Davlat sog’liqni saqlash muassalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtrish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlar


Download 0.64 Mb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1631099
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat sog’liqni saqlash muassalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtrish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlar

Xarajatlarini rejalashtirish

Ma’lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat turadigan ne’mat bo’lib, har bir kishi o’z hayoti davomida iste’mol qilishi mumkin bo’lgan tibbiy xizmatga haq to’lash uchun qancha mablag’ yig’ib qo’yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin bir guruh fuqarolar birlashib, yoki butun bir jamiyat bu maqsadga mo’ljallangan mablag’ni jamg’arishi mumkin.


Shu munosabat bilan sog’liqni saqlash tizimini aralash moliyalashtirish shakliga o’tish masalasi islohotlarning markazida turgan masala sifatida qaralishi mumkin.
Ma’lumki, tibbiy xizmatlar bir qator o’ziga xos hususiyatlarga ega. Bular quyidagilar:

    • Tibbiy xizmatlarning ko’pchiligi ijtimoiy ne’mat xisoblanadi, shuningdek, ular “tashqi effekt” hususiyatiga ega;

    • Tibbiy xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari doimo noaniqlik bilan bog’liq;

    • Informatsion asimmetriyaning mavjudligi.


2-rasm. Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan Oilaviy poliklinikalarda tibbiy xodimning asosiy vazifalari

Mana shu o’ziga xosliklarning mavjudligi davlatning sog’liqni saqlash tizimiga aralashuvini taqozo qiladi.


Davlatning sog’liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari sifatida quyidagilarni aytib o’tish lozim (...-chizma):

    • Davlat daromadlari shakllanishining barqarorligini ta’minlash orqali sog’liqni saqlash sektori uchun resurslarning mamlakat miqyosida safarbar etilishini ta’minlash;

    • Turli mulk shakllaridagi tibbiyot muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquhiy bazasini yaratish;

    • Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bazaviy tibbiy xizmatlar paketiga kirgan asosiy tibbiy xizmatlarni taqdim etish va ularni moliyalashtirish yuzasidan javobgarlik;

    • Tibbiy xizmatlarning sifat standartlarini joriy qilish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;

    • Ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga tibbiy xizmatlar ko’rsatish va ularni moliyalash va sh.k.

Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash xarajatlari bir qancha manbalardan qoplanishi mumkin, ya’ni sog’liqni saqlash sektorini moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilar:

    • Davlat budjeti

    • Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta

    • Xususiy tibbiy sug’urta

    • To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar (iste’molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari)

Moliyalashtirishning har bir manbasi o’ziga xos xususiyatlarga ega, jumladan (...-chizma):

  1. Davlat budjeti:

  • Budjetdan moliyalashtirish tibbiyot muassasalarining ishlab chiqarish quvvatlari asosida amalga oshiriladi;

  • Ijtimoiy adolat ta’minlanadi;

  • Barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlar kafolatlanadi;

  • Boshqarish va nazorat qilish uchun nisbatan oddiy va arzon;

  • Moliyalashtirish tizimi maqbul va qulay.

  1. Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta:

  • Ijtimoiy adolatning ta’minlanishi;

  • Barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi;

  • Mablag’larni to’plash va mijozlarni himoya qilish uchun xarajatlarning ortib borishi;

  • Ish beruvchilar tomonidan norozilik kelib chiqishining mumkinligi.

  1. Xususiy tibbiy sug’urta:

  • ajratmalarning aksariyat hollarda iste’molchilarning to’lash qobiliyatiga emas, ularning ehtiyojiga bog’liqligi;

  • tabaqalashgan tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi;

  • xarajatlar hajmining oshib borishi;

  • butun sog’liqni saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash uchun mablag’larning etarli emasligi;


  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling