Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini tashkil etish


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

6-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini tashkil etish 
1-§. Hududlararo inspeksiya rahbariyati, xodimlarini tegishli lavozimga tayinlash va 
xodimlarning maqomi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
21. Hududlararo inspeksiyaning shtatdagi xodimlari soni Qo‘mita raisi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
22. Hududlararo inspeksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan 
kelishilgan holda Qo‘mita raisi tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq 
rahbarlik qiladi. 
23. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qo‘mita raisining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarining tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi 
tomonidan lavozimga tayinlanadigan uch nafar, jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi; 
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
o‘z faoliyatida Qo‘mita raisiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi. 
24. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i bo‘lmaganda uning vakolatlarini bajarish 
majburiyatlar taqsimotiga muvofiq uning o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. 
25. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish: 
Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari Hududlararo inspeksiya 
boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan
Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari o‘rinbosarlari va boshqa 
xodimlari Hududlararo inspeksiya boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 
26. Mavqeyi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha 
Hududlararo inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari tegishli ravishda Qo‘mita markaziy 
apparatining boshqarma boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlariga, Hududlararo 
inspeksiyaning xodimlari esa — Qo‘mita markaziy apparatining xodimlariga tenglashtiriladi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling