Davlat talablari va davlat dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi. Reja: Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablarida jismoniy rivojlanish va gigiena soxasi. «Ilk qadam»


Download 213.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2023
Hajmi213.78 Kb.
#1397221
Bog'liq
Davlat talablari va davlat dasturida jismoniy tarbiya



Davlat talablari va davlat dasturida jismoniy tarbiya
masalalarining yoritilishi. 
 
Reja: 
1. Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat 
talablarida jismoniy rivojlanish va gigiena soxasi. «Ilk qadam» dasturida 
jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi. 
2. Bolalarning jismoniy rivojlanish xaritasi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda 
jismoniy sifatlar kuch, epchillik, chaqqonlik, chidamlilik kabi sifatlarni 
shakllantirish. 
3. Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Gimnastika 
turlari va tasnifi. Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika va 
uning axamiyati. Gimnastika turlari. O‟tkazish metodikasi. 


Mazkur O„zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi 
bolalar rivojlanishiga qo„yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda 
Davlat talablari deb yuritiladi) O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim 
to„g„risida”gi Qonuni, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta‟lim tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi qarori hamda Vazirlar 
Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O„zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta‟lim vazirligi to„g„risidagi nizomni hamda Maktabgacha 
ta‟lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk 
va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb 
yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta‟lim-tarbiya berish, maktab 
ta‟limiga tayyorlash bo„yicha davlat talablarini belgilaydi. 
1.1 O‟zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‟yiladigan talablarini tasdiqlash haqida O„zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil 
30-sentabrdagi 
PQ-3305-son 
“O„zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‟lim vazirligi faoliyatini tashkil 
etish to„g„risida”gi qarori hamda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 - 2021-yillarda maktabgacha 
ta‟lim 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to„g„risida”gi qaroriga muvofiq buyurilgan: 
1. O„zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo„yiladigan Davlat talablari ilovaga muvofiq tasdiqlash. 
2. Mazkur buyruq rasmiy e‟lon qilingan kundan e‟tiboran kuchga kiradi. 
Mazkur O„zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo„yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat 
talablari 
deb 
yuritiladi) 
O„zbekiston 
Respublikasining 
“Ta‟lim 


to„g„risida”gi Qonuni, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-son “2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta‟lim tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi qarori hamda Vazirlar 
Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O„zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta‟lim vazirligi to„g„risidagi nizomni hamda Maktabgacha 
ta‟lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk 
va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb 
yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta‟lim-tarbiya berish, maktab 
ta‟limiga tayyorlash bo„yicha davlat talablarini belgilaydi. 
Davlat ta‟lablarini yaratishda xamkorlik 

YUNISEF ning O‟zbekistondagi vakolatxonasi texnik va metodologik 
ko‟magi, Janubiy kareyaning Puchon Universiteti professorlari ishtirokidagi 
seminarlar , davra suhbatlari , Yunisefning xalqaro ekspertlari 

Korea,Rossiya,Estoniya,Belarus, Buyuk Britaniya Xalqaro tajribalari 
o‟rganildi. 
Bola rivoji va ta‟limida ishtirok etayotgan, ota onalar ,pedagog va barcha 
kattalarga kutilayotgan natijalar xaqida ma‟lumot beruvchi xujjat. Asosiy 
kompetensiyalarini shakllantirish orqali bola rivoji va uning potensial 
imkoniyatlarini ochishga yo‟naltirilgan Mulkchilik shaklidan qatiy nazar 
MTT larning pedagog hodimlari tomonidan Maktabgacha ta‟lim tizimi uchun 
talimiiy dastur,o‟quv metodik materiallar,o‟yin va o‟yinchoqlar yaratishda 
bajarilishi shart. 
Davlat talablari tuzilmasi 
Maqsad, vazifa va asosiy tamoillar Asosiy tushunchalar yakuniy 


qoidalar 
Rivojlanish 
sohalari 
Davlat 
ta‟lablarining 
tarkibi 
Kelishilgan tashkilotlar Davlat talablari asosidagi yosh davrlari bosqichlari: 

Tug‟ilgandan 3 yoshgacha 

3 yoshdan 4 yoshgacha 

4 yoshdan 5 yoshgacha 

5 yoshdan 6 yoshgacha 

6 yoshdan 7 yoshgacha 
1. Davlat talablari O„zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli 
va idoraviy tasarrufidan qat‟iy nazar, quyidagi ta‟lim muassasalariga 
qo„llaniladi: 
 davlat maktabgacha ta‟lim muassasalari; 
 nodavlat maktabgacha ta‟lim muassasalari; 
 maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo„lgan “Mehribonlik” uylari. 
2. Maktabgacha ta‟lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o„rta maxsus, 
kasb-hunar va oliy ta‟lim muassasalari, maktabgacha ta‟lim turlari bo„yicha 
pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga 
oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan 
oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim. 
Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
 maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta‟lim-tarbiyasi mazmuni 
va sifatiga qo„yiladigan talablarni belgilash; 
 milliy, umuminsoniy va ma‟naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta‟lim-
tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 


 ta‟lim-tarbiya 
jarayoniga 
pedagogik 
va 
zamonaviy 
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 
 kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta‟lim, fan va ishlab 
chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlash. 
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi: 
 bolaning noyobligi; 
 “Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta‟limini yaratishda bolaning faol roli; 
 bolaning huquqlarini himoya qilish va ta‟minlashning muhimligi; 
 bola ta‟limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; 
 bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir 
bolaga moslashuvchan bo„lib, individual variativlik asosida yondashish. 
Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko„zda tutadi va bola 
rivojlanishiga ko„maklashadi. 
Davlat talablari tug„ilgandan 7 yoshgacha bo„lgan bolalarning beshta 
asosiy rivojlanish sohalariga bo„lingan. Har bir rivojlanish sohasi o„z o„rnida 
kichik sohalarga bo„lingan bo„lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta 
talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko„rsatkichlaridan) iborat. 
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo„yicha 
belgilanadi: 
 jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzining shakllanishi; 
 ijtimoiy-hissiy rivojlanish; 
 nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari; 
 bilish jarayonini rivojlanishi; 
 ijodiy rivojlanish. 


“Jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi 
quyidagi kichik sohalarga bo„linadi: 
 yirik motorika; 
 mayda motorika; 
 sensomotorika; 
 sog„lom turmush tarzi va xavfsizlik. 
“Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo„linadi: 
 “Men” konsepsiyasi; 
 hissiyotlar va ularni boshqarish; 
 ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot. 
“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga 
bo„linadi: 
 intellektual-anglash malakalari; 
 elementar matematik malakalar; 
 tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat. 
“Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo„linadi: 
 dunyoni badiiy tasavvur etish; 
 badiiy-ijodiy qobiliyatlar. 
Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o„z ichiga 
oladi: 
 go„daklik (tug„ilgandan 1 yoshgacha); 


 erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); 
 kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha); 
 o„rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha); 
 katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha); 
 maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha). 
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo„yicha belgilanadi: 
 
jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzining shakllanishi; 
 
ijtimoiy-hissiy rivojlanish; 
 
nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari; 
 
bilish jarayonini rivojlanishi; 
 
ijodiy rivojlanish. 
Sog‟lom turmush tarzi bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini 
ta'minlashga xizmat qiluvchi ko'nikmalarga ega bo'lish asosida hayotiy 
faoliyatni yo'lga ko'yish hamda ealomatlikning yuqori darajada bo'lishiga 
ershshshni ta'minlovchi ijgamoiy hodisadir. 
Sog‟lom turmush tarzi inson tomonidan turmush sharoitlarini faol 
o'zlashtirish usuli bo'lib, kun tartibiga rioya qshshsh, faol harakat asosvda 
organizmni chiniqgarish, sport bilan shug‟ullanish, to'la va sifatli ovqatlanish, 
ovqatlanishning gigienik qoidalariga rioya qilish, udotlinsoniy va milliy 
kadriyatlar asosida o'z o'zini tarbiyalay olish, zararli odatlardan o'zini tiya 
olishi demakdir. 
Tavsiya etilayotgan ushbu metodik kompleks «Sog‟lom turmush tarzini 
takomillashtirish» oila va uzluksiz ta'lim tizimida talabalardagi salomatlik, 
«sog‟lom turmush tarzi motivatsiya, ehtiyotlik, qiziquvchanlik, sog‟lom avlod 
kelajagini ta'minlashga intiluvchanlik hamda o'z salomatligiga ongli 


munosabatda bo'lish kabi fazilatlarni takomillashtirishga qarashgan. 
Maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola egallashi lozim bo„lgan 
madaniy - gigienik ko„nikmalarni quyidagi guruhlari ajratiladi: 
a) ovkat eyish ko„nikmalari (ovqatni tartib bilan olish, yaxshilab 
chaynash, qoshikdan, sanchikdan, salfetkadan foydalanish va h.k); 
b) o„z tanasini parvarish kilish ko„nikmalari (yuvinish, soch tarash va 
h.k); 
v) xonada tartibga rioya etish, kiymlardan foydalanish va unga qarash 
ko„nikmalari (tez kiyinish va echinish, kiyimlarni tartibli, ozoda saklash va 
h.k). 
Bolalar harakat ko„nikmalari va malakalarini egallaydigan jismoniy 
mashqlar xam belgilangan: 
a) asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, 
uloktirish, muvozanatni saqlash mashqlari); umumiy rivojlantiruvchi 
mashqlar, safga turish va qayta safga turish; 
b) sport mashqlari (suzish, changida yurish, konki uchi shva h.k). 
Harakatli o„yinlar (mazmunli, mazmunsiz sport tarkibiy qismlari bo„lgan 
o„yinlar va boshqalar) ham ko„rsatilgan, yozgi va qishki davrda uchastkadan 
tashqariga qilinadigan uzoq sayrlar ko„zda tutilgan. 
Jismoniy tarbiya ishining mazmunini belgilab beruvchi asosiy xujjat 
«Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturidir. U bolalarni izchil 
harakat malakalari va ko„nikmalariga o„rgatish imkonini beradi, 
harakatlarning muvofiqliligini rivojlantiradi, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, 
tezlik, chidamlilik)ni tarbiyalaydi. 
Jismoniy tarbiya tizimidagi ishlar xilma-xil vositalar yordamida amalga 
oshiriladi: gigienik omillar (to„g„ri rejim, maqsadga muvofiqovqatlanish, 


gigienik 
vaziyat, 
madaniy-gigienik 
ko„nikmalarni 
shakllantirish, 
mustahkamlash uchun), jismoniy mashqlar. 
3 dan 7 yoshgacha bo‟lgan bolaning rivojlanish xaritasi 
Bolaning rivojlanish xaritasini to‟ldirish uchun kuzatuv uch davrni o‟z 
ichiga oladi: birlamchi (o‟quv yili boshida), oraliq va yakuniy.
Birlamchi kuzatuv o‟quv yili boshida o‟tkaziladi (sentabr oyida). Bu 
bosqichda har bir bolaning boshlang‟ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu 
davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta‟lim sohalarini 
o‟zlashtirish bo‟yicha mavjud bo‟lgan muammolarga ham e‟tibor qaratadi, 
bolaning qanday sifatlari qo‟llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola 
uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi 
yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‟yicha yutuqlari 
xaritasi to‟ldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‟tkaziladi. 
Bu monitoringni o‟tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan 
metodikaning to‟g‟riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan 
iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‟ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar 
bilan hamkorlikda, zarurat tug‟ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga 
tuzatishlar kiritishi mumkin.
O‟quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv 
o‟tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‟yilgan vazifalar qanday hal 
qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni 
hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‟zda tutiladigan 
maqsadlar belgilanadi. Kuzatuv o‟tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish 
lozim:
kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga 


yordam berishga yo‟naltirilgan bo‟ladi;
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv 
kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
tarbiyachi bola to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni ota-onalar yoki 
muassasaning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish 
va bilim olish xususiyatlariga e‟tibor qaratishi lozim.
O‟quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar 
tomonidan o‟quv dasturi o‟zlashtirilishining sifat darajasi to‟g‟risida hisobot 
yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar 
hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‟xtalib o‟tadi (ba‟zi 
metodikalar o‟zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli 
bo‟lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta‟minlanmagani, 
bolaning betob bo‟lgani va darslarni o‟tkazib yuborgani, ota-onalarning faol 
bo‟magani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish 
borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga 
mo‟ljallangan vazifalar belgilanadi.
Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 
3 marta to‟ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. 
Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo‟yicha olib boriladi. Agar u yoki 
bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar 
hoshiyalariga tegishli belgilar qo‟yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish 
kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida 
pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya 
bo‟yicha yo‟riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini 


ajratadi, shuningdek, ta‟lim sohalarini o‟zlashtirishning salbiy tomonlarini 
aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta‟lim jarayoniga tuzatishlar 
kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish 
borasidagi vazifalar belgilanadi. O‟quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu 
xarita bo‟yicha yakuniy kuzatuv o‟tkaziladi. 
Tezkor-kuch sifati koʻrsatkichlari (turgan joydan uzunlikka sakrash 
nazorat mashqi) quyidagicha oʻzgargan: 5-6 yoshli oʻgʻil bolalarda 16,7 sm, 
qiz bolalarda esa 26,6 sm ga oʻsgan boʻlsa, 6-7 yoshli oʻgʻil bolalar oʻrtasida 
12,1 sm ga qiz bolalarda esa 12,2 sm ga ortgan. Shu bilan birga 7 yoshli qiz va 
oʻgʻil bolalar oʻrtasida koʻrsatilgan natijalar past boʻlishiga qaramasdan, qiz 
bolalar natijalari oʻgʻil bolalar natijalari bilan tenglashgan. Bu esa shu 
yoshdagi jismoniy tarbiya jarayonlarida vositalarning notoʻgʻri tanlanganligi 
va tezkor - kuch sifatini rivojlantirish mashqlariga kam e‟tibor 
berilmaganligidan dalolat beradi.
Ma‟lumki, bolalar jismoniy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, 
tayyorgarligini uslubiy va pedagogik nuqtai nazardan toʻgʻri tashkillashtirish 
uchun bolalar fiziologiyasi va psixologiyasini yaxshi bilish shart, shularga 
suyangan holda har bir mashgʻulot oldidan aniq vazifalar qoʻyilishi lozim. 
Vazifalar soni 2-3 tadan iborat boʻlib, vazifalarga binoan asosiy harakatlar, 
mashqlar va harakatli oʻyinlar tanlanadi. Tanlangan mashqlar, birinchidan, 
asosiy harakatlar bilan bogʻliq boʻlishi lozim, ikkinchidan, mashqlar yoshiga, 
tayyorgarligiga, jinsiga mos boʻlishi ham talab etiladi. Qolaversa, bu mashqlar 
bolalarga oddiy, tushunarli, tanish, bajara oladigan boʻlishi shart. Shundagina 
bolalarda harakat koʻnikmasi hosil boʻlishi va malakaga aylanishiga erishish 
mumkin.
Bolalarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishi salomatlikning asosiy 
tarkibi hisoblanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik sifati 


zamonaviy usul va shakllarni qoʻllagan holda jismoniy tarbiya jarayonini 
pedagogik jihatdan toʻgʻri qoʻyilganligiga bogʻliqdir. Tadqiqotda olingan 
ma‟lumotlarga koʻra, katta guruh bolalarining tezkorlik mashqlarini bajarishga 
boʻlgan imkoniyatlari yildan-yilga (10,0 soniyadan 6,9 soniyagacha) oshib 
bordi.
Oʻgʻil bolalarda tezkorlik sifatlari, ya‟ni 30m. ga yugurishda 
koʻrsatilgan natijalar 5-6 yoshlilarda 0,5 soniyaga teng boʻlsa, 6-7 yoshlilar 
oʻrtasidagi farq 0,9 soniyaga oʻsgan.
Qiz bolalarda esa 0,7; 1,9 soniyaga teng. Bu koʻrsatkichlar bogʻcha 
yoshdagi bolalar orasida tezkorlik mashqlarini bajarishda oʻgʻil va qiz 
bolalarning koʻrsatgan natijalari bir-biridan unchalik katta farq qilmasligini 
kuzatildi.
Professor A. N. Livitskiy bergan ma‟lumotlarga qaraganda, 5-7 yoshli 
bolalarda 30 metrga yugurishning oʻrtacha koʻrsatkichi oʻgʻil bolalarda 5-6 
yoshlilarda muvofiq ravishda 8,7-7,9-7,6 soniyani tashkil etsa, qiz bolalarda 
5-6-7 yoshlilarda 9,3-9,0-8,3 soniyaga teng, bizning olgan ma‟lumotlarimizda 
esa, 10,010,5; 9,5-9,8; 8,6-8,9 soniyani tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan 
natijalar statistik jihatdan farq qilmasa-da, tajriba oʻtkazishga tayyorlangan 5-
7 yoshli bolalarning tezkorlik sifati natijalari nisbatan pastligini koʻrishimiz 
mumkin (2-jadvalga qarang).
Tajriba va nazorat guruh bolalarining koʻrsatkichlarini taqqoslash tahlili 
shuni koʻrsatadiki, oʻgʻil va qiz bolalarning koʻrsatgan natijalari pedagogik 
tajribadan soʻng statistik farqli ravishda (2-jadval) (t=2,12,2,31; P<0,05) oʻsdi. 
Bu esa tajriba guruhidagi oʻgʻil bolalarning natijasi nazorat guruhiga 
qaraganda 1,1 soniyaga yaxshilanganligini koʻrsatdi va 11,8 %ni tashkil qildi, 
qiz bolalarda esa 1,2 soniyaga hamda yil davomida 12,9 %ga yaxshilanganligi 
aniqlandi.


6 yoshli tajriba guruhi oʻgʻil bolalarining koʻrsatgan natijalari 2,1 
soniyaga yaxshilangan boʻlsa, bu 29,1 %ni tashkil etdi. Qiz bolalarning 
koʻrsatkichlari ham 2,1 soniyaga oʻsdi, ya‟ni yil boshida olingan natijalarga 
qaraganda 21,4 %ga ustunligi koʻrindi. 
. Maktabgacha ta‟lim muassasalarining rahbarlari pedagogik, gigiyenik 
va estetik talablarni hisobga olgan holda ularni guruh xonalariga, jismoniy 
tarbiya zaliga, guruhlarning maydonlariga va sport maydonchasiga to„g„ri 
tanlab qo„yishni va joylashtirishni ta‟minlashlari lozim. 
Maktabgacha ta‟lim muassasasidagi tarbiyaning dastur vazifalariga 
muvofiq tarzda barcha asosiy harakatlarning rivojlanishiga yordam beradigan 
jihozlar tanlanadi. Masalan, bolalarni sakrashga o„rgatish mashg„ulotlarida 
qator maxsus qo„llanmalar: sakrab o„tish uchun zarur narsalar (arqonlar, 
kubiklar, to„siqlar); sakrab o„tish paytida o„yinchoqlarni osib qo„yishga kerak 
bo„ladigan ustunlar; gimnastika yashigi - qutisi (tepalikkairg„ib chiqish, 
balanddan sakrab tushish); sakrash bilan bajariladigan harakatli o„yinlar 
uchun atributlar talab etiladi. Bolalar harakatlari rivojlanishining yosh 
xususiyatlari va ularning jismoniy tayyorgarligiga oid bilimlarga asoslangan 
holda, topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtira borish muhimdir. Masalan, 
tirmashib chiqishga mo„ljallangan mashqlar dastlab qiyaroq narvonchalarda, 
uncha baland bo„lmagan tik narvonlarda, keyinroq gimnastik devorlarda, 
zinali arqonlarda, langar cho„p, arqon, piramida va boshqalarda o„tkaziladi. 
Muvozanatni saqlash bo„yicha o„tkaziladigan mashqlar uchun uzun arqonlar, 
har xil uzunlik va kenglikda taxtalar, taxtachalar, g„ishtlar, qiya taxtalar, qiya 
maydonchalar, har xil balandlikdagi gimnastik skameykalar, maydonchadagi 
o„rnatilgan har xil shakldagi to„nkalar bo„lishi zarur. 
Har xil maqsadlar uchun foydalaniladigan jihozlar alohida qiziqish 
uyg„otadi: tebranma kursilar, qirra yuzasidan yurish, tirmashib chiqish, 


emaklab tagidan o„tish, tebranish; gardish aylantirish umumrivojlantiruvchi 
mashqlarni bajarish, uloqtirish (tik osilganida yoki polga qo„yilganida); 
qarama-qarshi devorlarga mustahkamlangan reykalar, voleybol to„rlarini, 
sakrab ushlash uchun shnurlarni osib qo„yishga; hatlab o„tish, tagidan o„tib 
yurish uchun arqonlarni osish qulaydir. 
Jismoniy tarbiya inventarlari mashqlar doirasini kengaytirish, o„ziga xos 
harakat malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, har xil vertikal, 
aylanma, gorizontal, harakatlanayotgan, harakatli tebranma nishonga irg„itish; 
halqa tashlash (har xil balandlikda joylashgan qiya joylarga, arg„imchoqlarga 
halqa tashlash); juft bo„lib, kichik guruh bilan mashqlar bajarish (tayoqchalar, 
langar cho„plar shnurlar, katta halqa). Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar 
to„plamiga tuzilishi bo„yicha har xil harakatlarda foydalaniladigan inventarlar 
(lentalar, pirpiraklar, ro„molchalar, bruslar, tayoqchalar va boshqalar) kiradi. 
Ular umumrivojlantiruvchi mashqlarning organizmga ta‟sirini kuchaytirishga 
yordam beradi. 
Maxsus tanlangan inventarlar va o„yinchoqlar muskulning ayrim 
bo„limlarini maqsadga yo„naltirilgan tarzda ta‟sir etish imkonini beradi. 
Masalan, panja va barmoq muskullarining rivojlanishiga yig„ma o„yinchoqlar, 
mayda o„ynichoqlar, yirik munchoqlarni terib chiqish yordam beradi. Bu 
o„yinlar bolalarga ilk yoshdanoq tavsiya etiladi. Kattaroq yoshdagi bolalarga 
mozaykalar (yassi, qo„ziqorinsimon, hajmli), konstruktorlar, qoqib kiritadigan 
o„yinlar) “O„z rangini topib qo„y”, “Epchil kalavachilar va boshqalar) bilan 
o„tkaziladigan mashqlar ham foydalidir. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Djamilova N.N Bolalar jismoniy tarbiyasi. T.: 2020. 
2. G.Tulenova. XDujayev.P, Xujayeva. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”. 
3. T.: Ilm ziyo. 2012. 
4. A.N.Normurodov “Jismoniy tarbiya” T.: O„zbekiston 2011. 
5. Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metdikasi” 
Itstisod-Moliya 2008 

Download 213.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling