3.SIYOSIY TARTIB. Siyosiy rejim – bu siyosiy xokimiyatni amalga oshirish usullari (metodlari) bo’lib, jamiyatning siyosiy natijaviy axvoli,ya'ni har xil siyosiy kuchlarning qarama-qarshiliklari va o’zaro harakatlaridan hamda turlicha siyosiy institutlarning amal qilishidan mujassamlashadigan vav demokratizm yoki antidemokratizm bilan tavsiflanadigan usullar yig’indisidan iborat. Bu ta'rif yuqoridagi tushunchaning (siyosiy rejim) quyidagi belgilarni ajratib kursatishni etadi: siyosiy rejim avvalambor davlatda siyosiy xokimiyat qanday usullar bilan amalga oshirilishiga bog’liq;(agar ishontirish, kelishuv, qonunchilik, parlamentlik yoki huquqiy majburlov usullari bo’lsa, u albatta rogressiv, ya'ni demokratik rejim) yoki aksincha usullar qo’llansa – antidemokratik, reaktsion rejim bo’ladi. har bir mamlakatda siyosiy rejim siyosiy kuchlarning nisbati bilan belgilanadi.Siyosiy kuchlar balansi bir xil bo’lsa, bu yerda stabil rejim bo’ladi.
Bu davlat hokmiyatining amalga oshirish usuli yig’indisidir. Bu usullar ikki hil bo’ladi, demokratik siyosiy tartib va nodemokratik siyosiy tartib, Demokratik siyosiy tartibda davlatda fuqarolarning huquq va burchlarini ta'minlash, xalqni turli jamoat tashkilatlariga birlashtirish, davlat hokimiyat va boshqaruv organlarini xalq ishtirokida saylash, davlatni boshqarishda keng xalq ommasini ishtirok etishi va boshqalar. Masalan; O’zbekiston Respublikasida davlat siyosiy tartib bo’yicha demokratik asosda idora etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |