Davlat statistika boshqarmasi reja
Download 3.12 Mb.
|
DAVLAT STATISTIKA BOSHQARMASI
DAVLAT STATISTIKA BOSHQARMASIREJAKirish 2 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 4 2.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rahbariyati 10 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o`rinbosari 13 3.Surxondаryo viloyati statistika boshqarmasi 16 Xulosa 32 Kirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi — Oʻzbekiston Respublikasida yagona statistika metodologiyasini va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish vazifalarini bajaradi. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat statistikasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, statistika axboroti oʻz vaqtida taqdim etilishi, uning toʻliqligi va ishonchliligi ustidan qatʼiy nazorat olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining yagona tizimini tashkil etadi. Oʻz funksiyalarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi quyidagi vakolatlarga ega: Davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solish; davlat statistika kuzatuvlari shakllarini tasdiqlash va idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishish; moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idora va agentliklardan, yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslardan, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlarini, idoraviy hisobotlar ma’lumotlarini va davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni, shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida) soʻrash, olish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish; statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi davlat organlari, yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish; statistika ma’lumotlarining ishonchliligi va toʻliqligini belgilangan tartibda tekshirish. Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida koʻrsatmalar berish hamda jamlanma statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish; xalqaro statistika va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; statistika sohasidagi seminar va yigʻilishlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni, tashkil qilish va ishtirok etish. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling