Davlat shakllari ( boshqaruvi, tuzilish shakli, siyosiy rejimi va funktsiyalari)
Download 30.81 Kb.
|
Konspekt 2
tuzilishi va siyosiy tartibni amalga oshirish usullaridir.
Davlat shakli birinchi navbatda davlat hokimiyatining mahalliy va oliy hokimiyat organlarini tuzilishidir. Davlatning boshqaruv shakli bu – davlat hokimiyatining uchta tarmoqqa bo’linishidir. 1. Qonun chiqaruvchi hokimiyat (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi). 2. Ijro etuvchi hokimiyat (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasi). 3. Sud hokimiyati (O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyaviy Sudi, Oliy Sudi va Oliy hujalik sudi). Davlat shaklini ikkinchi tarkibiy qismi bu davlatning tuzilish shaklidir. Bu jamiyatning milliy, iqtisodiy va madaniy hususiyatlariga bo’g’liqdir. Tuzilish shakli bo’yicha davlatlarunitar, ya'ni oddiy davlat tuzilishiga, federativ-murakkab davlat tuzilishiga va konfederativ davlat tuzilish shakliga ega bo’ladi. Davlat tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma'muriy-hududiy tuzilishini birlashtiradi. Masalan: O’zbekiston Respublikasining hududida yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy hususiyatlari hisobga olingan holda uning ma'muriy-hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar va Qoraqolpog’iston Respublikasidan iborat.
Davlat shaklini uchinchi tarkibiy qismi – bu davlat hokimiyatining amalga oshirish usullari kiradi. Bu nuqtai nazardan jaxondagi davlatlar ikki usulga – demokratik siyosiy tartib va nodemokratik siyosiy tartibga bo’linadi. Yuridik adabiyotda olimlar o’rtasida davlat shakllari haqida turli fikrlar mavjud. Ba'zi bir olimlar davlat shakllarini – ikki qismdan, davlatning boshqarish va tuzilish shaklidan iborat deydi. Ko’pchilik yuristi olimlar juda to’g’ri davlat shakllarini uch qismdan davlatning boshqarish, davlat tuzilishi, davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari siyosiy tartibdan iborat deb kursatadi. Shularni ko’rib chihamiz. Davlat boshqaruv shakli Bu kategoriya (boshqaruv shakli) oliy organlarning qanday paydo bo’lishini, ularning nimani bildirishini va kanaka asoslarga ko’ra o’zaro harakatda bo’lishlarini bildiradi. Boshqaruv shakli oliy xokimiyat organlarining tashkil topish usullarini, uning organlarini paydo bo’lish tartibini, uning o’zaro va aholi bilan harakatlarini,ularni shakllantirishda aholining qatnashish (ishtiroki) darajasini ochib beradi. Davlat boshqaruv shakli– bunda davlat hokimiyati va boshqaruv oganlarini tashkil topish va tuzilish tartibi belgilanadi. Jaxondagi barcha davlatlar boshqaruv shakliga ko’ra monarxiya va respublika shaklida bo’ladi. Monarxiya – bu oliy davlat hokimiyatini bir shahsning (monarx, podsho, imperator) qo’lida bo’ladi va podsholik avloddan-avlodga meros qilib qoldiradilar.
27 Monarxiya boshqarish davlat shakli o’z navbatida ikkiga bo’linadi. Cheklanmagan mutloq (absolyut) monarxiya bo’ladi. Absolyut monarxiya feodal davlatning oxirgi rivojlanish bosqichiga xos bo’lib, feodal tarqoqligi jarayoni hamda markazlashgan davlatning paydo bo’lishi davriga mos keladi. Xozirgi paytda absolyut monarxiyaga bir necha O’rta Sharq davlatlarini misol bo’la oladi (Saudiya Arabistoni). Cheklangan monarxiya boshqaruv shaklida oliy davlat xokimiyati monarx bilan boshqa organ (organlar) o’rtasida mujassamlashgan. Cheklangan monarxiya turli xil tarixiy bosqichlarda turlichadir. Cheklangan monarxiyaga «soslovno - predstavitelnaya» (****) monarxiya bilan zamonaviy konstitutsion monarxiya tegishlidir.Birinchisi, feodal davriga, ikkinchisi, kapitalizm davriga to’g’ri keladi. Masalan, tarixda Rim quldorlik davlati, Sharqda despotik Misr, Hitoy quldorlik davlatlari. Hozirgi vaqtda cheklanmagan monarxiya boshqarish davlat shakliga Iordaniya, Omon, Katar, Birlashgan arab amirligi davlatlari misol bo’ladi. Download 30.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling