Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-bob. Hududlararo inspeksiyaning hisoboti


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

9-bob. Hududlararo inspeksiyaning hisoboti 
38. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i Hududlararo inspeksiyaning faoliyati to‘g‘risida 
Qo‘mita raisi oldida muntazam ravishda hisobot beradi. 
39. Qo‘mita raisining o‘rinbosarlari Hududlararo inspeksiya rahbarlariga yuklangan 
vazifalarni samarali bajarishlari bo‘yicha ularning faoliyatini doimiy nazorat qilib boradilar. 
40. Har choraklik baho natijalari bo‘yicha Hududlararo inspeksiyaning alohida o‘rnak 
ko‘rsatgan rahbarlari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklari uchun 
egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi. 
10-bob. Yakunlovchi qoida 
41. Hududlararo inspeksiya xodimlariga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, faoliyatiga 
obro‘sizlantirish, yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishiga to‘sqinlik qilish maqsadida aralashish 
taqiqlanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son 
qaroriga 
 
3-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga (keyingi 
o‘rinlarda soliq organlari deb ataladi) mansabdor shaxslarni xizmatga qabul qilish va ularni 
bo‘shatish, ular tomonidan xizmatni o‘tash, maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish, ularni 
rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi. 
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: 
rahbarlik lavozimlari — soliq organlarining boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, 
xodimlarga rahbarlik qiluvchi, tegishli qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, soliq organlari 
faoliyati jarayonlarini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi, qo‘yilgan maqsadga 
erishish hamda soliq organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur tashkiliy-
texnik shart-sharoitlar bilan ta’minlovchi xodimlari lavozimlari

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling