Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada
inspektorlar tarkibi lavozimlari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021
inspektorlar tarkibi lavozimlari — mazkur bandning
ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan vakolatlar berilmagan holda soliq organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajaruvchi soliq organlari xodimlari lavozimlari. 3. Soliq organlari mansabdor shaxslariga (keyingi o‘rinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) soliq organlarida boshqaruv xodimlarining shtatidagi lavozimlarni egallab turgan shaxslar kiradi va ularga egallab turgan lavozimlariga hamda uzoq muddat ishlaganligiga muvofiq ravishda quyidagi maxsus unvonlar beriladi: soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi; soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi; soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi; soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi; soliq xizmatining I darajali maslahatchisi; soliq xizmatining II darajali maslahatchisi; soliq xizmatining III darajali maslahatchisi; soliq xizmatining I darajali inspektori; soliq xizmatining II darajali inspektori; soliq xizmatining III darajali inspektori; soliq xizmatining inspektori. Oldingi tahrirga qarang. Ishlab chiqarish xodimlariga texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar toifasiga mansub bo‘lmagan soliq organlarida shtat lavozimlarini egallab turgan mutaxassislar kiradi. Mutaxassislarning (ishlab chiqarish xodimlarining) shtatlar soni quyidagi tartibda belgilanadi: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (shu’basi): 100 ming nafar aholiga hisoblab chiqqanda 1 shtat birligi — tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida; 2 shtat birligi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida; 2 shtat birligi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) markaziy apparatida; navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash: 15 shtat birligi — Qo‘mita markaziy apparatida; 3 shtat birligi — Qo‘mitaning hududiy tuzilmalari hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida; soliq to‘lovchilarning buxgalteriya hisobini yuritish va huquqiy qo‘llab-quvvatlash xizmatida (tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida) — 2 shtat birligi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling