Давлат статистика щисоботи


Download 124.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi124.93 Kb.
#1331481
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-kb shakli 4-булим 15-боб 9



1-kb shakli (yillik) “MIKROFIRMA VA KICHIK KORXONANING 
HISOBOTI” SHAKLINI TO‘LDIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISHLAR 
 
IV BO‘LIM. ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARI 
15-BOB. XIZMATLAR 
9-§. TURLARI BO‘YICHA ISHLAB CHIQARILGAN (KO‘RSATILGAN) 
XIZMATLAR, (QQS VA AKSIZSIZ) 
 
15-
Вob. “Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar” bobi. Xizmatlar, 
iste’molchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) holatini o‘zgartiruvchi yoki tovarlar
xizmatlar yoki moliyaviy aktivlar bilan ayirboshlashiga ko‘maklashadigan ishlab 
chiqarish faoliyatining natijasi hisoblanadi.
Xizmatning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, xizmatni bajarish va uni iste’mol qilish 
davrining bir xil vaqtga to‘g‘ri kelishi hisoblanadi. 
Xizmatlar oldi-sotdi ob’ekti sifatida chiqqanda va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
(xizmatlarni ishlab chiqaruvchining sarf-xarajatlarini to‘laligicha yoki sezilarli darajada 
qoplaydigan) narxlarda sotilganda, xizmatlar bozor uchun mo‘ljallanib ishlab 
chiqarilgan hisoblanadi. 
Nobozor ishlab chiqarilgan xizmatlarga, iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan narxlar 
mavjud bo‘lmagan sharoitlarda (bepul asosda) iste’molchilarga ko‘rsatiladigan 
xizmatlar kiradi, ular ijtimoiy yo‘naltirilgan hisoblanadi va har qanday darajadagi budjet 
mablag‘lari yoki budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari, shuningdek jamoat 
tashkilotlari jamg‘armalari hisobidan to‘lanadi. Bepul xizmatlarga, masalan, bepul 
ta’lim, sog‘liqni saqlash, davlat boshqaruvi xizmatlari, mudofaa xizmatlari va boshqa 
xizmatlar kiradi. 
Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi, bu - xizmatlar ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan va xizmat ko‘rsatish asosiy faoliyat turi hisoblanmaydigan 
barcha xizmatlar ishlab chiqaruvchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan 
ko‘rsatilgan bozor xizmatlari qiymatidir. 
Ma’lum bir vaqt davomida ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini o‘lchovchi “Ishlab 
chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi” statistik ko‘rsatkichi, tashkilotlardan 
ularning xodimlariga xizmat ko‘rsatilgani uchun kelib tushgan qo‘shimcha to‘lovlar 
(yoki to‘liq kompensatsiya)ni qo‘shgan holda, iste’molchilarga (yuridik va jismoniy 
shaxslar, rezident va norezidentlarga) ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini aks ettiradi. 

Download 124.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling