Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
16) xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish 
natijalariga ko‘ra tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib ko‘rsatilgan tushumni qayta 
hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblashni amalga oshirish to‘g‘risida talabnoma yuborish; 
17) davlat soliq xizmatlari organlarida soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq 
obyektlar to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda, ko‘zdan kechirish hamda so‘rov olib borish; 
18) belgilangan tartibda quyidagilarni: 
banklardan va boshqa kredit-moliya tashkilotlaridan soliq to‘lovchilarning hisob-kitob 
hisobvaraqlarida yoki boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi, shuningdek, 
ushbu hisobvaraqlardagi mavjud pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; 
bojxona organlaridan va boshqa vakolatli organlardan import-eksport operatsiyalari amalga 
oshirilganligi va soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi boshqa zarur ma’lumotlarni; 


vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlari mansabdor 
shaxslarining xizmat vazifalari masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish; 
19) belgilangan tartibda: 
qurilish, montaj, ta’mirlash va boshqa ishlarni nazorat o‘lchovidan o‘tkazish uchun malakali 
mutaxassislarni jalb etish; 
iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashishda ilmiy-texnik vositalardan va usullardan foydalanish;
o‘tkaziladigan tekshirishlarda boshqa nazorat qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar bilan 
hamkorlik qilish; 
mansabdor shaxslarni, fuqarolarni aniqlangan huquqbuzarlik faktlari bo‘yicha 
tushuntirishlar berish uchun davlat soliq xizmati organlariga taklif etish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
20) soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olish hujjatlari yo‘qotib qo‘yilgan yoki yo‘q qilingan 
holatlarda Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar 
hamda yig‘imlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risida o‘zida mavjud bo‘lgan axborotlar, shuningdek, 
boshqa ana shunday soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish yo‘li bilan 
mustaqil ravishda belgilash; 
(14-bandning 20-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
21) soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida soliqlar va yig‘imlarning 
hisoblab chiqilgan summasini hisoblab chiqarish yoki qayta ko‘rib chiqish; 
(14-bandning 21-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
22) soliqlar va yig‘imlarni undirish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va 
tashkilotlarni soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi, to‘liq undirilganligi va Davlat 
budjetiga hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilganligi yuzasidan nazorat 
qilish;
(14-bandning 22-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
23) soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilinganda yoki 
hududlarni, binolarni, shu jumladan, soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun 
foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq joylarni tekshirish uchun davlat 
soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganda, soliq to‘lovchi ma’lum qilingan 
manzilda bo‘lmaganda, shuningdek, soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy 
hisobot, kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan 
soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan holatlarda bank hisobvaraqlari bo‘yicha 
operatsiyalarni O‘zbekiston Respublikasining Soliq 
kodeksida 
belgilangan tartibda to‘xtatib turish; 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling