Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora
-bob. Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
2-bob. Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: Oldingi tahrirga qarang. yirik soliq to‘lovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan soliqlar va yig‘imlarning to‘liq tushishini ta’minlash; (10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7- yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002- son) yirik soliq to‘lovchilar faoliyatida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha soliq nazoratini tashkil etish; yirik soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik asosida servis- texnik xizmat ko‘rsatilishini amalga oshirish; yirik soliq to‘lovchilar ma’muriyatchiligi doirasida soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va oldini olish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish. 11. Hududlararo inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: Oldingi tahrirga qarang. a) yirik soliq to‘lovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan soliqlar va yig‘imlarning to‘liq tushishini ta’minlash sohasida: (11-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) qonun hujjatlarida belgilangan yirik soliq to‘lovchilar mezonlariga mos keladigan yuridik shaxslarni aniqlash va hisobga qo‘yish ishlarini yuritadi; yuridik shaxslarga ular yirik soliq to‘lovchilar jumlasiga kiritilganligi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida xabarnomalar yuboradi; yirik soliq to‘lovchilar reyestrini shakllantiradi va yuritadi; yirik soliq to‘lovchilar hisobotlarining qabul qilinishi va qayta ishlanishini amalga oshiradi; yirik soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari yuritilishini amalga oshiradi; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan va haqiqatda to‘langan soliqlar va yig‘imlar summalari, shu jumladan ular bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha moliyaviy jarimalar summalari hisobini yuritadi; (11-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) Oldingi tahrirga qarang. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar tushumi prognozining ishlab chiqilishida ishtirok etadi; (11-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasining tizimli tahlili asosida soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshiradi; b) yirik soliq to‘lovchilar faoliyatida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha soliq nazoratini tashkil etish sohasida: Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling