Davlat standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ruyxatidan o‘tkazish tartibi


-ma’ruza. Ilgarilama standartlarni ishlab chiqish, kelisholish, tasdiqlash va davlat ro‘yhatidan o‘tkazish tartibi


Download 26.43 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1599016
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Standartlarni ishlab chiqish va uni fikr-mulohazalar olish uchun yuborish,kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish , davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

20-ma’ruza. Ilgarilama standartlarni ishlab chiqish, kelisholish, tasdiqlash va davlat ro‘yhatidan o‘tkazish tartibi


Ilgarilanma standartlashtirish (IS) - an’anaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan oshuvchi talablarni belgilash bilan ob’ektni standartlashtirish.
Ilgarilanma standart ishlab chiqiilishida quyidagilarga e’tibor beriladi:
1) talablar, sifatning farqlangan hamda joriy etish muddatiga ega bo‘lgan pog‘onalari ko‘rinishida belgilanadi;
2) standart, mahsulot hayotiy siklining oldingi bosqichida ishlab chiqiladi.
Ilgarilanma standartlashtirishga, odatda, mahsulotning texnik darajasi va sifatiga qo‘yiladigan talablarning uchta pog‘onasi belgilanadi:
– erta o‘zlashtirilgan mahsulotning ehtiyojlarni qondiruvchi darajasi;
– ishlab chiqarishga qo‘yilishi lozim bo‘lgan va jahon darajasiga mos bo‘lgan, qaytadan ishlab chiqilayotgan (zamonaviylashtirilayotgan) mahsulot darajasi;
– yuqori jahon darajasiga mos bo‘lgan (yoki oshuvchi) daraja.
Oldinlovchi standart ishlab chiqarishni texnik tayyorlash davrida yoki oxirida ishlab chiqiladi. SHubhasiz, oldindan standartlashtirish ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha erishilgan tavsiflar bilan tasdiqlangan holatda maqbul deb hisoblash kerak.
Ilgarilanma standartlashtirish – standartlashtirish ob’ektiga erishilgan me’yoriy talablarning yanada yuqoriroq darajasini, ya’ni bashoratlash (prognozlash) ga asosan kelajakda optimal bo‘ladigan darajasini o‘rnatish demakdir.
Keltirilgan tarifga binoan ilgarilanma standartlashtirish mahsulot, xizmat va barcha jarayonlarga talablarni va me’yorlarni vaqt bo‘yicha avvalroq o‘rnatib, provard natijada ularning sifatini yuqori texnik iqtisodiy samara beradigan darajada ta’minlash nazarda tutilishini maqsad qilib qo‘yadi. Bu borada ilgarilanma standartlashtirish prognozlash asosida amaliy echimni qabul qiladigan imkonli sohalardan biri hisoblanadi.
Ilgarilanma standartlashtirishning asosiy vazifasi ishlab chiqarishni va mahsulot sifatining oshishini xolis va aniq yo‘nalishida rivojlanishiga ko‘maklashishdan iboratdir.
Ilgarilanma standartlashtirish standartlari jumlasiga:

  • mahsulot, xizmat, loyihalash, ishlab chiqish va boshqa jarayonlarda kuchga ega standartlashgan qoida va talablarni yanada optimal me’yorlarini belgilaydigan standartlar:

  • kuchdagi standartlar faoliyatiga istiqbolliroq yangi ish usullarini joriy etishni taminlab, yanada optimalroq me’yorlar o‘rnatadigan standartlar:

  • bir yoki faqat bir necha korxonalardagina o‘zlashtirilib o‘zining sifat ko‘rsatkichlari analoglaridan tubdan farq qiladigan loyiha va buyum ishlab chiqarish qoida va talablariga optimal me’yor o‘rnatadigan standartlar kiradi.

Ilgarilanma standartlashtirish mohiyatiga ko‘ra qo‘yidagicha tavsiflanadi.
1. Vaqt bo‘yicha o‘zish:

  • mahsulot tajriba namunasini yaratish bo‘yicha loyiha konstruktorlik ishlarining boshi:

  • buyum ishlab chiqarish sanoatini texnik tayyorlashning boshi:

  • mahsulotni yalpi ishlab chiqarishning boshi.

2. Tarqalish doirasida o‘zish:

  • korxona doirasida;

  • davlat doirasida;

  • mintaqa doirasida;

  • global dunyo doirasida.

3. Standartlashgan mahsulotga nisbatan to‘la bo‘lmagan o‘zish:

  • assortiment bo‘yicha;

  • mahsulot belgilari bo‘yicha;

  • yangi mahsulot elementlarining merosiy qabul qilishganliklari bo‘yicha;

  • mahsulotning ko‘rsatkich va belgilari qiymati bo‘yicha.

Ilgarilanma standartlashtirishni bashoratlash (prognozlash) tadqiqot ob’ektining qonuniyatlari va metodlarini, umuman, standartlashtirishni xususan o‘rganadigan ilmiy faoliyatdir.
Standartlashtirish sohasida bashoratlashning maqsadi qo‘yidagilardan iborat:

  • yaratilgan yoki yaratilajak yangilik barqarorligi ehtimolini o‘rganish;

  • ishlab chiqarilgan mahsulot bilan yangilik o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganish;

  • standartlashtirish ob’ekti bo‘la oladigan ilmiy-texnik daraja, ya’ni mahsulot sifatiga erishishni aniqlash;

  • iste’mol va ishlab chiqarish hajmini aniqlash;

  • sarf-xarajatni aniqlash;

  • ekologiya ko‘rsatkichlarini baholash.

Standartlashtirish sohasida bashoratlashning axborot manbalari qo‘yidagilar:

  • xalq xujaligi va soha taraqqiyotining uzoq muddatli bashoratlanishi;

  • sohalar bo‘yicha bashoratlashlar;

  • uzoq va yaqin muddatga mahsulotning sifati va istemol darajasi bashoratlari;

  • iqtisodiyotning uzoq muddatli rejalari;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati bo‘yicha statistik ma’lumotlar;

  • tajriba na’munalarini sinash bo‘yicha bayonnomalar;

  • patentlar, mualliflik guvohnomalari, lisenziyalar;

  • ijtimoiy so‘rovlar natijalari;

  • standartlar, texnik shartlar;

shu kabi boshqa ilmiy-texnik axborotlar.
Standartlashtirishning zamonaviy taraqqiyot holatida 100 dan ortiq har xil soha bo‘yicha turli darajali ilmiy asosga ega prognozlash ilmiy texnik usullari mavjud bo‘lib o‘zuvchan standartlashtirishda keng tarqalganlari asosan qo‘yidagilar:

  • tadqiqotlanadigan ilmiy yoki texnik ob’ektni fan taraqqiyotining ma’lum yo‘nalishlari haqida statistik ma’lumotga tayanadigan ekstropolyasiyalash metodi;

  • real jarayonga o‘ta yaqinlashtirib istiqbollash, shu bilan birga o‘ta murakkab bo‘lgan modellashtirish usullari.


Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling