Davlat statistika boshqarmasi reja
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rahbariyati
Download 3.12 Mb.
|
DAVLAT STATISTIKA BOSHQARMASI
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rahbariyatiO’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Baxodir Abdusalomovich O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining funksional vazifalari - Respublika Hukumati va davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarini, respublikada va hududlarda yuz berayotgan o`zgarishlarni tahlil qilish va prognozi uchun zarur bo`lgan, ijtimoiy va iqtisodiy sohaning turli jabhalari bo`yicha, o`z vaqtida sifatli statistika axborotlari bilan ta`minlash ishlarini tashkil etish; - mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, eng muhim ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish holati monitoringi uchun statistik ma`lumotlarni tayyorlash ishlariga rahbarlik qilish; - Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturi doirasida, statistik ishlanmalarning to`liq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta`minlash; - davlat statistika sohasiga tegishli qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarining ijrosiga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, ularning so`zsiz bajarilishini nazorat qilish; - statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, umumlashtirish, to`plash, tahlil qilish, taqdim etish va saqlash jarayonida, respublika va hududlar darajasida davlat statistika tizimi tuzilmalarining o`zaro samarali hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish; - xalqaro standartlarga mos keluvchi, statistik ko`rsatkichlar tizimining yanada rivojlanishini ta`minlaydigan, ilmiy asoslangan statistika uslubiyati va to‘plamlarini takomillashtirish bo`yicha yo`nalishlar va kompleks chora-tadbirlarni belgilash; - makroiqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishda, matematik tahlil uslublari va zamonaviy ixtisoslashtirilgan statistik dasturiy mahsulotlardan foydalanishni kengaytirish bo`yicha ishlarni tashkil etish; - davlat statistika organlari vakolatlari doirasida me`yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish ishlarini tashkil etish; - davlat statistika organlarining dasturiy-texnik ta`minotini yaxshilash va axborot tizimini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; - zamonaviy amaliyotga muvofiq, respondentlar va statistika ma`lumotlaridan foydalanuvchilar bilan o`zaro aloqalarni ta`minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; - axborot xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda, axborot almashish jarayonida davlat statistika tizimining o`zaro hamkorligi uchun samarali asos yaratish; - davlat statistika organlarining kadrlar salohiyatini rivojlantirish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini yaxshilashni ta`minlash; - davlat statistika tizimining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, xodimlar mehnatini rag`batlantirishni oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rish. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling