Mavzu: Biznes huquqi munosabatlarida javobgarlik. Reja: Biznes munosabatlaridagi javobgarlik tushunchasi
Download 40.22 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustav faoliyati
Tijoratchi tashkilotni tuzish deganda, to’ziladigan tijoratchi tashkilotning kerakli tasis hujjati va uni vakolatli organlardan ro`yxatdan o`tkazish uchun kerak bo`lgan hujjatlarni yig`ish bilan bog`liq bo`lgan tashkilotchilik jarayoni (masalan, bozor tashkil etish uchun hokimiyatning roziligi talab etiladi) tushuniladi. Tijoratchi tashkilot davlat ro`yxatidan o`tgan paytdan boshlab to’zilgan hisoblanadi3. Agar tashkilot aybdorga bog`liq bo`lmagan holda davlat ro`yxatidan o`tmagan bo`lsa, uning harakatlarini JK 25-moddasi 2-bandi va JK 179-moddasi bilan ustavda ko`rsatilgan faoliyatni amalga oshirmaslik maqsadida tashkilot to’zish (soxta tadbirkorlik) jinoyatiga suiiqasd deb kvalifikasiya qilinadi. Biroq bunda aybdorning ustav faoliyatini amalga oshirmaslik qasdini aniqlash zarur, aks holda uning harakatlari Jinoyat kodeksining ushbu moddasi bilan kvalifikasiya qilinmaydi. Korxonani to’zish (vujudga keltirish) faktining o`zi to`la qonunga asoslangan bo`ladi, uning Ustavi, zaruriy tasis hujjatlari qabul qilinadi, ro`yxatdan o`tkaziladi, biroq ishni boshlash vaqti kelganda, bunday korxona o`z Ustavida ko`rsatilgan faoliyat bilan umuman shug`ullanmaydi yoki Ustavida ko`rsatilmagan faoliyat bilan shug`ullanadi. Ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish maqsadining yo`qligi tasis hujjatlarida ko`rsatilgan majburiyatlarni bajarmaslikda namoyon bo`ladi. Ustavda ko`rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko`zlamasdan korxona yoki boshqa tadbirkorlik to’zilmasi to’zilgan paytdan etiboran jinoyat tamom bo`lgan deb topiladi.
Soxta tadbirkorlik jinoyati qasddan qonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanmaslik va qarz-kredit olish – foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (pasaytirish) yoki boshqa mulkiy naf ko`rish jinoyat maqsadining zaruriy alomati hisoblanadi. Ustav faoliyati deganda, faoliyatning shunday turi tushuniladiki, tadbirkorlik tashkiloti tomonidan uni amalga oshirish uchun barpo etiladi va bu uning tasis hujjatlarida qayd etiladi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, tasis hujjatining turi va shaklidan qati nazar, unda qayd etilgan faoliyat turlari ustavga oid hisoblanadi. Niyat yo`qligini, sodir etilgan harakatlar haqiqiy emasligini aniqlashning o`ziga xosligi va murakkabligi fuqarolik-huquqiy bitimning haqiqiy emasligini baholashda yo’zaga keladigan shu kabi tegishli masalalarga monand bo`lib, ustav faoliyatini amalga oshirishni ko`zlamay yuridik shaxsni tashkil etishni ham amalda xuddi shunday deb atash mumkin. Bu kabi niyat mavjudligidan yuridik shaxsning tasis hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni O`zbekiston Respublikasi FK 6-moddasida tartibga solingan ish muomalasi odatlariga muvofiq, zarur va yetarli bo`lgan vaqt mobaynida bajarmaslik ham dalolat beradi. “Soxta tadbirkorlik to`g`risidagi ishlarni ko`rishda shaxsning tasis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy kreditlar olish, soliqlardan ozod bo`lish, egallashga huquqi bo`lmagan boshqa mulkiy foyda ko`rish maqsadini ko`zlaganligi hisobga olinishi lozim. Bunday maqsadning aniqlanishi shaxsning xatti-harakatlarini Jinoyat kodeksining 179-moddasi hamda talon-toroj etishga suiqasd qilish va soliq to`lovlari to`lashdan bo`yin tovlash va hokazolar uchun javobgarlikni ko`zda tutuvchi moddalari majmui bilan kvalifikasiya qilishga asos bo`lishi mumkin”1. Shunday qilib, subyektiv jihat quyidagi tarkibiy qismlar birligidan iborat bo`ladi: tashkilotni to’zishdan bevosita ko`zlangan niyat; tashkilot ro`yxatga olingunga qadar paydo bo`lgan niyat, – ustav faoliyatini amalga oshirmaslik niyati; alohida maqsad – mulkiy foyda olish niyatining mavjudligi. Sanab o`tilgan tarkibiy qismlardan birortasi mavjud bo`lmas ekan, aybdor harakatlarining ijtimoiy xavfliligini takidlash mumkin bo`lmaydi. Bunda mazkur jinoyat sabablari, odatda, g`arazli ekanligiga qaramay, boshqacha bo`lishi ham mumkin. Jinoyatga baho berishda ular tasir ko`rsatmaydi. Ushbu jinoyat yo’zasidan 16 yoshga to`lgan va soxta tadbirkorlik bilan shug`ullangan har qanday shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar soxta tadbirkorlik bilan shug`illanish maqsadida to’zilgan korxona va tashkilotlarga raxbarlikni amalga oshirish yuklatilgan raxbarlari xam bilganlari xolda faoliyat amalga oshiriladigan taqdirda raxbarlari xam jinoyatning subyektlari bo`lishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasiga ko`ra, soxta tadbirkorlik jinoyatini sodir etgan shaxslar eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yo’z baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huqukdan mahrum qilish yoki uch yilgacha ahloq to’zatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. Soxta tadbirkorlik tashkiloti aybdor foydasiga g`ayriqonuniy mol-mulkni egallash, aldash va ishonchni suiistemol qilish yo`li bilan mol-mulkni tortib olish harakatlarini amalga oshirish uchun to’zilgan bo`lsa, aybdor JK 168-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi, chunki bu firibgarlik hisoblanadi. Soliq to`lashdan ozod etilgan soxta tadbirkorlik tashkilotining tasischilari va rahbarlari, JK 184-moddasi – soliq to`lashdan bo`yin tovlash jinoyati bo`yicha javobgarlikka tortilishi kerak. Agar soxta tadbirkorlik jamiyatini to’zishdan maqsad taqiqlangan faoliyatni (diniy talimotlar berish, orden va medal, muhr va shtamplar, giyohvand, qattiq tasir qiluvchi va zaharli moddalarni tayyorlash va boshqalarni) amalga oshirish bo`lsa, aybdor shaxs jinoyatlar majmui tariqasida JK 179-moddasi va tegishli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar bilan javobgarlikka tortiladi. Download 40.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling