Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021
Oldingi
tahrirga qarang. soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqish va to‘lash bilan bog‘liq hujjatlarni talab qilish; (14-band 11-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) hujjatlarni (nusxalarini, shuningdek, asl nusxalarini), shu jumladan elektron hujjatlarni, predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xomashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini), shuningdek, huquqbuzarlik predmetlarini olib qo‘yish, olib qo‘yilishi soliq to‘lovchi faoliyatining to‘xtab qolishiga olib keladigan hujjatlar bundan mustasno. Soliq to‘lovchi faoliyatining to‘xtab qolishiga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi; soliq to‘lovchidan, shuningdek, soliq to‘lovchining rahbarlik funksiyalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv funksiyalarini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlardan tushuntirishlar olish; tekshirilayotgan soliq to‘lovchilarning rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni xatlovdan o‘tkazishni talab qilish; tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertizani tayinlash; aniqlangan soliq qonunchiligining buzilishlarini bartaraf etilishini talab qilish; O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish; Oldingi tahrirga qarang. 12) savdo, tovarlar sotish va pulli xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, naqd pul tushumining bankka o‘z vaqtida topshirilishini, shu bilan birga naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalardan, hisob-kitob terminallaridan foydalanish, belgilangan tartibda talonlar va cheklarni berish, naqd tushumni o‘z vaqtida va to‘la hajmda inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) masalalari yuzasidan tekshiruvlarni belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirish; (14-bandning 12-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23- noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son) Oldingi tahrirga qarang. 13) soliq nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida, onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarda saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish; (14-bandning 13-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23- noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son) 14) soliq solinadigan bazani aniqlashtirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish; Oldingi tahrirga qarang. 15) soliq monitoringini amalga oshirishda soliq to‘lovchidan soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi bilan bog‘liq zarur hujjatlar, ma’lumotlar, tushuntirishlarni talab qilib olish; (14-bandning 15-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7- Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling