Cheklangan monarxiyada – davlat tepasida turuvchi monarx, podshoning hokimiyati biron organ
yoki qonun bilan cheklanib qo’yiladi. Masalan, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya va
boshqalar. Bu davlatlarda monarx davlat boshlig’i bo’lib, « podsholik qiladi lekin davlatni
boshqarmaydi», davlatni hukumat boshqaradi.
Cheklangan monarxiya davlatlari o’z navbatida dualistik va parlamentar monarxiyaga bo’linadi.
Dualistik monarxiya davlatlariga Saudiya Arabistoni, Kuvayt davlatlari kiradi. Bu davlatlarda
hokimiyat podsho bilan parlament o’rtasida taqsimlangan. Amalda davlatni podsho boshqaradi.
Podsho hukumatni o’zi to’zadi, u parlamentni tarhatib yuborish huquqiga ega. Parlamentar
monarxiya shaklidagi davlatlarda – davlat boshlig’i monarxiya, hirol, hirolicha, podsho, imperator
bo’lib, amalda bular davlatni boshqarmaydi, ularning huquqi cheklangan davlatni hukumat
boshqaradi. Masalan, Angliya, Yaponiya, Belgiya, Shvetsiya va boshqalar. Bu davlatlarda davlat
boshlig’i monarx, hirolicha va imperatorni roli katta bo’lib, ular davlatning oliy vaqili millat birligi
hisoblanib, davlat ishlarini olib borishda mamlakatda va xalqaro miqyosda o’rni kattadir. Ularning
davlatni boshqarishda huquqi cheklangan. Amalda davlatni hukumat boshqaradi.
Davlat boshqaruvining respublika shaklida davlat hokimiyati va boshqarishning oliy organlari
ma'lum muddatga xalq tomonidan saylab qo’yiladi. Respublika hozirgi dunyoda keng tarqaalgan
davlat boshqaruv shakli bo’lib, rivojlangan jaxon davlatlarida uning uch ko’rinishi bor; Prezidentlik
respublikasi, parlamentar respublika va boshqaruvning aralash (dualistik) prezidentlik respublikasi
shakli.
Respublika boshqaruv shakliga oliy davlat organlarini tashkil etishning demokratik usullari
to’g’ri keladi.Rivojlangan davlatlarda oliy organlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar xokimiyatni
taksimlanishi printsipiga asosan urnatilib, ular saylovchilar bilan aloqada bo’ladilar va ma'suliyatga
egadirlar.
Boshqaruvning respublika shakli kuldorlik davlatlarida vujudga kelgan. U o’zining bir muncha
yorkin ifodasini demokratik Afina respublikasida topadi.Bu yerda davlatning barcha organlari,
jumladan oliy organlarga (xalk majlisi) saylovda Afinaning barcha fuqarolari to’la huquq asosida
katnashadilar.Lekin kuldorlik davlatlarida boshqaruv aristokratik respublika shakli ko’prok
tarqaalgan bo’lib, saylanuvchi oliy davlat xokimiyati organlarini shakllantirishda «harbiy-er znat»
(voenno – zemelnaya znat)larning ishtiroki ko’zga tashlanadi.
Feodalizm davrida boshqaruvning Respublika shakli kamdan-kam qo’llanilgan.
Zamonaviy Respublikalar parlamentlik va prezidantlik ko’rinishida bo’ladilar.Ular o’rtasidagi
asosiy farq xukumatni kim tomonidan tayinlanishi va xukumat kim oldida ma'suliyatga egaligida
yoki javobgar bo’lishidadir.
Prezidentlik respublikasi shaklidagi davlatlarga (AQSh, Lotin Amerikasi) va boshqa bir qancha
rivojlangan davlatlar kiradi. Qonun chiqaruvchi organ AQShda kongress bo’lib, u ikki panatdan,
vaqillar va senatdan iborat bo’lib qonunlarni qabul qiladi. Davlat boshlig’i bo’lgan Prezident
hukumatning ham boshlig’idir. Ijro hokimiyati parlamentdan mustaqil holda tuziladi va faqat
Prezidentga hisob beradi. Ijro hokimiyati qonunchilik tashabbusiga ega emas. Bosh vazir lavozimi
28
bu davlatlarda bo’lmaydi. Bu davlatlarda Prezident bilan birga Vitse Prezidentlik lavozimi mavjud.
Prezidentlik respublikasi – bu shunday boshqaruv shakli bo’lib, bu yerda prezidant bevosita,
parlamentning ma'lum nazorati ostida xukumatni shakllantiradi, u o’z navbatida prezidant oldida
faoliyat bilan javobgardir. Prezidantlik respublikasida premer-vazir lavozimi yo’q bo’lib, asosan
davlat boshlig’i va xukumat raxbari lavozimi faoliyatini prezidant bajaradi. Parlamentar
respublikada parlament nafaqat qonunchilik vakolatiga, balki xukumatni iste'foga chiqarishni talab
qilish huquqiga egadir, ya'ni xukumat o’z faoliyatini bilan parlament oldida javobgardir.
Respublika Prezidanti faqat davlat boshlig’i xisoblanadi, ya'ni u xukumat boshlig’i bo’la
olmaydi.Siyosiy jixatdan bu shuni ifoda etadiki, ya'ni xukumat parlament saylovlarida g’alaba
qozongan partiya (partiyalar) tomonidan shakllantiriladi, prezidant g’olib chiqqan partiyaning lideri
emas ekan, u ish olib borish (faoliyat) imkoniyatidan maxrum bo’ladi. Xukumatga esa premer-
vazir boshchilik qiladi.
Parlamentar Respublika shaklidagi davlatlarda Prezident faqat davlat boshlig’i bo’lib, asosiy
o’rinni hukumat boshlig’i egallaydi. Prezident bevosita xalq tomonidan emas, balki saylovchilar
qollegiyasi tomonidan saylanadi. Hukumat ministrlar kengashi oliy organ parlament tomonidan
tuziladi va uning oldida javob beradi. Masalan, bunday davlatlarga Germaniya, Hindiston, Italiya,
Turkiya va boshqa davlatlar kiradi. Bu davlatlarda parlament hukumatga nisbatan ishonchsizlik
votumi berish huquqiga ega. Uni qabul qilish yoki qilmaslik hukumat boshlig’iga bo’g’liq.
Boshqaruvning aralash (dualistik prezidentlik respublikasi) shakli. Bu davlatlarda kuchli
ijroiya hokimiyati mavjud bo’lib, Prezident ham davlat boshlig’i ham ijro etuvchi hokimiyat
boshlig’idir. Ularda vitse-prezidentlik lavozimi bo’lmasdan, bosh vazir lavozimi mavjud bo’lib,
hukumat qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Bunday davlatlarda Fransiya misol bo’la oladi.
Fransiya Prezidenti vakolatlarini amalga oshirishda yordam beruvchi mahsus apparatga egadir.
Masalan; Frantsiyada u yelisoy saroyi Frantsiyada Prezident Konstitutsiyasi asosida milliy
mustaqillik, hududiy butunlik va barcha horijiy davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarga amal
qilishning mustahkam kafili bo’lib hisoblanadi. Aralash «yarimprezidantlik» (prezidantlik-
parlamentar) respublikalari ham mavjud (Frantsiya, Finlandiya, Portugaliya) bo’lib, ularda
xukumatga nisbatan prezidant va parlament o’zining u yoki bu doira (chegara)dagi nazoratini hamda
ma'suliyati (javobgarligi) ni bo’lib oladi.
Monarxiya va respublika boshqaruv shakli sifatida o’zlarining nixoyatda yashovchan ekanligini
hamda siyosat tarixining barcha bosqichlari va sharoitlarida moslashuvchanligini kursatadi.
Musulmon davlati xalifalik VII asrda paydo bo’lgan. Xalifalikning paydo bo’lishi islomning
rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, munosabatlar musulmon huquqi asosida tartibga solinadi.A. X.
Saidovning ta'kidlashicha, xalifat – musulmon siyosiy nazariyasining asosiy katigoriyasi bo’lib, u
ikkita aspektda qurilgan: yo musulmon xokimiyatining moxiyati sifatida, yo maxsus boshqaruv
shakli sifatida.Xalifat – shunday tashkilot ko’rinishida bo’lib, uning funktsiyalari oliy siyosiy
xokimiyatni amalga oshirishga hamda musulmon jamoasi darajasida dinga bo’lgan e’tiqodini
qo’llab - kuvvatlashga qaratilgandir.
|