Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi fiskal instituti
Download 67.36 Kb.
|
Амалий топшириқ-№1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyor mahsulot turi Oʻlchov birligi Miqdori
- MAKFA OLTIN BOSHOQ” MChJning 2022-yil 1-yanvar holatiga Buxgalteriya balansi (ming soʻmda)
- I. Uzoq mud. aktivlar I. Oʻz manbalari
- I boʻlim jami I boʻlim jami
- II Joriy aktivlar II Majburiyatlar
- II boʻlim jami II boʻlim jami
- B a l a n s B a l a n s
- Material turi Oʻlchov birligi Miqdori Bir birligini bahosi, soʻm
- Material turi Oʻlchov birligi Miqdori
- Material turi Oʻl birg Miqdori
tayyor mahsulot:
MChJ hisob siyosatiga koʻra materiallarni baholashning FIFO usuli qoʻllanilishi belgilab qoʻyilgan. Boshqa aktiv va passivlari quyidagicha: Ustav kapitali – 741 409 000 soʻm, Budjetga soliqlar boʻyicha qarzlar – 14 700 000 soʻm, Mehnat haqi boʻyicha qarz – 53 700 000 soʻm, Rezerv kapitali – 136 270 000 soʻm, Hisob-kitob schyoti – 154 107 000 soʻm, Taqsimlanmagan foyda – 55 300 000 soʻm, Mol yetkazib beruvchilardan qarzdorlik – 85 800 000 soʻm. “MAKFA OLTIN BOSHOQ” MChJning 2022-yil 1-yanvar holatiga Buxgalteriya balansi (ming soʻmda)
II topshiriq. Quyidagi xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida hisobga oling va guruhlashtiring “MAKFA OLTIN BOSHOQ” MChJda 2022-yil yanvar oyi davomida quyidagi xoʻjalik operatsiyalari sodir boʻlgan: Hisobot davrining 3-yanvarida xaridor tomonidan shartnomaning 100 foiz miqdorida toʻlov amalga oshirildi. Shundan soʻng, ishlab chiqarish tannarxi 27 000 000 soʻm boʻlgan tayyor mahsulotlar xaridorga shartnomaga asosan 39 800 000 soʻm qiymatda topshirildi. Xaridor tomonidan tayyor mahsulot qabul qilingandan soʻng, oldindan amalga oshirilgan toʻlov hisobga olindi. 5-yanvarda MCHJning budjetga soliqlar boʻyicha qarzlari hisob-kitob schyotidan tuman soliq inspektsiyasiga oʻtkazib berildi. Shuningdek, mol yetkazib beruvchilardan boʻlgan qarzdorlikning bir qismi 25 107 000 soʻm hisob-kitob schyotidan toʻlab berildi. Xodimlarning ish haqi plastik kartochkalarga oʻtkazib toʻlanishi sababli, 7-yanvarda hisob-kitob schyotidan 5530-“Boshqa maxsus schyot”ga ish haqi uchun pul mablagʻlari oʻtkazib berildi. 8-yanvar kuni maxsus schyotdagi pul mablagʻlari plastik kartochkalarga taqsimot qilindi. “Tuman neft taʻminot” unitar korxonasidan xoʻjalik maqsadlarida foydalanish uchun 20xx yil 7-yanvarda 1 500 000 soʻmlik yoqilgʻi olindi. Taʻminotchi korxona bilan tuzilgan shartnomaga asosan (shartnoma qiymati – 23 800 000 soʻm) 30 foizi miqdorida boʻnak oʻtkazib berildi. 15-yanvarda taʼminotchi korxonadan quyidagi xom-ashyo va materiallar olindi:
Shuningdek, qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi taʻminotchi korxonadan 5000 kg un import qilish maqsadida 2000 AQSh dollari sotib olindi. Sotib olish sanasida MB kursi – 11000 soʻm, ayriboshlash kurs – 11200 soʻm boʻlgan. Shundan soʻng, un importi boʻyicha taʻminotchi korxonaga shartnoma qiymatining (shartnoma qiymati – 1600 AQSh dollari) 30 foizi miqdorida avans oʻtkazib berildi. 17-yanvarda qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi taʻminotchi korxonadan 5000 kg un import qilindi:
Un importi bilan bogʻliq quyidagi operatsiyalar sodir boʻlgan: bojxona toʻlovlari amalga oshirildi (BYuDni rasmiylashtirishda unning bojxona qiymati uning xarid qiymatiga teng deb baholandi): QQS – 15 foiz, bojxona boji – 5 foiz, bojxona yigʻimi – 2 foiz; transport xarajatlari – 1 200 000 soʻm. 18-yanvar kuni import qilingan un boʻyicha toʻlovning qolgan qismi amalga oshirildi. Eslatma: BYuDni rasmiylashtirish sanasida MB kursi- 11200 soʻm; toʻlovni amalga oshirish sanasida – 11150 soʻm. Asosiy ishlab chiqarishga mahsulot ishlab chiqarish uchun quyidagi materiallar sarflandi:
Download 67.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling