Alkanlarning ishlatilishi
Download 8.97 Kb.
|
Alkanlarning Office
Alkanlarning ishlatilishi Alkanlar oddiy va nisbatan arzon yoqilg’i bo’lib qolmay, balki, yirik sanoat ishlab chiqarish jarayonlari uchun xomashyo hisoblanadi. Masalan, metandan xlormetanlar, nitrometan, rezina sanoati uchun qurum, sintez gazi, uglerod sulfid, formaldegid, sianid kislotasi va boshqa mahsulotlar olinadi. Neftdan olinadigan alkanlar va boshqa uglevodorodlarning aralashmasi ichki yonuv dvigatellari va reaktiv dvigatellar uchun motor yoqilg’isi hisoblanadi. Neftning yuqori fraksiyalari yuqori sifatli benzin olish uchun kreking qilinadi. Bunda alkanlardan tashqari kimyo sanoati uchun muhim bo’lgan alkenlar etilen. propilen, butenlar ham hosil bo’ladi.Alkanlar koʻplab organizmlar uchun tabiiy modda almashinuv mahsulotlari (metabolitlar) hisoblanadi. Masalan, dengiz organizmlari fotosintez natijasida koʻp miqdorda alkanlar hosil boʻladi va atrof- muhitga tarqaladi.
Alkanlarning tabiiy hosil boʻlishi va ularni inson aralashuvisiz suv havzalariga kelib tushishi uzoq vaqt tabiiy ehtiyojlar asosida sodir boʻlgan. Insoniyatni xoʻjalik faoliyati natijasida atrof- muhitning alkanlar bilan ifloslanishi keskin ortib ketdi. Bunga kimyoviy korxonalarning atrof-muhitga chiqaradigan chiqindilari, neft va gaz qazib olish va ularni tashish jarayonidagi yoʻqotishlarni misol qilish mumkin.Alkanlar odam organizmiga kuchli narkotik ta’sir ko’rsatadi. Alkanlar suvda kam eruvchan boʻlganligi sababli zaharlovchi ta’sir ko’rsatishi uchun havodagi miqdori yuqori bo’lishi kerak. Quyi alkanlarning fiziologik ta’siri odatdagi sharoitlarda juda kam. Beshta va oltita uglerod atomi tutuvchi alkanlar nafas yo’llariga qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi. Yuqori alkanlar teriga tekkanda nisbatan xavfli. Quyi alkanlar odam va hayvonlar hayot faoliyatining mahsulotlari boʻlib, organizmda biologik oʻzgarishga uchramaydi va organizmdan oʻzgarishsiz chiqariladi. Tarmoqlanmagan alkanlarning tarmoqlanganlariga qaraganda teri orqali so’rilishi osonroq. Tarmoqlangan alkanlar organizmda tutib qolinmaydi, tarmoqlanmaganlari esa tegishli kislotalar hosil boʻlishi bilan terminal oksidlanishga uchraydi. Odam va hayvonlarning toʻqimalaridagi modda almashinuvi jarayonlarida geksan, geptan, oktan va boshqa alkanlar oʻzgarishga uchrashi mumkin. Jigar toʻqimalarida alkanlar oksidlanib karbon kislotalarga aylanadi. Karbon kislotalar esa konyugatlar (birikmalar) koʻrinishida tashqariga chiqariladi va tashqarida suv va karbonat angidridgacha oksidlanadi. Oksidlash jarayonlarida sitoxrom c-reduktazalar, sitoxrom B5, P-450 va boshqa fermentlar ishtirok etadi.Atmosfera havosidagi geksanning maksimal bir martalik kon- sentratsiyasi 60 mg/m³, pentanning konsentratsiyasi 100 mg/m³, butanning konsentratsiyasi – 200 mg/m³ ga teng. Download 8.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling