Mavzu: Biznes huquqi munosabatlarida javobgarlik. Reja: Biznes munosabatlaridagi javobgarlik tushunchasi
Download 40.22 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Respublikasi manfaatlari
- Bitimning quyidagi turlari mavjud
Mavzu: Biznes huquqi munosabatlarida javobgarlik. Reja: Biznes munosabatlaridagi javobgarlik tushunchasi. Biznes faoliyatida moliyaviy javobgarlik. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar to’zganlik uchun javobgarlik. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar to’zish O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asoslariga qarshi qilingan harakatlardir. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar to’zishning ijtimoiy xavfliligi shundaki, jinoyat sodir etilganda faqat alohida shaxslarning huquqlari bo’zilibgina qolmasdan, balki butun jamiyatga zarar keltiriladi. Bundan tashqari, jamiyat va davlatning o`tish davrida bu turdagi jinoyatlar soni tez o`sib boradi va davlatning iqtisodiy asoslariga jiddiy zarar keltirishi mumkin. Jinoyat davlat organi, mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining mansabdor shaxsi tomonidan respublika manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lgan, naf keltirilmasligi ayon bo`lgan bitimning to’zilishida ifodalanadi. O`zbekiston Respublikasi manfaatlari deganda samarali bozor iqtisodiyotini yaratish, mulkiy va ashyoviy munosabatlarni, umummilliy qadriyatlarni himoya qilish, tovar mustaqilligiga erishish shu kabilar hisoblanadi. Ko`rsatib o`tilgan manfaatlar bitimlarni to’zishga alohida talablar belgilangan qonunchilikda aks ettirilgan va mustahkamlangan, shu jumladan bu savdo operasiyalarini o`tkazish va to’ziladigan tashqi iqtisodiy bitimlarga ham taalluqli. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 101-moddasiga ko`ra bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi. Bitimning quyidagi turlari mavjud: Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko`p taraflama (oxirgi ikkitasi shartnoma) bo`lishi mumkin. Tahlil qilinayotgan jinoyat ikki taraflama yoki ko`p taraflama (shartnoma) to’zish bilan sodir etiladi, ammo jinoyat bir tomonlama bitimlar to’zish bilan ham sodir etilishi mumkin. Shuningdek, bitimlar shartli (yani kechiktirish va bekor bo`lish sharti bilan to’zilgan bitimlar), haq evaziga va tekinga, real va konsensual, kazual (nizoli) va mavhum bo`lishi mumkin1. To’zilgan bitimning shakli qilmishning kvalifikasiyasiga tasir etmaydi, ammo aybdorga jazo tayinlashda sud tomonidan inobatga olinishi lozim. Download 40.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling