatning boshqaruv shakli.
2.Davlat to’zulish shakli.
3. Davlatning siyosiy tartibi.
Foydalangan adabiyotlar.
1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. T.1996, 6-bet.
2. Karimov I.A. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafko’ra. T.1. T.1996, 125-bet.
3. Karimov I.A. O’zbekiston Buyuk kelajak sari. T. O’zbekiston. 1998y.
4. Karimov I.K. O’zbekiston milliy: istiqlol, iqtisod, siyosat, va mafko’ra. T. O’zbekiston . 1993 y.
5. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. T. 1997 yil.
6.Holmuminov B.T. Demokratik davlat qurilishining muhim yo’nalishlari. qonun himoyasida.
1996 yil.№ 6 - son
7. Saidov A., Tojihonov U. Davlat va huquq nazariyasi: T.2.Davlat nazariyasi.O’zbekiston
respublikasi IIV Akademiyasi, 2001 y. 153-187 betlar.
8.Saidov A.Tojihonov U. Davlat va huquq asoslari. T. O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
1999 yil.
24
9. O’zbekistonda demokratlashtirish, inson huquqlari va boshqaruv tizimini takomillashtirish. T.
1997 .
Davlat boshqaruv shakli.
Davlat jamiyatining siyosiy, ho’jalik va madaniy hayotga rahbarlik qiluvchi davlat organlariga
ega. Masalan; O’zbekistonda Oliy davlat hokimiyat organi Oliy Majlis, mahalliy davlat hokimiyat
organlari, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari
Kengashlaridir. Siyosiy ijro etuvchi organ- davlat boshlig’i va vazirlar mahkamasining raisi
Prezident, mahalliy ijro etuvchi organ- viloyat, tuman va shahar hokimlaridan iborat. O’zbekiston
huquqni muhofaza organlari mavjud. Bu organlarning chiqaorgan normativ va huquqiy hujjatlari
jamiyatning barcha a'zolari uchun majburiydir.
Davlat huquq va huquqiy normalar qabul qiladi. Bularni bajarish barcha fuqarolar uchun,
jamiyatning barcha siyosiy tashkilotlarining a'zolari uchun majburiydir.
Har bir davlat hududida milliy davlat tizilining mavjudligi. Masalan; O’zbeksiston
Respublikasida davlat tili o’zbek tilidir. Davlat ishlari, barcha jamiyatning siyosiy tashkilotlarida
ishlar davlat tilida olib boriladi.
Jamiyatning siyosiy, tizimi davlat va jamiyatning siyosiy tashkilotlari tuzilishidan iborat, u orqali
kishilar, guruhlar, tabaqalarlar va jamoat birlashmalari manfaatlarini mustahkamlaydi. Jamiyatning
siyosiy tizimi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy kuchlari kabi ijtimoiy va milliy tuzilishini
mustahkamlaydi. Jumladan O’zbekiston Respublikasi hozirgi bozor iqtisodiy siyosatiga o’tish
davrida demokratik huquqiy davlat qurar ekan, iqtisodiy, siyosiy, ma'rifiy va huquqiy sohalarda
turli islohotlar o’tkazib, davlat oldida to’rgan ichki va tashqi vazifalarni mustahkamlamohda.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat va siyosiy tizimiga bozor iqtisodiyoti bilan
bo’g’liq bo’lgan bir qancha davlat organlari paydo bo’ldi. Masalan, Mudofaa va tashqi iqtisodiy
aloqalar vazirliklari, milliy havfsizlik hizmati, davlat soliq va bojhona qo’mitasi, davlat mulkini
boshqarish va hususiylashtirish, qimmatbaho metallar, fan va tehnika qo’mitalari, turli kontsernlar,
holding, kompaniya va boshqalar tuzildi.
Demak, jamiyat siyosiy tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
1)Jamiyatning siyosiy tizimi – davlat vazifalarini amalga oshirishda xalqning iqtisodiy,
siyosiy va ma'rifiy sohalarini yaxshilashga yordam beradi.
2)Davlatning ichki va tashqi funktsiyalarini amalga oshiradi.
3)Jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi barcha tuzilmalarni davlat, uning organlari, siyosiy
partiyalar, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalarini birlashtirib, davlat vazifalarini amalga
oshiradi.
4)Jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi barcha tuzilmalarni davlat, uning organlari, siyosiy
partiyalar, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalarini birlashtirib, davlat vazifalarini amalga
oshiradi.
Har qanday davlatning mavjudligi - uning moxiyati, mazmuni va shakli (formasi) ning birligida
namoyon bo’ladi.
25
Davlat o’z funktsiyasini faol amalga oshirishi, uning mexanizmini sifatli va uyushkoklik bilan
harakat qilishi uchun davlat xokimiyatiningi tashiliyligi talab etiladi.
Davlat xokimiyatining oliy organlari qanday yo’zaga keladi, u xududiy jixatdan qanday
printsiplarga asosan qurilgan, ular o’zaro va aholi bilan qanday aloqada bo’ladi hamda harakat
qiladi, ular qaysi usullarga binoan amalga oshiriladi, degan savollarga davlat shakli javob beradi.
Davlatning shakli deganda – boshqaruv, davlat tuzilishi va siyosiy rejimi kabi elementlarni o’z
ichiga olgan hususiyatlariga aytiladi.
Davlatning shakli tushunchasi o’z ichiga quyidagilarni:
-Oliy davlat xokimiyatining tashkilotini, uning paydo bo’lish manbalarini,
-Xokimiyat oliy organlarining xalk bilan o’zaro munosabatlari printsiplarini; qamrab
oladi .
-Davlat xokimiyatining xududiy tuzilishi hamda davlatni uning tarkibiy qismlari bilan
o’zaro munosabatini;
-Davlat xokimiyatini amalga oshirish usul va uslublarini.
Davlat shakli uning paydo bo’lishi va taraqqiyotining konkret tarixiy shart-sharoitlari bilan
bog’liqdir.Unga davlatning moxiyati, tarixiy tipi xal etuvchi ta'sirini kursatadi. Masalan, feodal
tipdagi davlatga – boshqaruvning monarxiya shakli, burjuaziya tipiga – respublika shakli mos
keladi.
Davlat shakli mamlakatdagi siyosiy partiyalarning munosabatlariga, ayniqsa u davlatning paydo
bo’lish davrida ko’p jixatdan bog’liq bo’ladi.
Misol qilib, Angliyadagi oldingi revolyutsiyalarning sodir bo’lishi feodallar bilan burjuaziya
o’rtasidagi kompromissga (murosaga) olib keldi, natijada konstitutsion monarxiyaning tashiliy
qismi karor topdi.
Konstitutsiya – yosh burjuaziyaning talabi bo’lsa, monarxiya – feodallarga yon berish bo’ldi.
Davlat shakliga mamlakatning milliy tarkibi, tarixiy an'analari, xududiy xajmi va boshqa omillar
ta'sir etadi.
Davlatning asosiy
aashaшакллари
Davlatning tuzilish shakli
Boshqaruv shakli
Rеspublika
Monarxiya
Unitar
davlat
Konfеdеratsiya
fеdеratsiya
Parlamеntlik
Prеzi dеntlik
Chеklan
magan
Сhеklangan
Davlat (siyosiy) rеjimi
26
Aytib o’tgandek, davlatning shakli uning moxiyati bilan chambarchas bog’liqdir. Davlatning
moxiyati davlat xokimiyatini kimga qarashli ekanligini, uning sub'ektini aniqlashga yordam beradi
hamda uni kim amalga oshiradi dagan savolga javob berada.
Davlatning shaklini o’rganish esa xokimiyat davlatda qanday tashkil qilingan, u qaysi organlar
orqali taqdim etiladi, bu organlarning paydo bo’lish tartiblari qanday, ularning vakolat muddatlari
va davlat xokmiyatni amalga oshirish usullari va boshqalarni tushunishga yordam beradi.
Shunday qilib, davlat shakli, yuqorida aytilgandek, o’z ichiga uch tomonni kiritadi:
Boshqaruv shaklini, ya'ni davlatning xokimiyati va oliy boshqaruv organlarining paydo bo’lishi
va tashkil topishining ma'lum tartibi;
Davlat tuzilishi shaklini, ya'ni davlatning xududiy tuzilishini, markaziy, regional va mahalliy
xokimiyatlarning o’zaro munosabatlarini ma'lum tartibini;
Siyosiy (davlat) rejimini, ya'ni siyosiy xokimiyatni amalga oshirishning yo’llari va usullarini.
Bu xozircha davlat shaklini tushunishga bo’lgan umumiy yondoshishlardir holos.Uni to’la
tushunish uchun har uchala blok (yunalish) ni chuko’r ko’rib chiqish zarur bo’ladi, ya'ni ularning
o’zaro harakatlarini hamda davlatni bir necha yo’z yillar davomida o’rganishning nazariy siyosiy-
huquqiy fikrlari (qarashlari) nima uchun davlat shaklining shaxsan shu uchta tomonini ajratib
kursatganligini va x.
Davlat shakllari – bu davlatni boshqarish uchun davlat hokimiyatini tashkil etish, davlat
|