Davlat sog’liqni saqlash muassalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtrish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlar


Download 0.64 Mb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1631099
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat sog’liqni saqlash muassalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtrish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlar



Davlat sog’liqni saqlash muassalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtrish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlar
Reja
Kirish

  1. Davlat sogliqni saqlash muassasalarining tarkibi

  2. Xarajatlarini rejalashtirish

  3. Davlat sogliqni saqlash muassalarini byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari hamda Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitalari yig‘ilish o‘tkazdi.


Unda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarining 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida tibbiyot muassasalarida “elektron sog‘liqni saqlash” tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi majmuasini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axboroti eshitildi.
Qayd etilganidek, mamlakatda sog‘liqni saqlashni boshqarishning yagona tizimini yaratish, tibbiyotning xususiy sektorini rivojlantirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Biroq, ushbu sohada sog‘liqni saqlashni samarali isloh qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. 
Xususan, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi oqibatida sohadagi islohotlar to‘liq bo‘lmagan shaklda va tizimsiz olib borilmoqda, bu esa aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini bermayapti. Xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajriba va aniq innovatsion modellar lozim darajada hisobga olinmayotganligi sohaga investitsiyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini qiyinlashtirmoqda.
Shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari to‘g‘risida haqqoniy ma'lumotlar, ishonchli tibbiyot statistikasining yagona bazasi shakllantirilmaganligi sog‘liqni saqlash tizimi ahvolini munosib baholash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bermayapti. 
Tadbirda ta'kidlanishicha, tibbiyot muassasalari, markazlarning saytlaridan aholi kerakli ma'lumotlarni ololmayapti. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, tibbiyot markazlari saytlaridan fuqarolar o‘ziga kerakli bo‘lgan faqatgina 30 foiz ma'lumotni olishi mumkin ekan. Ba'zi muassasalarda bu ko‘rsatkich 30 foizdan ham past. Deputatlar mazkur masala yuzasidan mutasaddilardan izoh so‘radi. Mutasaddilarning so‘zlariga ko‘ra, bunga asosiy sabab mazkur muassasalarda AKT bo‘yicha mutaxassis yetishmaydi. Bori ham talabga javob bermayapti. 
Hozirda tibbiyot muassasalarining faoliyatini yanada tizimli yo‘lga qo‘yishda, qog‘ozbozlik va rasmiyatchilikka barham berishda muhim ahamiyat kasb etuvchi yagona elektron ma'lumotlar bazasini yaratish va yuritish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasidagi ishlar talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. Tibbiyot muassasalarida yuritiladigan tibbiy hujjatlar, jumladan, jurnallar haddan ziyod ko‘pligi kuzatilmoqda.
Elektron sog‘liqni saqlash sohasida yagona standartlar mavjud emas, tibbiy xizmatning integratsiyasi va samarali boshqarilishini ta'minlaydigan zamonaviy dasturiy mahsulotlar joriy etilmagan, mavjud axborot tizimlari va texnologiyalari tarqoq tusga ega va tor yo‘nalishlarga mo‘ljallangan. 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash Konsepsiyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “elektron sog‘liqni saqlash”ni keng joriy etish belgilangan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagan. Joylarda elektron hujjat aylanishini joriy qilish orqali ish jarayonini maqbullashtirish, uzoq masofadan turib navbat olish kabi masalalarga yetarlicha e'tibor qaratilmagan.
Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun bilan xususiy tibbiyot muassasalari uchun imtiyozlar joriy etildi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.
Xususan, Soliq kodeksining 243-moddasi 1-qismi 11 va 14-bandlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etildi.
Bu xizmatlarga quyidagilar kirishi belgilandi:

  • tibbiy yordam va sanitariya;

  • diagnostika, profilaktika va davolash;

  • stomatologiya xizmatlari, shu jumladan tish protezlash bo‘yicha xizmatlar.

Bundan tashqari, sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish xizmatlari, jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni realizatsiya qilish ham aylanma soliq solishdan ozod qilindi.
Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash muassasalari egallab turgan yerlar (turistik hududlarda joylashgan sanatoriy-kurort muassasalari bundan mustasno) soliq solinmaydigan yer uchastkalari ro‘yxatiga kiritildi. Shunday qilib, xususiy tibbiyot muassasalari ham yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘ldi.
Shu bilan birga, Soliq kodeksining 337-moddasi 1-qismi 4-bandiga ko‘ra, tegishli litsenziya asosida tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bo‘yicha foyda solig‘iga 0% stavka qo‘llanilishi belgilangan:

  • tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari ko‘rsatish,

  • tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash xizmatlari,

  • stomatologik xizmatlar, tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari (bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno).

Bu bilan xususiy tibbiyot bilan o‘z egaligidagi yerlarda, shu jumladan ijara asosidagi binolar joylashgan yerlarda shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga yer solig‘i bo‘yicha ham keng imtiyozlar taqdim etilmoqda.


  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling